Ernazarov Umid Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Oksidlanish potensiali nazorati ostida reniy birikmalarining erishi va boyitilishi», 02.00.19 – Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5610.
Ilmiy rahbar Guro Vitaliy Pavlovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi DSc.02/05.05.2023.K/T.35.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Daminova Shahlo Sharipovna, kimyo fanlari doktori, professor; Sharafutdinov Ulugbek Ziyatovich, texnik fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: organik ifloslantiruvchi moddalaridan tozalangan mahsulot eritmasidan Re(VII) ionlarini SIM 202 markali ion almashinish sorbentida samarali konsentratsiyalash, shuningdek, reniy tarkibli metall xomashyoni anodli eritish jarayonini redoks-potensial va anod sirtidagi elektroximik parametrlarni nazorat qilgan holda optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
molibden sanoat mahsulotini kuydirish uchastkasidagi reniy saqlovchi eritmalardagi organik aralashmalarni ozonlash va elektrokimyoviy oksidlash orqali tozalash usullari ishlab chiqilgan;
eritmalardagi organik ifloslantiruvchilarni oksidlash usuli bilan destruksiyalash samaradorligini aniqlash maqsadida ikki xil konstruksiyadagi tajriba qurilmalari ishlab chiqilgan;
Re-tarkibli suv tizimlarini organik aralashmalardan tozalashning permanganat usulida kaliy ionlari va marganes dioksidi hosil bo‘lishi shaklida kamchilik aniqlangan, ozonlash va elektr oksidlash usullarida esa bunday kamchilik mavjud emasligi aniqlangan;
sulfidli rudalar va texnogen reniyli xomashyoni qayta ishlashda elektrogidrometallurgik jarayonlarning o‘ziga xosligi aniqlanib, ilmiy jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahsulot Re-eritmasidagi organik aralashmalarning oksidlanish yo‘li bilan parchalanishi va ruda hamda texnogen xom ashyolardan reniyni ajratib olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
reniy tarkibli eritmaning SIM 202 sorbenti yuzasini “zaharlayotgan” moy izlari mavjudligi gravio- va IQ-spektral tahlili asosida aniqlanib, oksidlanish yo‘li bilan ishlov berilganidan so‘ng zaxarli moy izlari yo‘qotilishi usuli “Olmaliq KMK” AJda amaliyotga joriy etilgan (“Olmaliq KMK” AJning 08.04.2024 yildagi 04-24/01-00431-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, reniyni sorbsiyalash uchun qimmatbaho import qatron Purolite SIM 202 ning xizmat muddatini uzaytirish imkoniyati yaratilgan;
reniy sorbsiyasi eritmasini ozonlash, vodorod peroksidi qo‘llash va elektrooksidlash usullari yordamida qorishmalarni organik moddalardan tozalash texnologiyasi “Olmaliq KMK” AJda amaliyotga joriy etilgan (“Olmaliq KMK” AJning 2024 yil 8 apreldagi 04-24/01-00431-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, adsorbent yuzasida reniyning yanada to‘liq sorbsiyasiga nisbatan faollashtirish imkonini bergan;
SIM 202 smolasida sorbsiyalanmaydigan past oksidlanish darajasidagi reniyning mavjudligini istisno qiluvchi Re(VII) shaklidagi reniyni barqarorlashtirish texnologiyasi “Olmaliq KMK” AJda amaliyotga joriy etilgan. (“Olmaliq KMK” AJning 08.04.2024 yildagi 04-24/01-00431-son ma’lumotnomasi). Natijada, reniyni sorbsiyalash samaradorligi 97-98 % ga oshirish imkonini bergan.