Abdug‘aniev Shohruh Oxunjon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tok qatorlari orasiga ishlov beradigan kombinatsiyalashgan mashinaning o‘g‘it soladigan ish organini  ishlab chiqish va parametrlarini asoslash”, 05.07.01–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4714.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Komilov Ne’matilla Muxammadjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Imomqulov Qutbiddin Boqijonovich, texnika fanlari doktori, professor; Nasritdinov Axmadjon Abduhamidovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  tok qatorlari orasiga ishlov beradigan kombinatsiyalashgan mashinaning o‘g‘it soladigan ish organining parametrlarini asoslash orqali ish sifati va unumini oshirish, yonilg‘i va boshqa xarajatlar sarfini kamaytirishdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
    tok qator oralariga ishlov berishda qo‘llaniladigan chuquryumshatkich-o‘g‘itlagichning konussimon o‘g‘it sepqichining katta yarim o‘qi asosi bilan yasovchisi orasidagi burchak va o‘rnatilish balandligini aniqlovchi analitik bog‘lanish o‘g‘it solish kengligi va taqsimlanish notekisiligi talablar darajasida bo‘lish shartini inobatga olib ishlab chiqilgan; 
    konussimon o‘g‘it sepqichning kichik asosini katta asosiga nisbatini ifoda etuvchi siqilish koeffisienti o‘g‘itni tasma kengligi bo‘yicha tekis taqsimlanishini hisobga olgan holda aniqlangan;
    konussimon o‘g‘it sepqichning tuproq to‘sgichini uzunligi va tuproq to‘sgichning balandligini aniqlash imkonini beradigan matematik bo‘g‘lanishlar unga tuproq yopishib va uyulib qolmaslik shartini inobatga olib ishlab chiqilgan;
    o‘g‘it solish ish organini konussimon sepqichining asosi bilan yasovchisi orasidagi burchak, konus asosining siqilish koeffisienti va egat tubidan yurish balandligining maqbul qiymatlari unga qo‘yilgan o‘g‘it solish kengligi va u bo‘yicha notekisiligini sifatli bajarilish shartidan kelib chiqqan holda, tajribalarni matematik rejalashtirish usulida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. Tok qatorlari orasiga ishlov beradigan kombinatsiyalashgan mashinaning o‘g‘it soladigan ish organini  ishlab chiqish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tok qator oralariga ishlov beradigan kombinatsiyalashgan mashinani ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha konstruktorlik xujjatlari va hisoblash usullari “Marg‘ilon mexanika zavodi” MChJga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 21-dekabrdagi 05/04-04-687-son ma’lumotnomasi). Natijada, konussimon o‘g‘it sepqich bilan jihozlangan tok qator oralariga ishlov beradigan kombinatsiyalashgan mashinani ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan;
ishlab chiqilgan konussimon o‘g‘it sepqich bilan jihozlangan tok qator oralariga ishlov beradigan kombinatsiyalashgan mashina Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanidagi “Ohunova Xurinsa Jo‘rabekovna”, “Otiya-bonu” va “Qobilov Rahmonjon Junaydullo” fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 21-dekabrdagi 05/04-04-687-son ma’lumotnomasi). Natijada, tok qator oralarini chuqur yumshatish bilan bir yo‘la o‘g‘it solinganda yonilg‘i sarfini 20-30 foizga, ekspluatatsion xarajatlarni 1,1-1,3 martagacha kamayishiga va ish samaradorligi 1,8-2,1 martaga oshishiga  erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish