Kurbanova Feruza Komiljanovnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Xorijiy tilni o‘qitish sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi (xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi misolida)”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6425.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Botirova Shaxlo Isamiddinovna pedagogika fanlari doktori, (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/27.09.2024.Fil/Ped.05.09.
Rasmiy opponentlar: Qurbonova Baxtixon Qo‘chqarbaevna  pedagogika fanlari doktori, professor; Saidaliev Saidumar Saidalievich, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi xorijiy (ingliz) tilini o‘qitish sharoitida talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini shakllantirishning ta’limiy-madaniy asoslarini ochib berish va uni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
xorijiy tillarni o‘qitishda muloqot kompetensiyasini rivojlantirish til tajribasi, til strukturasidagi xabardorlik omillari GPACT (maqsad qo‘yish, amaliyot, baholash, xatolarni tuzatish, rivojlantirish) modeli ingliz tilini o‘rganishning identivligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
xorijiy til ta’limi kontekstida talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan zamonaviy usullari Ingliz tili fanining intensivligi, funksional aspektlari, metodik shart-sharoitlari hamda didaktik asoslarini intensivligi asosida takomillashtirilgan;
madaniyatlararo muloqot jarayonida kommunikatsiya shakllarining rivojlanish qonuniyatlari hamda uni optimallashtiruvchi tajriba, farq, tahlil, refleksiya va harakat tamoyillari, talabalarning madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga doir intensiv usullarini kompetensiyaviy, integrativ va lingvomadaniy yondashuvlari asosida takomillashtirilgan;
ingliz tili ta’limi jarayonida talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan, dual komponentlar rivoji ustuvorligiga asoslangan madaniy autentik vositalardan foydalanish kompetensiyasiga yo‘naltirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tili kontekstida talabalarning madaniyatlararo muloqot komretensiyalarini rivojlantirishning ahamiyati bo’yisha  olingan  ilmiy  natijalar  asosida:
xorijiy tillarni o‘qitishda muloqot kompetensiyasini rivojlantirish til tajribasi, til strukturasidagi xabardorlik omillari GPACT (maqsad qo‘yish, amaliyot, baholash, xatolarni tuzatish, rivojlantirish) modeli ingliz tilini o‘rganishning identivligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir takliflari “Xorijiy tillarni ta’limiy o‘yinlar yordamida o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-405-sonli nashr ruxsatnomasi).  Natijada, madaniyatlararo muloqot kompetensiyalarini rivojlantirishda raqamli texnologiya va ommaviy axborot vositalari materiallariga asoslangan samarali madaniy autentik vositalardan foydalanish samaradorligi oshgan;
xorijiy til ta’limi kontekstida talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan zamonaviy usullari Ingliz tili fanining intensivligi, funksional aspektlari, metodik shart-sharoitlari hamda didaktik asoslarini intensivligi asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Xorijiy tillarni ta’limiy o‘yinlar yordamida o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-405-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, turli muloqot shakllarini o‘rganish, madaniyatlararo kontekstdagi muloqotning og‘zaki va og‘zaki bo‘lmagan shakllarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan integrativ modeldan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilgan;
madaniyatlararo muloqot jarayonida kommunikatsiya shakllarining rivojlanish qonuniyatlari hamda uni optimallashtiruvchi tajriba, farq, tahlil, refleksiya va harakat tamoyillari, talabalarning madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga doir intensiv usullarini kompetensiyaviy, integrativ va lingvomadaniy yondashuvlari asosida takomillashtirishga qaratilgan takliflaridan “Xorijiy tillarni ta’limiy o‘yinlar yordamida o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-405-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarda madaniyatlararo muloqot kompetensiyalarini rivojlantirishning axborot-didaktik ta’minotini boyitishga doir o‘quv materiallaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish