Juraev Bobomurod Ramazonali o‘g‘ling
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilimiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): Zamonaviy oliy ta’limda talabalarning jismoniy faolligini ruvojlantirishning pedagogik asoslari, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped4762.
Ilmiy rahbar: Samatov Dilshodbek Toxirjonovich,  pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rstayotgan muassasa nomi, IKraqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD.03/05.05.2023.Ped.166.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Azimova Ziyoda Ergashevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaev Abdukayum Abdulxaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: :Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Zamonaviy oliy ta’limda talabalarning jismoniy faolligini ruvojlantirishning pedagogik asoslariga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim talabalarini jismoniy faolligini rivojlantirishning pedagogik jixatlari raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim oluvchilarning kognitiv tizimida yuzaga kelayotgan motivatsion va emotsional o‘zgarishlar dinamikasi sog‘lom turmush dunyoqarashi bilan funksionallik integralligini hisobga olish orqali aniqlashtirilgan;
talabalarni jismoniy faolligini rivojlantirishning pedagogik samaradorligi ijtimoiy sog‘lom turmush ongi, faol fikrlash, umuminsoniy g‘oyalar, qarashlar va tamoyillar uyg‘unlashuvi sifatida jismoniy-tarbiyaviy ta’limning “bilim, nazariya, ko‘nikma va amaliyot” informatsion tizimlar sxemasiga simulyativ bellashuvlarni moslashtirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
talabalarni jismoniy faolligini rivojlantirishning nazariy-pedagogik strategiyasi kompleks ta’limning yetakchi va o‘zaro aloqador uch elementi – sog‘lom turmush savodxonligi, fiziologik onglilik, madaniy xulq-atvorning shaxsiy-faoliyatli shartlanganlik bilan kombinatsionligini modellashtirish orqali takomillashtirilgan;
talabalarni jismoniy faolligini rivojlantirishning individual ta’limiy konsepsiyasi kasbiy samaradorlik va sog‘lom turmush dunyoqarashini ta’minlash tizimiga sog‘lik holati, psixologik xususiyat va shaxsiy qiziqishlardan kelib chiqqan holda mashg‘ulotlarni tanlash mexanizmini soft skills va stressni boshqarish bilan kompetensiyaga yo‘naltirilgan yondashuv asosida takomilashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy oliy ta’limda talabalarning jismoniy faolligini ruvojlantirishning pedagogik asoslariga doir ilmiy natijalari asosida:
oliy ta’lim talabalarini jismoniy faolligini rivojlantirishning pedagogik jixatlari raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim oluvchilarning kognitiv tizimida yuzaga kelayotgan motivatsion va emotsional o‘zgarishlar dinamikasi sog‘lom turmush dunyoqarashi bilan funksionallik integralligini hisobga olish orqali aniqlashtirilganligiga oid ilmiy tavsiyalaridan Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining “Milliy tarbiya ensiklopediyasini yaratish” mavzusidagi targ‘ibot ishlarini tashkil etish metodologiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat markazi” huzuridagi “Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti”ning 2024 -yil 27-maydagi 223-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim talabalarining jismoniy sifatlari va faolligi asnosida ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazilishi xamda ma’naviy dunyosini ehtimoliy buzilishi oldi olinishiga xizmat qilgan;
talabalarni jismoniy faolligini rivojlantirishning pedagogik samaradorligi ijtimoiy sog‘lom turmush ongi, faol fikrlash, umuminsoniy g‘oyalar, qarashlar va tamoyillar uyg‘unlashuvi sifatida jismoniy-tarbiyaviy ta’limning “bilim, nazariya, ko‘nikma va amaliyot” informatsion tizimlar sxemasiga simulyativ bellashuvlarni moslashtirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilganligiga oid ilmiy yangiliklaridan OT-F-1-17 raqamli “Ma’naviy begonlashhuvning oldini olishda shaxs faolligini oshirishni ijtimoiy-pedagogik tadqiq etish” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihaning belgilangan rejasi bo‘yicha tadqiqot metodologiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2024-yil 13-iyundagi 04-959-son ma’lumotnomasi). Natijada ma’naviy begonalashuvni oldini olishda shaxs faolligini oshirish bo‘yicha jismoniy faollikning potensial imkoniyatlari oshirilgan;
talabalarni jismoniy faolligini rivojlantirishning nazariy-pedagogik strategiyasi kompleks ta’limning yetakchi va o‘zaro aloqador uch elementi – sog‘lom turmush savodxonligi, fiziologik onglilik, madaniy xulq-atvorning shaxsiy-faoliyatli shartlanganlik bilan kombinatsionligini modellashtirish orqali takomillashtirilganligiga oid ilmiy yangiliklaridan “O‘zbekiston yoshlarining ma’naviy sifatlarini rivojlantirishda jismoniy madaniyatning o‘rni” mavzusidagi zamonaviy targ‘ibot materiallarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2024-yil 22-maydagi 04-13/465-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilarning jismoniy madaniyat bilan shug‘ullanish zarurligi to‘g‘risidagi bilim ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali ularni jismoniy faollik darajasini oshirishga qaratilgan tadbirlar mazmun-mohiyatini oshirish imkoniyati paydo bo‘lgan;
talabalarni jismoniy faolligini rivojlantirishning individual ta’limiy konsepsiyasi kasbiy samaradorlik va sog‘lom turmush dunyoqarashini ta’minlash tizimiga sog‘lik holati, psixologik xususiyat va shaxsiy qiziqishlardan kelib chiqqan holda mashg‘ulotlarni tanlash mexanizmini soft skills va stressni boshqarish bilan kompetensiyaga yo‘naltirilgan yondashuv asosida takomilashtirilganligiga oid ilmiy tavsiyalaridan “Ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish” nomli ommaviy tadbirlarning konseptual mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 28-maydagi 08-16/5361-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining kasbiy faoliyatidagi pedagogik-psixologik ziddiyatlar va ularni bartaraf etish yo‘llari hamda talabalar orasidagi jismoniy faollikni rivojlantirish va yuksaltirishning strategiyasi o‘ziga xos o‘rni va xususiyatlari bo‘yicha bilimlari oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish