Saidmaxamadov Nosir Mo‘ysinalievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Elektr yoy pechida suyuqlantirilayotgan po‘latlarning quymakorlik xossalarini oshirishning ilmiy asoslarini yaratish”, 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (quymachilik va metallarga ishlov berish texnologiyasi yo‘nalishi) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.3.DSc/T668
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Turaxodjaev Nodir Djaxongirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Norxudjaev F.R., texnika fanlari doktori, dotsent Xudoyarov S.R., texnika fanlari doktori, dotsent Berdiyarov B.T.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Respublikamizning korxonalarida ko‘p foydalaniladigan 35XGSL, 65G va 35XML markali po‘latlarni elektr yoy pechida suyuqlantirish jarayonida ularni quymakorlik xossalarini oshirishning ilmiy asoslarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektr-yoy pechida po‘latni suyuqlantirish jarayonida legirlovchi element sifatida xromni kiritishning texnologiyasi ferrit fazasini ko‘payishi natijasida hosil bo‘ladigan siqilish koeffisientining pasayishi asosida ishlab chiqilgan;
elektr-yoy pechida po‘latni suyuqlantirish jarayonida flyus bilan uch bosqichli ishlov berish texnologiyasi qotishma tarkibidagi fosfor va oltingugurt miqdorining  kamayish dinamikasi asosida  ishlab chiqilgan;
qolip konstruksiyasining sifonli ta’minlagichining parametrlari qolip ichida hosil bo‘ladigan suyuq metall bosimining qatlamlar bo‘yicha taqsimlanish qonuniyati asosida ishlab chiqilgan;
po‘latga kovsh ichida alyuminiy bilan ishlov berish texnologiyasi qotishma tarkibidagi gaz va nometall qo‘shimchalarning miqdori hamda olinayotgan qotishmaning suyuq oquvchanligi kiritilayotgan alyuminiy o‘lchamlariga bogʻliqlik darajasi asosida asoslangan;
po‘latni qum-gilli qolipga quyishda qolip ashyosining katalizatsiyalovchi tarkibi hamda suyuq metallning qolip ichida sovush jarayonini boshqarish orqali quymalarning chiziqli kirishuvchanligini kamaytirish usullari  asoslangan;
quyma tizimidagi ustamaning konstruksiyasi suyuq metall haroratiga hamda quymaning hajm bo‘ylab sovush tezligiga bogʻliqligi  asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elektr yoy pechida suyuqlantirilayotgan po‘latlarning quymakorlik xossalarini oshirishning ilmiy asoslarini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qum-gilli qolipda po‘lat qotishmasidan quymalar olishda sifonli ta’minlagichning konstruksiyasi “UzMetkombinat” AJ korxonasining “Quyuv mexanika” sexiga joriy qilingan. (“UzMetkombinat AJ” korxonasining 2023 yil 29 sentyabrdagi №01/02-02/02/89-sonli ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida issiq holatdagi yoriqlarning hosil bo‘lishi 18 – 20 % ga kamaygan;
po‘lat qotishmasini elektr yoy pechida suyuqlantirishning legirlovchi elementi bilan ishlov berish texnologiyasi “UzMetkombinat” AJ korxonasining “Quyuv mexanika” sexiga joriy qilingan. (“UzMetkombinat AJ” korxonasining 2023 yil 29 sentyabrdagi №01/02-02/02/89-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qotishmaning oquvchanligi 7 ÷ 8 % ga oshgan;
suyuq po‘lat qotishmasini kovsh ichida ishlov berish texnologiyasi “UzMetkombinat” AJ korxonasining “Quyuv mexanika” sexiga joriy qilingan. (“UzMetkombinat AJ” korxonasining 2023 yil 29 sentyabrdagi №01/02-02/02/89-sonli ma’lumotnomasi). Natijada quymaning tarkibidagi nometall qo‘shimchalari 5 ÷ 6 % ga kamaygan;
po‘lat qotishmasini elektr yoy pechida suyuqlantirishning uch bosqichli rejimi “UzMetkombinat” AJ korxonasining “Quyuv mexanika” sexiga joriy qilingan. (“UzMetkombinat AJ” korxonasining 2023 yil 29 sentyabrdagi №01/02-02/02/89-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qotishma tarkibidagi fosforning miqdori 14 ÷ 16 % ga kamaygan;
po‘lat qotishmalarini bir martalik qoliplardan quymalar olishda qolip ashyosining katalizatsiyalovchi tarkibi “UzMetkombinat” AJ korxonasining “Quyuv mexanika” sexiga joriy qilingan. (“UzMetkombinat AJ” korxonasining 2023 yil 29 sentyabrdagi №01/02-02/02/89-sonli ma’lumotnomasi). Natijada olinayotgan quymalarning kirishuvchanligi 4 ÷ 5 % ga kamaygan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish