Xudayberdieva Maxliyo Abdukaxorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «To‘quv dastgohi qayishqoq elementli batan mexanizmi konstruksiyasini ishlab chiqish va strukturaviy, kinematik va dinamik tahlili», 05.02.02–Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T3722.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Djuraev Anvar Djuraevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kenjaboev Shukurjon Sharipovich, texnika fanlari doktori, professor, Sobirov Xolxuja Abbozovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori sifatli to‘qimalarni olish uchun to‘quv dastgohining qayishqoq elementli mushtumchali resurstejamkor batan mexanizmi konstruksiyasini takomillashtirish, kerakli harakat qonunlarini ta’minlaydigan parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
to‘quv dastgohida ishlov beririlayotgan to‘qimadagi arqoq ipini bir xildagi zichligini ta’minlaydigan koromisloning harakat qonunini amalga oshiradigan, energiya to‘plovchi prujina bilan jihozlangan tarkibli mushtumchali va konturmushtumchali batan mexanizmining konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
tarkibli mushtumchali va konturmushtumchali batan mexanizmini strukturaviy tahlil qilishda qo‘zg‘aluvchanlik darajasini aniqlash va kinematik juftlardagi ortiqcha bog‘lanishlarni bartaraf etish usuli takomillashtirilgan;
mushtumchali mexanizmga ekvivalent bo‘lgan almashtirilgan richagli mexanizm tarkibidagi shatun va koromisloning tebranish qamrovlarini aniqlash imkonini beradigan formulalar tarkibli kinematik juftlaridagi qayishqoq elementning chegaraviy deformatsiyalarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan;
batan mexanizmining uch elkali richagini tebranish qonuniyatlari, sifatli to‘qimani hosil qilish uchun arqoq ipini bir xil zichlashda bo‘lishini ta’minlaydigan berdoni yuqorida turish va kichik tebranish traektoriyasini belgilaydigan parametrlarining qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. To‘quv dastgohi mushtumchali batan mexanizmi konstruksiyasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tarkibli mushtumchali va qayishqoq elementli, energiya to‘plovchi prujinali batan mexanizmi Buxoro viloyati Kogon tumanidagi “Kogon Nur Teks” MChJ korxonasida Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqarilgan STB rusumli to‘quv dastgohiga joriy etilgan. (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024-yil 20-noyabrdagi 03/25-3123-son ma’lumotnomasi). Natijada elektr energiyasi sarfi 4,0% gacha kamaygan, ish unumi esa 6,5% ga oshirishga erishilgan; 
    tarkibli mushtumchali va qayishqoq elementli, energiya to‘plovchi prujinali batan mexanizmi Buxoro viloyati Kogon tumanidagi “ALP TEXTILE” MChJ korxonasida Belgiyada ishlab chiqarilgan Picanol markadagi optiMax-i to‘quv dastgohiga joriy etilgan. (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024-yil 20-noyabrdagi 03/25-3123-son ma’lumotnomasi). Natijada elektr energiya sarfini 3,0% gacha kamaytirishga, ish unumi esa 5,0% ga oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish