Abdullaev Karimjon Saitbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Veneslarning qulflari va birlashtiruvchi qismlariga ishlov beruvchi maxsus dastgohlarni tadqiq qilish va ishlab chiqarish”, 05.02.05 – Mexanik va fizik-texnik ishlov berish texnologiyalari va jarayonlari. Dastgohlar va asbob-uskunalar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.3.PhD/T4892
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Mardonov Baxtiyor Teshaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Axmedov A.X., texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent No‘monjonov S.N.
Yetakchi tashkilot: “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS”ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi veneslarning qulflari va birlashtiruvchi qismlariga  ishlov beruvchi maxsus dastgohlarni tadqiq qilish va ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
venes qulflariga ishlov berish uchun maxsus stanok elektr energiyasining dastgohdagi taqsimotini me’yorlash asosida energiya tejamkor texnologiya ishlab chiqilgan,
maxsus stanokda halqasimon kanavkalarni shakllantirish metodikasi texnologik ishlov berish jarayonlarini ketma-ketligini ta’minlash asosida ishlov berish usuli ishlab chiqilgan, 
maxsus stanokning shpindel uzeli modeli sharli tegirmon venesining sektorlarini birlashtirish joylaridagi halqasimon kanavkalarga ishlov berish jarayonini ta’minlash usuli ishlab chiqilgan;
halqasimon kanavkalarni maxsus dastgohda ishlov berish texnologiyasi  jarayonini simulyasiya qilish asosida  ishlab chiqilgan;
shpindel o‘qi bo‘yicha dastgohni pozisiyalash texnologiyasi kanavkalarning parametrlarini ta’minlash usuli mexanik ishlov berish rejimlarining   ko‘rsatgichlari asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maxsus stanokni ishlab chiqish bo‘yicha texnik echimlarni tadqiq qilish asosida quyidagilar amalga oshirildi:
venes qulflariga ishlov berish uchun maxsus stanok konstruksiyasi Navoiy mashinasozlik zavodi AJ ga joriy etilgan (NGMK AJ ning №23/01-01-01/716, 2024 yil 19 noyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, elektr energiyasining sarfi 25% ga kamaygan;
maxsus stanokda halqasimon kanavkalarni shakllantirish metodikasi Navoyi mashinasozlik zavodi AJ ga joriy etilgan (NGMK AJ ning  №23/01-01-01/716, 2024 yil 19 noyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, xar bir halqasimon kanavka ishlab chiqarish uchun ketadigan vaqt sarfi 22% ga kamaygan; 
maxsus stanokning shpindel uzeli modelining konstruksiyasi Navoiy mashinasozlik zavodi AJ ga joriy etilgan (NGMK AJ ning №23/01-01-01/716, 2024 yil 19 noyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori aylanish tezliklarida ishlov berish yuzasiga ta’sir etadigan harorat yuklamalari 5-10% ga kamaygan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish