O‘rinov Rustambek Yoqubjonovichning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak o‘qituvchilarda intellektual kompetentlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (pedagogika fanlari misolida)”. 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9483
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Tuychieva Inoyatxon Ibragimovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich pedagogika fanlari doktori, professor; Siddiqov Ilyosjon Bahromovich falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak o‘qituvchilarda intellektual kompetentlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarda intellektual kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari (o‘quv motivlari, bilishga qiziqish va ehtiyoj, refleksiya) intellektual faollikning maqsad qo‘yish, qaror qabul qilish, korreksiya bosqichlarining qayta ta’sir etish darajasi mutanosibligini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
“Kreativ pedagogika” va “Neyropedagogika” fanlari asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda intellektual kompetentlikni rivojlantirishning tarkibiy asoslari (gnostik, loyihaviy, prognostik) o‘quv-bilish faoliyatni rivojlantirishning ijtimoiy moslashuv bilan bevosita aloqadorligini empirik baholash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda intellektual kompetentlikni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari kreativ va neyropedagogik yondashuvning attraktivlik (o‘z-o‘ziga ijobiy munosabat), tolerantlik, assertivlik (o‘z imkoniyatlariga ishonch) komponentlarini interfaol hamkorlikka asoslangan ta’lim jarayonlari tuzilmasi bilan dinamik barqarorligi asosida aniqlashtirilgan;
“Kreativ pedagogika” va “Neyropedagogika” fanlari asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda intellektual kompetentlikni rivojlantirish texnologiyasi modul-kredit tizimi talablarini (subektivlik, mustaqillik, amaliy yo‘naltirilganlik) pedagogik fanlarni o‘qitish jarayonlariga adaptiv qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda intellektual kompetentlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarda intellektual kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari (o‘quv motivlari, bilishga qiziqish va ehtiyoj, refleksiya) intellektual faollikning maqsad qo‘yish, qaror qabul qilish, korreksiya bosqichlarining qayta ta’sir etish darajasi mutanosibligini hisobga olish asosida aniqlashtirishga oid takliflar va tavsiyalar O‘zbekiston milliy universitetida bajarilgan PZ-20170913120-raqamli “Oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 2-maydagi 11-05-2823/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda intellektual kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini tahlil qilish imkoni kengaytirilgan;
“Kreativ pedagogika” va “Neyropedagogika” fanlari asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda intellektual kompetentlikni rivojlantirishning tarkibiy asoslari (gnostik, loyihaviy, prognostik) o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishning ijtimoiy moslashuv bilan bevosita aloqadorligini empirik baholash orqali takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar O‘zbekiston milliy universitetida bajarilgan PZ-20170913120-raqamli “Oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil
2-maydagi 11-05-2823/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda o‘qituvchilarda intellektual kompetentlikni rivojlantirishning tarkibiy asoslari kengaygan.
bo‘lajak o‘qituvchilarda intellektual kompetentlikni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlarini kreativ va neyropedagogik yondashuvning attraktivlik (o‘z-o‘ziga ijobiy munosabat), tolerantlik, assertivlik (o‘z imkoniyatlariga ishonch) komponentlarini interfaol hamkorlikka asoslangan ta’lim jarayonlari tuzilmasi bilan dinamik barqarorligi asosida aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalaridan “Umumiy pedagogika” nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil
9-iyuldagi 258-son buyrug‘i, 180676-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda intellektual kompetentlikni rivojlantirish mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
“Kreativ pedagogika” va “Neyropedagogika” fanlari asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda intellektual kompetentlikni rivojlantirish texnologiyasi modul-kredit tizimi talablarini (subektivlik, mustaqillik, amaliy yo‘naltirilganlik) pedagogik fanlarni o‘qitish jarayonlariga adaptiv qo‘llash asosida takomillashtirishga oid takliflar O‘zbekiston milliy universitetida bajarilgan PZ-20170913120 raqamli “Oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 2-maydagi
11-05-2823/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda intellektual kompetentlikni rivojlantirishning amaliy-texnologik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.