Umarova Yayraxon To‘xtanazarovnaning
Pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilimiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Kognitiv lingvistika asosida talabalar ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Ped1088
Ilmiy maslahatchi: Yusupova Shohidaxon Jaloliddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rstayotgan muassasa nomi, IKraqami: Andijon davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.03/05.05.2023.Ped.166.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Kadirov Valijon Abdurahmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Asqarova O‘g‘iloy Mamashakirovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Yuldasheva Shahlo Shukrullaevna pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kognitiv lingvistika asosida talabalar ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga oid ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
filologiya yo‘nalishi talabalarning ijtimoiy muloqot kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik moxiyati shaxslararo so‘zlashuvni rivojlantirish kontekstlariga kognitiv lingvistika nazariyalari (metafora, konsept va diskurs) hamda tizimli-funksional yondashuvlarini kasbiy ko‘nikmalarga mos muammolarga ijodiy fikrlashni rivojlantirish saloxiyatidan foydalanishga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarni ta’lim jarayonidagi ijtimoiy kompetensiyalari reflektiv va dialogik mashg‘ulotlar tizimiga tarixiy ijtimoiy taraqqiyot haqidagi bilimlarini mustahkamlovchi generatsiya effekti (ma’lumotlarni yod olish, qayta ishlash, samaradorlikni oshirish) hodisasi asosida aniqlashtirilgan;
kognitiv lingvistika asosida talabalar ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari tafakkur va mantiqiy fikrlashni faollashtiruvchi o‘quv muhitiga metakognitiv nazorat (idrok, tafakkur) darajalarini axborot-kommunikatsion ta’lim formatlariga moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi lingvodidaktik konsept nazariyasiga asoslangan interfaol mashg‘ulotlar tizimiga intertekstual topshiriqlar, konseptual lingvistik kartalar hamda skafolding (scaffolding) mexanizmlarini meta-nutq darajasini belgilovchi me’zonlarini aniqlash orqali takomillashtirilgan;
talabalar ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik ta’minoti muloqot madaniyati hamda kreativ fikrlashni rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsion pedagogik model mazmuniga ijtimoiy muloqot ko‘nikmalariga asoslangan baholash mezonlarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kognitiv lingvistika asosida talabalar ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga oid olingan ilmiy natijalar asosida:
filologiya yo‘nalishi talabalarning ijtimoiy muloqot kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik moxiyati shaxslararo so‘zlashuvni rivojlantirish kontekstlariga kognitiv lingvistika nazariyalari (metafora, konsept va diskurs) hamda tizimli-funksional yondashuvlarini kasbiy ko‘nikmalarga mos muammolarga ijodiy fikrlashni rivojlantirish saloxiyatidan foydalanishga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilganligiga oid ilmiy tavsiyalaridan oliy ta’lim talabalari uchun ishlab chiqilgan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-son buyrug‘iga asoson berilgan 521495-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik aspektlari matn va nutq faoliyati orqali shaxslararo muloqotini rivojlantirishga erishilgan;
talabalarni ta’lim jarayonidagi ijtimoiy kompetensiyalari reflektiv va dialogik mashg‘ulotlar tizimiga tarixiy ijtimoiy taraqqiyot haqidagi bilimlarini mustahkamlovchi generatsiya effekti (ma’lumotlarni yod olish, qayta ishlash, samaradorlikni oshirish) hodisasi asosida aniqlashtirilganligiga oid ilmiy takliflaridan oliy ta’lim talabalari uchun “O‘qituvchi nutq madaniyati” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-son buyrug‘iga asosan berilgan 521495-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarning ijtimoiy kompetensiyalari reflektiv va dialogik mashg‘ulotlar orqali metakognitiv strategiyalar bilan uyg‘unlashib, o‘z-o‘zini anglash, ijtimoiy muloqot va mas’uliyatli ishtirok ko‘nikmalarini yuksaltirishga erishilgan;
kognitiv lingvistika asosida talabalar ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari tafakkur va mantiqiy fikrlashni faollashtiruvchi o‘quv muhitiga metakognitiv nazorat (idrok, tafakkur) darajalarini axborot-kommunikatsion ta’lim formatlariga moslashtirish asosida takomillashtirilganligiga oid ilmiy tavsiyalaridan oliy ta’lim talabalari uchun ishlab chiqilgan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-son buyrug‘iga asoson berilgan 521495-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning ijtimoiy kompetensiyalari tafakkur va metakognitiv nazorat darajalari axborot-kommunikatsion ta’lim formatlari bilan uyg‘unlashgan o‘quv muhitida samarali rivojlangantirishga erishilgan;
talabalarning ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi lingvodidaktik konsept nazariyasiga asoslangan interfaol mashg‘ulotlar tizimiga intertekstual topshiriqlar, konseptual lingvistik kartalar hamda skafolding (scaffolding) mexanizmlarini meta-nutq darajasini belgilovchi me’zonlarini aniqlash orqali takomillashtirilganligiga oid ilmiy takliflaridan oliy ta’lim talabalari uchun “O‘qituvchi nutq madaniyati” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-son buyrug‘iga asosan berilgan 521495-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada lingvodidaktik konsept asosidagi interfaol mashg‘ulotlar tizimi va skafolding mexanizmlari talabalarning ijtimoiy kompetensiyalari samarali takomillashtirishga erishilgan;
talabalar ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik ta’minoti muloqot madaniyati hamda kreativ fikrlashni rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsion pedagogik model mazmuniga ijtimoiy muloqot ko‘nikmalariga asoslangan baholash mezonlarini kiritish asosida takomillashtirilganligiga oid ilmiy yangiliklaridan oliy ta’lim talabalari uchun “O‘qituvchi nutq madaniyati” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-son buyrug‘iga asosan berilgan 521495-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalar nutqiy faolligi, empatik muloqot ko‘nikmalari hamda ijtimoiy-kontekstual fikrlash salohiyati sezilarli darajada rivojlangantirishga erishilgan.