Nabijonov O‘tkirbek Asilbek o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tuproqqa ishlov berish mashinalari ishchi organlariga majburiy tebranishlar berish usulini ishlab chiqish”, 05.02.02–Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4668.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Umurzaqov Akramjon Xakimovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Djuraev Anvarjon Djuraevich, texnika fanlari doktori, professor; Nematov Erkin Hamraevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon davlat texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tuproqqa vibratsion ishlov bruvchi mexanizm konstruksiyasi va uning ishchi organlariga majburiy tebranish berish usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ustunlarini o‘zaro bog‘lovchi balka markaziga o‘rnatilgan yo‘nalishli inersion vibrator bilan jihozlangan va o‘z navbatida rezonans effektidan foydalanish imkonini beradigan vibratsion chizel-kultivatorning konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
tuproqqa vibratsion ishlov beruvchi chizel-kultivator  tebranuvchi mexanik tizim sifatida qaralib, uni strukturaviy va kinematik tadqiq qilish orqali ortiqcha bog‘lanishlarni, geometrik va kinematik parametrlarni aniqlash imkonini beradigan matematik ifodalar ishlab chiqilgan;
tebranuvchi rama harakatini ikki yelkali richag ko‘rinishidagi mexanik tizimga keltirilib, uning dinamik modeli chiziqli differensial tenglamalar olishga imkon bergan va ular asosida vibratsion qurilmaning asosiy parametrlari (prujina bikirligi, tebranish amplitudasi, chastotasi, energiya sarfi) orasidagi funksiyali bog‘lanishlar aniqlangan;
vibratsion ishchi organ bilan tuproqqa ishlov berishda energiya sarfini minimal darajaga tushirish maqsadida tebranishlarda paydo bo‘ladigan rezonans effektidan foydalanish usuli tuproqning turli xil fizik-mexanik xossalarini e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. Tuproqqa ishlov berish mashinalari ishchi organlariga majburiy tebranishlar berish usulini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tuproqqa ishlov berish mashinalari ishchi organlariga majburiy tebranish beruvchi chizel-kultivatorga Adliya vazirligi huzuridagi «Intellektual mulk markazi» dan foydali model uchun patent olingan («Vibratsiyali chizel-kultivator», FAP 2536 – 15.07.2024 y.). Natijada, og‘ir mexanik tarkibli tuproqlarga ishlov beradigan chizel-kultivator agregatining konstruksiyani ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
ishlab chiqilgan og‘ir mexanik tarkibli tuproqlarga ishlov beradigan chizel-kultivator Namangan viloyat Chust tumani «Xabibullo Abdullaev» fermer xo‘jaligida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2024-yil 23-oktyabrdagi 05/04-04-529-son ma’lumotnomasi). Natijada, tortishga qarshilik kuchini kamayishi, ish sifatini ortishi, yonilg‘i sarfini kamayishi hisobiga qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini tayyorlash uchun sarflanadigan xarajatlarni 9-10% gacha kamayishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish