Tojiboev Muydinjon Murodjonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Urug‘lik chigitni tuksizlantirish uchun UChDM rusumli mashinasining ishchi kamerasini takomillashtirish” 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T3340
 Ilmiy rahbar: Djamolov Rustam Kamolidinovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Kayumov Abdul-malik Xamidovich, t.f.d., professor, Yuldashev Kozimjon Komiljonovich, t.f.d., dotsent, 
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: UChDM tuksizlantirish mashinasining ishchi kamerasini takomillashtirish bilan urug‘lik chigitni tuksizlantirish samaradorligini oshirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
linterlash mashinalarida cho‘tkali baraban va to‘rli qoplama orasidagi masofa konstruktiv jihatdan doimiy bo‘lganligi sababli chigit oqimlarining turli fizik-ximiyaviy xususiyatlariga moslashish imkoniyati cheklangan bo‘lib, dissertatsiyada birinchi marta ko‘p qirrali to‘rli qoplamali rostlanuvchi mexanizmli tuzilish taklif qilinib, unda masofani ixtiyoriy ravishda o‘zgartirish imkoniyati asoslangan va natijada chigitning turli navlari hamda namlik darajasiga qarab optimal sharoit yaratish imkoniyati ishlab chiqilgan;
chigitdan tuklarni ajratish jarayonida yuzaga keladigan taranglik kuchi, normal bosim kuchi hamda cho‘tkali baraban aylanish tezligi o‘rtasidagi bog‘lanishni aniqlash uchun jarayon mexanikasi nazariy asoslari qo‘llanilib, chigit zarrasiga ta’sir etuvchi inersiya, ishqalanish va taranglik kuchlari tahlil qilindi hamda ularning aylanish tezligi, kontakt yuzasi va o‘zaro ta’sirlanish burchagiga bog‘liqligi asosida kuchlar tenglashuvini tavsiflovchi differensial tenglamalar tuzilib, natijada chigit va cho‘tka harakatining kinematik parametrlari bilan kuchlar o‘rtasidagi funksional bog‘lanish nazariy jihatdan ishlab chiqilgan;
metall cho‘tkali baraban va ko‘p qirrali to‘rli qoplama orasida optimal masofani aniqlash uchun cho‘tkaning siljish tezligi, qoplama bilan o‘zaro ta’sirlanish burchagi va baraban aylanish tezligiga bog‘liq holda chigit zarralariga ta’sir etuvchi normal bosim, ishqalanish va taranglik kuchlarini dinamik muvozanatni hisobga oluvchi matematik model ishlab chiqilgan;
UChDM rusumli chigit tuksizlantirish mashinasining asosiy parametrlaridan metall cho‘tkali baraban aylanishlar soni 950 ayl/min, baraban bilan to‘rli qoplama oraliq masofasi 17 mm va ta’minlovchi baraban tezligi 13 ayl/min bo‘lishligini to‘liq omilli tajriba natijalarining regression modellarini taxlillari asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Urug‘lik chigitni tuksizlantirish mashinasi kamerasinining takomillashtirilishi natijalar asosida: 
takomillashtirilgan chigit tuksizlantirish mashinasi Fargʻona viloyati, “RIShTAN BEST SEEDS” MChJ ning urugʻlik chigitni tuksizlantirish liniyasiga joriy etilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjalik vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazi 2024-yil 9 avgust kungi №04/2-875-sonli maʼlumotnomasi). Natijada takomillashtirilgan rostlanuvchi kamerali UChDM to‘ksizlantirish mashinasida metall cho‘tkali baraban bilan to‘rli qoplama oraliq masofasini barqaror saqlash imkoni yaratilganligi sababli, ish unumdorligi 120–140 kg/soatga yuqori bo‘lishiga, chig‘itning mexanik shikastlanishi va qoldiq tukdorligi esa me’yoriy darajada saqlanishiga erishilgan, shuningdek barabanni har 120 soatdan so‘ng teskari yo‘nalishda aylantirish orqali uning eyilishini kamaytirish va chig‘itdan tuklarni ajratish samaradorligini oshirish imkoniyati ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish