Xo‘jaeva Nafisaxon Toshtemirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fritillaria severzowii – olg‘i dorivor o‘simligining kimyoviy tarkibi, farmakologik xususiyatlari va tabobatda qo‘llanilishi», 14.00.41 - Xalq tabobati (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/K896.
Ilmiy rahbar: Abdug‘aniev Baxtiyor Yormaxamatovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qo‘qon davlat universiteti, PhD.03/08.05.2025.K/T.130.04.
Rasmiy opponentlar: Xojimatov Maxsadbek Muydinovich, kimyo fanlari doktori, professor; Mamatqulova Surayyoxon Abdusamatovna, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda o‘suvchi Fritillaria severzowii o‘simligi tarkibidagi flavonoidlar, vitaminlar, oqsillar, aminokislotalar, polisaxaridlar, makro- va mikroelementlarni, o‘simlik ekstraktlarining farmakologik xususiyatlarini aniqlash hamda biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor F. severzowii o‘simligi tarkibidagi flavanoidlar va vitaminlar miqdori YuSSX usuli yordamida o‘simlik organlari kesimida alohida-alohida o‘rganilgan hamda miqdoriy baholangan, natijada ushbu flavonoid tarkibi ochib berilgan, shuningdek o‘simlik B2 vitaminining yuqori miqdordagi manbai ekanligi isbotlangan;
F. severzowii o‘simligining oqsil moddalari va ularning aminokislota tarkibini birinchi marta aniqlangan bo‘lib uning asosida o‘simlikning er osti qismi oqsillari tarkibida barcha muhim aminokislotalar mavjudligi isbotlangan;
F. severzowii o‘simligining makro- va mikro‘lementlari ilk bor tadqiq etilgan, tarkibidagi nisbatan yuqori miqdorlardagi (K, Ca, Mg, Na, S, P, Fe) hamda zararli elementlar (Cr, Cu, Ni, Li, V)ning sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlari aniqlangan, jami 30 ta kimyoviy elementning har biri spektr sohasiga ko‘ra aniqlangan;
o‘simlik er ostki qismi ekstrakti etilasetatli fraksiyasining o‘tkir zaharlilik ko‘rsatkichini o‘rganish natijasida uning LD50 ko‘rsatkichi 736.0 mg/kg ekanligi aniqlangan, bu ko‘rsatkich orqali fraksiyaning o‘tkir zaharliligi jihatidan kam zaharli moddalar guruhiga, ya’ni IV sinfga kirishi isbotlangan;
olingan fraksiyaning gepatoprotektor faolligi Fosfogliv preparatiga nisbatan qiyoslash asosida F. severzowii o‘simligi ekstraktining 25.0 mg/kg dozada berilishi hayvonlardagi zaharlanish oqibatlarini kamaytirish, zaharlanish alomatlarini bartaraf etilayotganligini ko‘rsatgan hamda sog‘lom hayvonlardagi biokimyoviy ko‘rsatkichlarga yaqin qiymatlarga kelishi orqali preparatning yaqqol terapevtik samaraga ega ekanligini ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. F. severzowii o‘simligining organlar kimyoviy tarkibini aniqlash, ajratilgan moddalarning biologik faolligini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston hududida o‘suvchi F. severzowii o‘simligining kimyoviy komponentlarini sifat va miqdoriy aniqlashda usul va uslublar Bioorganik kimyo institutining “O‘simliklar hashoratlar, tarkibidan yangi biologik faol birikmalarni ajratib olish, tozalash, individual birikmalarga ajratish va ular asosida yangi hosilalarini sintez qilish hamda biologik faolliklarini o‘rganish” mavzusidagi ilmiy tadqiqotlar dasturlarini bajarilishida o‘simlik ildizi, poyasi va barglari tarkibidagi moddalar miqdori ularning gepatoprotektorlik faollikni namoyon qilishini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025 yil 28 iyuldagi 4/1255-1833-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarkibida biofaol flavonoidlar saqlovchi o‘simlik xomashyolari asosida gepatoprotektor faollikka ega bo‘lgan substansiyalar ishlab chiqish imkonini bergan;
F. severzowii o‘simligini kimyoviy tadqiq etishning nazariy xulosalari va amaliy natijalari asosida biologik faol moddalar saqlagan o‘simlik xomashyosi tarkibidagi birikmalarni o‘simlik organlaridan olinishi, fraksiyalanishi va ajratilishi bo‘yicha ishlab chiqilgan sxemalari Rossiya Federatsiyasi Surgut davlat universitetining “Shimol rezavorlari va dorivor o‘simliklarni etishtirish texnologiyalari va biologik faol birikmalarini ajratib olish” mavzusidagi amaliy tadqiqotlar loyihasida foydalanilgan (Rossiya Federatsiyasi Xanti-Mansiysk avtonom okrugi – Yugra “Surgut davlat universiteti” byudjet oliy ta’lim tashkilotining 2025 yil 24 iyuldagi 03-01/93-son ma’lumotnomasi). Natijada, Rossiya hududidagi shimol rezavorlari va dorivor o‘simliklardan biologik faol birikmalarini yuqori unumlarda ajratib olish hamda katta aniqlikda sifat va miqdoriy baholash imkonini bergan;
F. severzowii o‘simligi asosida olingan “Naf-ol” shifobaxsh choyini ishlab chiqarish uchun texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqilib, TY 204136479-001:2025 raqami bilan ro‘yxatga olingan hamda ushbu yo‘riqnoma asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administrasiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasining Sanitariya-epidemiologik nazorat boshqarmasi tomonidan sanitariya-epidemiologik xulosasi olingan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administrasiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasining Sanitariya-epidemiologik nazorat boshqarmasining 2025 yil 11 iyuldagi 023479-sonli xulosasi). Natijada, F. severzowii o‘simligi biofaol birikmalari asosida gepatit A va B kasalliklarida qondagi fermentlar miqdorini me’yorlashtiruvchi gepatoprotektor ta’sirga ega shifobaxsh choy ishlab chiqarish imkonini bergan.