Abdullaeva Maftuna Odiljon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy yondashuvlar asosida o‘quvchilarda hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish metodikasi (adabiyot fani misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped9919.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Ilmiy rahbar: Qurbonova Maftuna Faxriddinovna pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Panjiev Qurbonniyoz Berdievich, pedagogika fanlari doktori (DSc),  professor; Masharipova Umida Abduvohidovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Zamonaviy yondashuvlar asosida o‘quvchilarda hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish metodikasi (adabiyot fani misolida) bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
o‘quvchilarda hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari shaxsning yangi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sharoitlarga moslashuvchanligida namoyon bo‘ladigan amaliy yo‘naltirilgan ta’lim funksiyalarini ijtimoiy talab va iqtisodiy rivojlanish maqsadlariga hamohanglashtirish asosida aniqlashtirilgan;
adabiyot darslarida o‘quvchilarda hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish modeli individual hayotiy o‘sish traektoriyasini o‘z bilim dinamikasini  anglash, keys-stadi, debat, loyiha imkoniyatlarini mustaqil va nostandart qarorlar qabul qilishga ta’sirini hamkorlik pedagogikasi doirasida didaktik argumentlash asosida takomillashtirilgan;
adabiyot darslarida o‘quvchilarda hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirish metodikasi “Hayotiy qadriyatlar durdonasi”, “Adabiy refleksiya” innovatsion-impulsli ta’lim texnologiyalariga ko‘ra refleksiv mashqlarni bajarishda o‘z-o‘zini tanqidiy baholash va shaxsiy faollikka irodaviy intilish motivatsiyasini didaktik harakatlarining o‘quv ta’sir quvvati intensivligini oshirish asosida takomillashtirilgan;
adabiyot darslarida o‘quvchilarda hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish samaradorligi loyihaviy faoliyat, muammoli o‘qitish, kommunikativ kompetensiya madaniy va lingvistik ongni shakllantirishda tilning xalq tarixi va madaniyati bilan bog‘liqligini nutq madaniyati qoidalar asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarda hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha  olingan  ilmiy  natijalar  asosida:
o‘quvchilarda hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari shaxsning yangi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sharoitlarga moslashuvchanligida namoyon bo‘ladigan amaliy yo‘naltirilgan ta’lim funksiyalarini ijtimoiy talab va iqtisodiy rivojlanish maqsadlariga hamohanglashtirish asosida aniqlashtirilgan takliflar “Xalqaro baholash tadqiqotlari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 14-avgustdagi 22-01-486/22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, zamonaviy yondashuvlar asosida adabiyot darslarini tashkil etishning nazariy-metodologik asoslarini aniqlashga erishilgan;
adabiyot darslarida o‘quvchilarda hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish modeli individual hayotiy o‘sish traektoriyasini o‘z bilim dinamikasini  anglash, keys-stadi, debat, loyiha imkoniyatlarini mustaqil va nostandart qarorlar qabul qilishga ta’sirini hamkorlik pedagogikasi doirasida didaktik argumentlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Xalqaro baholash tadqiqotlari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 14-avgustdagi 22-01-486/22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, adabiyot darslarida zamonaviy yondashuvlar asosida o‘quvchilarda hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish bosqichlari, tamoyillari, pedagogik imkoniyatlari, didaktik talablarini aniqlashga sharoit yaratilgan;
adabiyot darslarida o‘quvchilarda hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirish metodikasi “Hayotiy qadriyatlar durdonasi”, “Adabiy refleksiya” innovatsion-impulsli ta’lim texnologiyalariga ko‘ra refleksiv mashqlarni bajarishda o‘z-o‘zini tanqidiy baholash va shaxsiy faollikka irodaviy intilish motivatsiyasini didaktik harakatlarining o‘quv ta’sir quvvati intensivligini oshirish asosida takomillashtirishga oid  takliflar “Xalqaro baholash tadqiqotlari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 14-avgustdagi 22-01-486/22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, adabiyot darslarida zamonaviy yondashuvlar asosida o‘quvchilarda hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirishning funksional modelini ishlab chiqishga erishilgan;
adabiyot darslarida o‘quvchilarda hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish samaradorligi loyihaviy faoliyat, muammoli o‘qitish, kommunikativ kompetensiya madaniy va lingvistik ongni shakllantirishda tilning xalq tarixi va madaniyati bilan bog‘liqligini nutq madaniyati qoidalar asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Xalqaro baholash tadqiqotlari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-buyrug‘iga asosan 584736 raqamli guvohnoma). Natijada, zamonaviy yondashuvlar asosida o‘quvchilarda hayotiy ko‘nikmalarni shakllantiruvchi  pedagogik  mexanizmlar,  strategiyalar  va  innovatsion  ta’lim jarayonining  samaradorlik  darajasini  aniqlash, ilmiy-metodik tavsiyalar va dastur ishlab chiqish imkoniyatlari kengaytirilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish