Kazakov Umrbek Allaberganovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy xomashyolar asosida vulkanlash jarayoni tezlashtirgichlari va ularni qo‘llab elastomer kompozisiyalari yaratish», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5246.
Ilmiy rahbar: Ikramov Abduvaxob Ikramovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Teshabaeva Elmira Ubaydullaevna, texnika fanlari doktori, professor; Vafaev Xusniddin Mirzoevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar asosida har xil strukturali elastomer kompozisiyalarni vulkanlanish jarayoni uchun tezlashtirgichlar yaratish va ularni qo‘llab rezinatexnika buyumlari olish tarkibi va texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
formal`degid, kroton fraksiyasi va tiomochevina hamda mochevinalar asosida elastomerlarni vulkanlash jarayoni tezlashtirgichlarini olish ko‘rsatgichlari va texnologiyasi ishlab chiqilgan;
formal`degid, kroton fraksiyasi va tiomochevina hamda mochevinalar asosida olingan elastomerlarni vulkanlash jarayoni tezlashtirgichlarini fizik-kimyoviy xossalari va strukturasi asosida elastomerlar va ularning kompozisiyalarida ishlatish mumkinligi ilmiy asoslangan;
yaratilgan vulkanlash jarayoni tezlashtirgichlarini elastomer kompozisiyalarida ishlatiluvchi boshqa ingredientlar bilan aralishishi va ularni miqdorini elastomer kompozisiyalari strukturasiga, vulkanlanish kinetikasiga, gisterezis, fizik-mexanik, dinamik, maxsus va ekspluatasion xossalariga ta’siri aniqlangan;
yaratilgan vulkanlash jarayoni tezlashtirgichlarini qo‘llab organomineral kompozisiyalar va rezinatexnika buyumlari olish tarkibi va texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Rezinotexnika buyumlari vulqonlash jarayonini tartibli tezlashtiruvchi, fizik-mexanik, dinamik va strukturaviy xossalari oldindan belgilangan talablar asosida shakllantiruvchi tezlashtirgichlar yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
barqaror sifat va sanoat standartlariga mos elastomerlarni vulqonlash jarayoni tezlashtirgichlarini ishlab chiqarish texnologiyasi «O‘zkimyosanoat» AJning «2026-2028 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati»ga kirtilgan («BIRINCHI REZINOTEXNIKA ZAVODI» MChJ XKning 2025 yil 8 apreldagi 08/1-221-son ma’lumotnomasi). Natijada, maxalliy xomashyolar asosida elastomerlarni vulkanlovchi tezlatgichlar olish imkonini beradi;
formaldegid va tiomochevina asosida olingan elastomerlarni vulqonlash jarayoni tezlashtirgichlarini qo‘llab organomineral kompozisiyalar va rezinotexnik buyumlari olish tarkibi va ishlab chiqarish texnologiyasi «O‘zkimyosanoat» AJning «2026-2028 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati»ga kirtilgan («BIRINCHI REZINOTEXNIKA ZAVODI» MChJ XKning 2025 yil 8 apreldagi 08/1-221-son ma’lumotnomasi). Natijada, maxalliy xomashyolar asosida olingan vulkanlovchi tezlatgichlarni qo‘llab elastomer kompozisiyalari ishlab chiqarish imkonini beradi.