Yuldasheva Umidaxon Maxmudovnaning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilimiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalariga ingliz tilini o‘qitishning interaktiv texnologiyasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).  Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2024.2.PhD/Ped7593
Ilmiy rahbar: Kazieva Turg‘unoy Tursunbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti. IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD.03/05.05.2023.Ped.166.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Maloxat Ergashevna pedagogika fanlari doktori professor; Qoraboev Jasurbek Bohodirovich, f.f.b.f.d (PhD), professor, 
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalariga ingliz tilini o‘qitishning interaktiv texnologiyasini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
maktabgacha ta’lim talabalariga ingliz tilini o‘qitishning ijtimoiy-pedagogik mohiyati kasbiy tayyorgarlikni rivojlantirish tuzilmasiga xalqaro ijtimoiy talablar va pedagogik maqsadlarning kognitiv darajasini mustaqil til o‘rganishga asoslangan mantiqiy izchillikni tasniflash asosida aniqlashtirilgan;
talabalarga ingliz tilini o‘rgatishning didaktik ta’minoti til bilishning milliy dastur talablariga (o‘qish, yozish, tinglash, og‘zaki) bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarni (bilim, ko‘nikma, kommunikativ, metodik, shaxsiy-ijtimoiy) ijtimoiy faollik indeksiga bog‘cha, ota-ona va tarbiyalanuvchining manfaatlariga tizimli ta'sirini muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarga ingliz tilini o‘rgatishning interaktiv texnologiyasi o‘quv jarayonida lingvistik, kommunikativ, madaniy va ijtimoiy kompetensiyalarni tizimli rivojlantirishga qaratilgan o‘qitishni loyixalashning integrasiyalashgan metodik ta’minoti dual ta’lim imkoniyatini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
ta’limda ingliz tilini o‘rgatish samaradorligi til kompetensiyasini o‘sishini aniqlovchi o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga dars jarayonini yoshga mos audio va video materiallari asosida tashkil etishning pedagogik shartlari bilan dalillarga asoslangan amaliyot (evidence-based practice) belgilash orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalariga ingliz tilini o‘qitishning interaktiv texnologiyasini takomillashtirishga oid ilmiy natijalar asosida:
maktabgacha ta’lim talabalariga ingliz tilini o‘qitishning ijtimoiy-pedagogik mohiyati kasbiy tayyorgarlikni rivojlantirish tuzilmasiga xalqaro ijtimoiy talablar va pedagogik maqsadlarning kognitiv darajasini mustaqil til o‘rganishga asoslangan mantiqiy izchillikni tasniflash asosida aniqlashtirilganligiga oid ilmiy xulosalaridan oliy ta’lim talabalari uchun “Maktabgacha ta’limda chet tillarini o‘qitish” nomli darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarni ingliz tili o‘qitishning ijtimoiy-pedagogik mohiyati kasbiy tayyorgarlikni xalqaro talablar va kognitiv yondashuv asosida izchil shakllantirilishiga erishilgan; 
talabalarga ingliz tilini o‘rgatishning didaktik ta’minoti til bilishning milliy dastur talablariga (o‘qish, yozish, tinglash, og‘zaki) bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarni (bilim, ko‘nikma, kommunikativ, metodik, shaxsiy-ijtimoiy) ijtimoiy faollik indeksiga bog‘cha, ota-ona va tarbiyalanuvchining manfaatlariga tizimli ta'sirini muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilganligiga oid ilmiy takliflaridan oliy ta’lim talabalari uchun ishlab chiqilgan “Xalqaro baholash asoslari” nomli o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyundagi 258-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarni ingliz tili o‘rgatishning didaktik ta’minoti milliy talablar va ijtimoiy manfaatlar uyg‘unligida tizimli takomillashtirilishiga erishilgan;     
talabalarga ingliz tilini o‘rgatishning interaktiv texnologiyasi o‘quv jarayonida lingvistik, kommunikativ, madaniy va ijtimoiy kompetensiyalarni tizimli rivojlantirishga qaratilgan o‘qitishni loyixalashning integrasiyalashgan metodik ta’minoti dual ta’lim imkoniyatini aniqlash asosida takomillashtirilganligiga oid ilmiy tavsiyalaridan 2023-2025 yillarda bajarilgan AI-XT-0-92997-raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2025-yil 04-iyuldagi 298-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarni interaktiv texnologiya ingliz tilini dual ta’lim asosida integrallashgan kompetensiyalar orqali o‘rgatish ta’minlangan ;
ta’limda ingliz tilini o‘rgatish samaradorligi til kompetensiyasini o‘sishini aniqlovchi o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga dars jarayonini yoshga mos audio va video materiallari asosida tashkil etishning pedagogik shartlari bilan dalillarga asoslangan amaliyot (evidence-based practice) belgilash orqali takomillashtirilganligiga oid ilmiy yangiligidan oliy ta’lim talabalari uchun ishlab chiqilgan “Xalqaro baholash asoslari” nomli o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyundagi 258-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarni ingliz tili o‘rgatish samaradorligi til kompetensiyasini o‘sishiga xizmat qiluvchi pedagogik shartlar va dalillarga asoslangan amaliyot orqali takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish