Xolmurodov Bahodir Bahrom o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yantoq asosida boyitilgan funksional ichimliklar texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.17 - Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnololgiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T4402.
Ilmiy rahbar: Ishimov Uchkun Jomuradovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Isabaev Ismoil Babadjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Qarshiev Tolib Ovlaevich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: yantoq asosida boyitilgan funksional ichimliklar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yantoqning er ustki qismlari - poyasi, bargi va urug‘idan konsentrat olishning maqbul parametrlari (harorat 40 C, etil spiritning konsentratsiyasi 40 %, pH ~ 4,5, gidromodul 1:40, ekstraksiya davomiyligi 15-20 minut) asoslangan; 
Xorazmda etishgan yantoqda B₁ vitamini Qashqadaryodagiga nisbatan 5,8, B₂ vitamini 3,3, B₉ vitamini esa 1,8 marta ko‘pligi aniqlanib, rutin, degidrokversetin, senerozid hamda glisin, asparagin, sistein va valin kabi aminokislotalarga (5308,4 mg/100 g ga nisbatan 1501,8 mg/100 g) boyligi isbotlangan;
yantoq poyasi va bargi ekstrakti 10 mkl va 50 mkl oralig‘ida ingibirlash darajasi 4,61 barobar, yantoq urug‘inikida esa 4,04 barobar yuqoriligi isbotlangan;
yantoq konsentrati 3-6 %, anor sharbati 3-5 %, malina sharbati 2-5 %, qovoq sharbati 1-4% tarkibli boyitilgan ichimlik resepturasi aniqlanib, ichimlik tarkibi va alohida komponentlarining alimentar kasalliklar profilaktikasiga ta’siri asoslangan;
yantoq tarkibiy qismlarni qayta ishlash asosida funksional ichimliklar olish texnologiyasini ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yantoq tarkibiy qismlarni qayta ishlash asosida funksional ichimliklar olish texnologiyasini  ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy yantoq asosida funksional ichimliklarni boyitish texnologiysi «O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning “2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2025 yil 11 yanvardagi 11-04/01-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, yantoq tarkibiy qismlaridan vitamin va minerallarga boy o‘simlik ekstraktlari olish imkonini beradi;
yantoq asosida funksional ichimliklarni boyitish texnologiysi «O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning “2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2025 yil 11 yanvardagi 11-04/01-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, yantoq ekstrakti asosida biologik faollikka ega, organoleptik ko‘rsatkichlari yaxshilangan, saqlanish muddati uzaytirilgan funksional ichimlik ishlab chiqarish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish