Xursandov Bobomurod Shuhratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Oltingugurt asosida import o‘rnini bosuvchi mahsulot olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T5805.
Ilmiy rahbar: Yusupov Farxod Mahkamovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Abdikamalova Aziza Baxtiyorovna, kimyo fanlari doktori, professor; Qodirov Hasan Ergashevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: texnik oltingugurt asosida polimer oltingugurt va polimer oltingugurtli-bitumli bog‘lovchi olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oltingugurt, gliserin, QMPE va dikumil peroksid aralashmasidan 100:3:1,5:0,1 massa nisbatda, 158-160°C haroratda va 75 ayl/daqiqa tezlikda 150 daqiqa davomida aralashtirish orqali polimer oltingugurt olinib, bunda dikumil peroksid ta’sirida hosil bo‘lgan faol radikallar gliserin degidratlanishi natijasida vujudga kelgan akrolein molekulalari va oltingugurt o‘rtasidagi bog‘lanishni faollashtirishi hisobiga reaksiya unumi 60% gacha oshishi aniqlangan;
BND 60/90 markali bitumga 30% gacha sintez qilingan polimer oltingugurt qo‘shilganda polimer oltingugurtning bitum matrisasida tarmoqlanib, termik jihatdan barqaror va kovalent bog‘langan struktura hosil qilishi hisobiga shar bo‘yicha yumshash harorati 48°S dan 69°S gacha ko‘tarilishi  isbotlangan;
asfaltobeton qorishmasini tayyorlashda qo‘shiladigan polimer oltingugurtli bitum miqdorini 6% dan 5,30% gacha kamaytirilganda, asfal`tobetonning mexanik mustaxkamligi 00S da 15,2 MPa, 200S da 7 MPa, 500S da 2,5 MPa gacha ko‘tarilganligi aniqlangan;
polimer oltingugurtli bitum bog‘lovchisi granit shag‘al mineral materialni qoplab olish ko‘rsatkichi 74% dan 92% gacha oshgani va shisha taglikdagi ho‘llanishning chegaraviy burchagi 84 gradusdan 61 gradusga kamaygani isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Muborak GQIZ da ishlab chiqarilgan elementar oltingugurt asosida polimer oltingugurtli bitum olish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oltingugurt, gliserin, QMPE va dikumil peroksid asosida oltingugurt-bitumli polimer bog‘lovchi olish texnologiyasi Muborak gazni qayta ishlash zavodining “2025-2026 yillar amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2025 yil 30 maydagi 1-10/8-809-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sintez qilib olingan polimer oltingugurt  asosida import o‘rnini bosuvchi mahsulot olish texnologiyasini ishlab chiqish imkonini beradi; 
olingan polimer bog‘lovchi asosida tayyorlangan asfal`t Yakkabog‘ tumani qarashli 4N 274 yo‘lida 4-5 km masofaga yotkazilib, amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2025 yil 30 maydagi 1-10/8-809-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori mustahkamlikka va chidamlilikka ega asfal`t olish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish