Jahonov Azizjon Abdujalil O‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nosimmetrik poymali daryolarda ko‘ndalang dambalar bilan siqilgan oqimning yoyilish qonuniyatlari”, 05.09.06 – Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5495.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Kahhorov O‘ktam, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengash.
Bazarov Dilshod Raimovich - “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaliginimexanizatsiyalash muhandislari instituti”Milliy tadqiqot universiteti, “Nasos stansiyalari va gidroelektrostansiyalar” kafedrasi mudiri texnika fanlari doktori, professori(05.09.06).
Jonqobilov Ulug‘murod Umbarovich - Qarshi davlat texnika universiteti “Gidravlika va muhandislik inshootlari qurilishi” kafedrasi texnika fanlari doktori, professori (05.09.06) .
Yetakchi tashkilot – Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nosimmetrik poymalik daryolarda nosimmetrik siqilgan dambalarni hisoblash va loyihalash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
nosimmetrik poymalik daryolarda, bitta poyma to‘liq berkitilgan holatda damba ortiga o‘zandan oqimning yorib kirishi hisobiga o‘zan va poyma oqimlari o‘zaro ta’sir zonasida oqim profili universal emasligi mexanizmi ochib berilgan;
nosimmetrik poymalik daryolarda nosimmetrik qisman siqilgan oqimni tezlik maydonini hisoblash usuli poymalardagi tezlik, g‘adir-budurlik, turbulent aralashuv va ta’sir zonalari o‘lchamlari xar xilligini inobatga olgan holda takomillashtirilgan;
damba ortidagi kichik uyurma zonasida tezlikni oshib ketishi sababi aniqlangan va uni hisoblash uslubi ishlab chiqilgan;
nosimmetrik poymalik daryolarda bitta poymani damba bilan to‘liq berkitilgan oqimni hisoblashda Ansys 2023 R1 dasturidan foydalanish algoritmi ishlab chiqildi va olingan natijalar eksperiment bilan solishtirildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nosimmetrik poymalik daryolarda dambalar bilan nosimmetrik siqilgan oqimni hisoblash usullarini takomillashtirish asosida:
Nazariy va eksperimental izlanishlar natijasida ishlab chiqilgan ikki tomonlama qisman siqilgan oqimdagi kichik va katta uyurma zonalar uzunligini hisoblash usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan EXM dasturiga guvohnoma olingan (DGU 14983). Natijada dambalar orasidagi masofani tezkor hisoblashga erishilgan;
nosimmetrik poymalik daryolarda ko‘ndalang dambalar bilan nosimmetrik qisman siqilgan oqimni siqilish stvoridagi va siqilish zonasidagi tezlik maydonini hisoblash usuli , O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufiga kiruvchi «Gidroproekt» AJda bajarilgan. Natijada daryo tubi va qirg‘oqlarni yuvilish maydoni hamda uni chegarasini aniqlashga va pirovardida tyufyak(himoya to‘shagi) o‘lchamlarini belgilashga erishilgan.
nosimmetrik poymalik daryolarda bitta poymani damba bilan to‘liq berkitilgan holatda damba pastki qiyaligida katta tezliklar shakllanishi va uni hisoblash usuli ishlab chiqilgan va «SUVLOYIXA» MChJda rostlovchi inshootlarni hisoblashda foydalanilgan. Natijada, uning yordamida maqbul burchak ostida dambani o‘rnatish lozimligi asoslangan;
Nosimmetrik poymalik daryolarda bitta poymani damba bilan to‘liq berkitilgan oqimni hisoblashda Ansys 2023 R1 dasturidan foydalanish algoritmi ishlab chiqildi, MJCh “Gidrotexnika inshootlari xavfsizligini baholash va monitoringini yuritish markazi” da bajarilgan “Amudaryoning Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani hududidagi dambalarni mustahkamlik va xavfsizligini baholashda joriy qilingan. (Suv xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 04-iyundagi SY77337261-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bu eksperimentlarni o‘tkazishga ketadigan vaqt va mablag‘ni tejash bilan asoslanagan.