Madaminova Gulmiraxon Ikromalievnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sanoat changlarini ho‘l usulda tozalovchi barabanli qurilmani takomillashtirish va parametrlarini asoslash», 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4123.
Ilmiy rahbar: Tojiev Rasuljon Jumaboevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Nosirova Shaira Narmuradovna, texnika fanlari doktori, professor; Primov To‘ychi Jumaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: ho‘l usulda chang tozalovchi qurilmani takomillashtirilgan konstruksiyasini yaratish  va uning ishchi parametrlarini asoslash hamda ishlab chiqarishga qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qurilmaga o‘rnatilgan  barabanli setkalarning kvadrat teshik o‘lchamlari  bo‘yicha  qarshilik koeffisientlari  a=0,6 mmda ξs=1,65; a=0,8 mmda  ξs=1,45,  a=1,0 mmda ξs=1,25 va setkalarning qarshilik koeffisientlarini hisoblashdagi  tuzatish koeffisienti qiymati ΔP=1,15 ga tengligi aniqlangan va qarshilik koeffisientini hisoblash uchun empirik tenglama olingan;
changli gaz  va suyuqlik oqimlari rejimlarida gidravlik qarshiliklari va gidravlik qarshiligini tozalash samaradorligiga ta’siri aniqlangan, setka o‘lchami a=0,6 mmda,  gidravlik qarshilikning ΔP=54÷798 Pa oralig‘ida, suyuqlik sarfi  Qs=0,3 m3/soatda, tozalash samaradorligi η=99,9÷99,5% ni tashkil etgan va REChM=6 mg/m3 dan kichik qiymatlargacha tozalanishi aniqlangan; 
matematik rejalashtirish usuli orqali, qurilmaning maqbul parametrlari aniqlanganda, filtrlovchi setka kvadrat teshigi o‘lchami a=0,6mm,  changli gaz tezligi wg=12,4 m/s, suyuqlik sarfi Qs=0,3 m3/soat bo‘lganda  energiya sarfi 1,4 kVt/soat, tozalash samadorligi 99,8% va gidravlik qarshiligi 700 Pa  qiymatlari aniqlangan;
qurilmanung tozalash samaradorligi mavjud qo‘llanilayotgan siklonga nisbatan 20% va xo‘l usulda ishlovchi skrubberga  nisbatan 4,9% gacha ortishi isbotlangan, zavodda 1m3 havoni tozalash uchun sarflanadigan suyuqlik 5 barobarga, elektr energiyasi 2,5 barobarga  kam sarflanishiga erishilgan va shu  asosida qurilmani takomillashtirilgan yangi konstruksiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Barabanli qurilmada  kam energiya va suyuqlik sarflyagan holda yuqori tozalash samaradorligini ta’minlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ho‘l usulda chang tozalovchi qurilmani loyixa konstruktorlik hujjatlari, apparatning sanoat qurilmasini tayyorlash texnologiyasi “TURON ECO CEMENT GROUP” MChJ korxonasining “2025-2030 yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (O‘zbekiston Qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2025 yil 25 avgustdagi 02/15-2795-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qurilmani ishlatish orqali zavodda 1m3 havoni tozalash uchun sarflanadigan suyuqlik 5 barobarga, elektr energiyasi 2,5 barobarga kam sarflanishi imkonini beradi;
gazlarni tozalash qurilmasining yangi konstruksiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” Davlat muassasasi tomonidan foydali modelga patent olingan (FAP №2584. 2024 y). Natijada, “TURON ECO CEMENT GROUP” MChJning tuproq (suglinka) ni quritish jarayonida hosil bo‘ladigan changlarni REChM talablari darajasida tozalash  imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish