Hamroqulov Jasurjon Sayli O‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘oriladigan maydonlarda daryo gidrologik rejimining er osti suvlariga ta’sirini baholash (Qorasuv daryosi misolida)”, 05.09.07 - “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2025.1.PhD/T5499.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Fatxulloev Alisher Mirzotilloevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengash.
Ikramova Malika Raximberdievna - Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti, “Suv resurslaridan kompleks foydalanish” laboratoriyasi mudiri, texnika fanlari doktori, professor (05.09.07).
Oxunov Farruxjon Abduqaxorovich - Geologiya fanlari universiteti “Ekologiya va gidrogeologiya” kafedrasi mudiri, geologiya-mineralogiya fanlari falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim (04.00.04).
Yetakchi tashkilot - Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sug‘oriladigan maydonlarda daryo gidrologik rejimining er osti suvlari dinamikasiga ta’sirini masofadan zondlash texnologiyalari asosida baholash usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
daryo ta’siri hududida joylashgan sug‘oriladigan maydonlarda er osti suvlari dinamikasini ArcMap muhitida Inverse Distance Weighted (IDW) interpolyasiya usuliga integratsiya qilish asosida baholangan;
daryoning gidrologik rejimi hamda hududning irrigatsiya rejimini inobatga olgan holda sug‘oriladigan maydonlarda er osti suvlari sathining ta’sir zonalari bo‘yicha o‘zgarishini Kriging interpolyasiya usulida baholash usuli ishlab chiqilgan;
er osti suvlari sathining ko‘p yillik va mavsumiy o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni inobatga olgan holda er osti suvlari harakatining geofil`tratsion modeli takomillashtirilgan;
sug‘oriladigan maydonlardagi gidrogeologik rejimining o‘zgarishini masofadan monitoring qilish uchun mobil ilova ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sug‘oriladigan maydonlarda daryo gidrologik rejimining er osti suvlariga ta’sirini baholash (Qorasuv daryosi misolida) mavzusi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
sug‘oriladigan erlarning gidrogeologik monitoringini nazorat qilish bo‘yicha ArcMap dasturida IDW interpolyasiya usuli asosida xaritalash va ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha tavsiyalar Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Meliorativ ekspedisiyada joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 15 martdagi 04/19-1155-son ma’lumotnomasi). Natijada sug‘oriladigan maydonlarning meliorativ holatini xaritalar asosida real vaqt rejimida kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lgan monitoring tizimi yaratilgan;
kriging geostatistik interpolyasiya usuliga asoslangan er osti suvlari sathini baholash va prognoz qilish bo‘yicha tavsiyalar Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Meliorativ ekspedisiyada joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 15 martdagi 04/19-1155-son ma’lumotnomasi). Natijada, daryo ta’siridagi sug‘oriladigan maydonlarning meliorativ holatini bashorat qilish imkoniyati yaratilgan;
sug‘oriladigan maydonlardagi gidrogeologik rejimining o‘zgarishini masofadan monitoringini yuritish bo‘yicha yaratilgan mobil ilova Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Meliorativ ekspedisiya hamda Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 15 martdagi 04/19-1155-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 08.04.2025 yildagi DGU 49345 raqamli guvohnomasi). Natijada, dala kuzatuv ishlarining samaradorligi 2,5 baravarga oshirilgan hamda o‘lchov-kuzatuvlar bilan bog‘liq mehnat sarfini 75-85% ga qisqartirishga erishilgan.