Dilbarjonov Avazbek Ravshanbek
o‘g‘lining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Ijtimoiy sherikchilik asosida talabalarning intellektual qobiliyatini rivojlantirish texnologiyasi (Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi: innovatsiya va integratsiya fani misolida). 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8640.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Kadirova Munira Rasulovna pedagogika fanlari doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Farg‘ona davlat universiteti professori, pedagogika fanlari doktori Temirov Nabijon Solievich;
Buxoro davlat universiteti professori, pedagogika fanlari doktori Jo‘raev Xusniddin Oltinboevich
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ijtimoiy sherikchilik asosida talabalarning intellektual qobiliyatini rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishda ijtimoiy, ma’naviy va pedagogik-psixologik turdagi didaktik imkoniyatlari ularning bog‘liqlik darajasini belgilovchi intellektual refleksiya ko‘nikmalarini hosil qilish orqali rivojlantirilgan;
ijtimoiy sherikchilik asosida pedagogik faoliyatni tashkil etish texnologiyasi jamoaviy mustaqil faoliyatni belgilash, kooperativ ta’limning interfaol shakllari mazmunini ishlab chiqish va subekt-subekt munosabatlarini koordinatsiya qilish asosida takomillashtirilgan;
ijtimoiy sherikchilik asosida bo‘lajak pedagoglarda logik, analitik, kreativlik, interpersonallik kabi qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan pragmatik tizimli platforma ishlab chiqilgan, o‘qitishning virtual shakldagi faol munosabat va refleksiv aloqa mexanizmlari asosida takomillashtirilgan;
ijtimoiy sherikchilik asosida bo‘lajak pedagoglarda intellektual qobiliyatlarni rivojlantirishga ko‘mak beruvchi tashqi va ichki pedagogik sharoitlar majmuasi motivatsion-kognitiv, ijodiy va refleksiv komponentlarini emotsionallik, aqliy yondashuv barqarorligiga bosqichma-bosqich moslashtirish asosida rivojlantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ijtimoiy sherikchilik asosida talabalarning intellektual qobiliyatlarining komponentlarini rivojlanganlik darajasini aniqlashga qaratilgan natijalari:
talabalarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishda ijtimoiy, ma’naviy va pedagogik-psixologik turdagi didaktik imkoniyatlari ularning bog‘liqlik darajasini belgilovchi intellektual refleksiya ko‘nikmalarini hosil qilish orqali rivojlantirilganiga oid takliflari “Pedagogik mahorat” darsligini mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-son nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarda ijtimoiy sherikchilik asosida intellektual qobiliyatlarni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari ortgan.
ijtimoiy sherikchilik asosida pedagogik faoliyatni tashkil etish texnologiyasi jamoaviy mustaqil faoliyatni belgilash, kooperativ ta’limning interfaol shakllari mazmunini ishlab chiqish va subekt – subekt munosabatlarini koordinatsiya qilish asosida takomillashtirilganiga doir takliflari “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi: innovatsiya va integratsiya” darsligini mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-son nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarida ijtimoiy sherikchilik munosabatlarini rivojlantirishga doir kompetensiyalarni shakllantirish samaradorligi oshirilgan.
ijtimoiy sherikchilik asosida bo‘lajak pedagoglarda logik, analitik, kreativlik, interpersonallik kabi qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan pragmatik tizimli platforma ishlab chiqilgan, o‘qitishning virtual shakldagi faol munosabat va refleksiv aloqa mexanizmlari asosida takomillashtirilganiga doir takliflari “Pedagogik mahorat” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-son nashr ruxsatnomasi). Natijada mustaqil fikrlovchi, muammoli vaziyatlarda samarali echim topa oladigan, kasbiy mas’uliyatni anglagan, ijtimoiy sheriklar bilan faol muloqot qila oladigan, zamonaviy metodlardan foydalanishga layoqatli hamda ijodiy yondasha oladigan raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlanishiga erishilgan.
ijtimoiy sherikchilik asosida bo‘lajak pedagoglarda intellektual qobiliyatlarni rivojlantirishga ko‘mak beruvchi tashqi va ichki pedagogik sharoitlar majmuasi motivatsion-kognitiv, ijodiy va refleksiv komponentlarini emotsionallik, aqliy yondashuv barqarorligiga bosqichma-bosqich moslashtirish asosida rivojlantirilganiga doir tavsiyalardan “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi: innovatsiya va integratsiya” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-son nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning ijtimoiy faolligi va ijodiy qobiliyatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan mustaqil ta’lim dasturlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etgan.