Matyokubova Shoxida Abiyrovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Nofilologik ta’lim yo‘nalishi ingliz tili mashg‘ulotlarida autentik matnlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish (tarix yo‘nalishi misolida)”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6448.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Botirova Shaxlo Isamiddinovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/27.09.2024.Fil/Ped.05.09
Rasmiy opponentlar: Iminaxunova Iroda Xuseinovna, pedagogika fanlari doktori, professor, Jumanazarov Umidjon Umirzoqovich pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi ingliz tilini o‘qitishda nofilologik (tarix yo‘nalishi misolida) ta’lim yo‘nalishi talabalarining asosiy til ko‘nikmalarini (tinglab tushunish, o‘qish yozish gapirish), professional, pragmatik (kommunikativ va madaniy) kompetensiyalarini samarali rivojlantirish uchun autentik matnlardan foydalanishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz tili o‘rganuvchilarining lingvopsixologik holati til o‘rganayotgan talabalarda mavjud til ko‘nikmalari, til tajribasi, til strukturasi¬dan xabardorlik omillari yuzasidan tahlillari natijasida autentik materiallardan foydalanib o‘qitish tizimi ikkinchi tilni o‘rganishdagi metodik yondoshuvlari turlaridan farqlanganligi asoslangan;
ingliz tilini o‘rganishda adaptiv autentik matnlarning janr xususiyatlari lingvistik omillarni hisobga olgan holda autentik materiallardan foydalanishda monologik va dialogik matnlarni differensatsiya qilish orqali takomillashtirilgan;
talabalarning kommunikativ va madaniy kompetensiyalarini rivojlantirish uchun autentik matnlardan foydalanish mexanizmlari A2 darajadan B1 darajagacha olib chiqish orqali ularni o‘quv konteksiga moslashtiruvchi pragmatik kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan integrativ modeli takomillashtirilgan;
talabalarning Ingliz tilini o‘zlashtirish jarayonidagi pragmatik va lingvomadaniy kompetensiyalarini rivojlantirishdagi o‘rni til bilish indikatorlari asosida baholashning ilmiy-metodik samaradorligini asoslovchi “life-long learning” tizimi asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nofilologik ta’lim yo‘nalishi ingliz tili mashg‘ulotlarida autentik matnlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo’yisha olingan ilmiy natijalar asosida:
Ingliz tili o‘rganuvchilarining lingvopsixologik holati til o‘rganayotgan talabalarda mavjud til ko‘nikmalari, til tajribasi, til strukturasi¬dan xabardorlik omillari yuzasidan tahlillari natijasida autentik materiallardan foydalanib o‘qitish tizimi ikkinchi tilni o‘rganishdagi metodik yondoshuvlari turlaridan farqlanganligi asoslanganligiga oid tavsiyalardan “Innovative Pedagogical Technologies for Teaching Foreign LanguaGES” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-son ruxsatnomasi). Natijada, ingliz tilini o‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarining integratsiyasi samaradorligi hamda talabalarning xorijiy til kompetensiyalarini autentik materiallar vositasidan foydalanish imkoniyatlari oshgan;
ingliz tilini o‘rganishda adaptiv autentik matnlarning janr xususiyatlari lingvistik omillarni hisobga olgan holda autentik materiallardan foydalanishda monologik va dialogik matnlarni differensatsiya qilish orqali takomillashtirishga oid tavsiyalardan “Innovative Pedagogical Technologies for Teaching Foreign LanguaGES” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-son ruxsatnomasi) amaliyotga tatbiq etilgan; Natijada, talabalarning xorijiy til bo‘yicha asosiy malaka va ko‘nikmalarini kompetensiyaviy yondashuv asosida rivojlantirishga yo‘naltirilgan integrativ modelidan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilgan; 
talabalarning kommunikativ va madaniy kompetensiyalarini rivojlantirish uchun autentik matnlardan foydalanish mexanizmlari A2 darajadan B1 darajagacha olib chiqish orqali ularni o‘quv konteksiga moslashtiruvchi pragmatik kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan integrativ modeli takomillashtirishga oid takliflar “Innovative Pedagogical Technologies for Teaching Foreign LanguaGES” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-son ruxsatnomasi). Natijada, autentik matnlarni o‘qitishning ta’limiy samaradorligi va ta’lim platformalari asosida talabalarning xorijiy til kompetensiyalarini rivojlantirishning axborot-didaktik ta’minotini boyitishga doir o‘quv materiallardan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish