Sattorova Iroda Yangiboevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Eksperimental giperglikemiyada jigar mitoxondriyasi disfunksiyasiga ayrim polifenol birikmalarning ta’sirini tavsiflash», 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/B1488.
Ilmiy rahbar: Pozilov Ma’murjon Komiljonovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Qarshi davlat universiteti, O‘zMU huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/30.06.2020.B.70.03.
Rasmiy opponentlar: Esimbetov Adilbay Tlepovich, biologiya fanlari doktori, professor; Omonturdiev Sirojiddin Zoirovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: gossipolning diazamino YaN-2 (4:1) va YaN-2 (6:1) hosilalarini kalamush jigar mitoxondriyasi funksiyasiga ta’sirini (in vitro) baholash va eksperimental diabet sharoitida mitoxondriya disfunksiyasini korreksiyalashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
in vitro sharoitida gossipolning diazamino YaN-2 (4:1) va YaN-2 (6:1) hosilalarini jigar mPTPni Ca2+ ionlarga bog‘liq ochilishiga va LPO jarayoniga ingibirlovchi ta’sir ko‘rsatishi, shuningdek, ATFga bog‘liq kaliy kanallarni faollashtirishi aniqlangan;
STZ va alloksan diabet sharoitida gossipolning diazoimino YaN-2 (4:1) va YaN-2 (6:1) hosilalarining kalamush jigar mitoxondriyasi bo‘kishini ingibirlashi va mitoKATF-kanalni faollashtirishi ochib berilgan;
STZ va alloksan diabet sharoitida gossipolning YaN-2 (4:1) va YaN-2 (6:1) diazamino hosilalari ta’sirida kalamush jigar mitoxondriyasida Fe2+/sitrat bilan chaqirilgan LPO intensivligi tormozlanishi, MDA hosil bo‘lishini kamayishi, SOD va katalaza fermenlari faolligining oshishi holatlari baholangan;
YaN-2 (4:1) va YaN-2 (6:1) ta’sirida kalamushlar qon plazmasidagi glyukoza miqdorining kamayishi, ular jigaridagi glikogen miqdorining ko‘payishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Eksperimental giperglikemiyada jigar mitoxondriyasi disfunksiyasiga ayrim polifenol birikmalarning ta’sirini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gossipolning diazamino hosilalari YaN-2 ning GMAT bilan hosil qilingan komplekslarini gipoglikemik xossalari bo‘yicha olingan natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan “Istiqbolli biologik faol birikmalarning farmako-toksikologik xususiyatlarini o‘rganish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025 yil 3 iyundagi 4/1255-1382-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, GKMAT bilan gossipol diazamino hosilalarining komplekslari yuqori va o‘rtacha gepatoprotektor xossaga ega ekanligini aniqlash, hamda, eng yuqori faollikka ega bo‘lganlarini (4:1,6:1) keyingi tadqiqotlar uchun tanlash imkonini bergan;
eksperimental diabet sharoitida gossipol diazamino hosilalarining jigar mitoxondriyasi disfunksiyasiga farmakologik korreksiyalovchi ta’siri bo‘yicha olingan natijalar Surgut davlat universitetining «Metagenomniy analiz kishechnogo mikrobioma u patsientov s neyrodegenerativnimi i serdechno-sosudistimi zabolevaniyami, sovremennie strategii vozdeystviya ekstraktami rastitel`nix polifenolov» amaliy loyihasida ayrim polifenol birikmalarni kardioprotektor hossalarini baholashda foydalanilgan (Surgut davlat universitetining 2025 yil 24 iyundagi 03-01/141-son ma’lumotnomasi). Natijada, yurak-qon tomir kasalliklarida polifenollarning kardioprotektiv xususiyatlarini asoslash va ularning membranotrop faolligini baholash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish