Ashurov Nodir Nayimovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ishni sudga qadar yuritish bosqichida jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash”, 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi (yuridik fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Yu1247. 
Ilmiy rahbar: Murodov Baxtiyorjon Baxodirovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Saidov Baxrom Anvarovich, yuridik fanlar doktori, professor; Botaev Murod Djumanshikovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ishni sudga qadar yuritish bosqichida jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlashni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
jinoyat protsessi ishtirokchilariga xavfsizlik choralarining qo‘llanilganligi mazkur shaxslarning boshqa huquq va manfaatlari cheklanishiga olib kelmasligi va ularning kafolatlari to‘liq ravishda amalga oshirilishini ta’minlash shartligi asoslantirilgan;
jinoyat protsessi ishtirokchilariga nisbatan xavfsizlik choralarining qo‘llanilishi, bu choralarning o‘zgartirilishi, ularga qo‘shimchalar kiritilishi yoki ularning qo‘llanilishi bekor qilinishi to‘g‘risida, shuningdek himoya qilishni ta’minlash bilan bog‘liq qarorlar haqida shaxsni o‘z vaqtida xabardor etish zarurligi asoslantirilgan;
alohida hollarda xavfsizlikni ta’minlash choralari qonunchilik hujjatlariga muvofiq tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi mumkinligi asoslantirilgan;
sud majlisini fototasvirga tushirish, audio va videoyozuvini amalga oshirish, shuningdek ommaviy axborot vositalarida translyasiya qilish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi asoslantirilgan.       
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot asosida olingan natijalar quyidagilarda o‘z ifodasini topgan:
qo‘llanilayotgan xavfsizlik choralari himoya qilinuvchi va boshqa shaxslarning uy-joyga, mehnatga, pensiyaga oid huquqlarini va boshqa huquqlarini cheklamasligi lozimligiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-yanvardagi O‘RQ-515-son Qonunining 18-moddasi 4-qismini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 16-iyuldagi 3/dn-150-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlanishi choralarining qo‘llanilganligi ushbu shaxslarning boshqa huquq va manfaatlarini cheklanishiga olib kelmasligi va ularning kafolatlari to‘liq ravishda amalga oshirilishini ta’minlanishiga xizmat qilgan. 
himoya qilinuvchi shaxslarni ularga nisbatan xavfsizlik choralari va ijtimoiy himoya qilish choralari qo‘llanilishi, bu choralarning o‘zgartirilishi, ularga qo‘shimchalar kiritilishi yoki ularning qo‘llanilishi bekor qilinishi to‘g‘risida, shuningdek himoya qilishni ta’minlash bilan bog‘liq qarorlar qabul qilinishi haqida o‘z vaqtida xabardor etishi to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining 
2019-yil 14-yanvardagi O‘RQ-515-son Qonuni 25-moddasi 1-qismi 3-xatboshisini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 16-iyuldagi 
3/dn-150-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi jinoyat protsessi ishtirokchilarini xavfsizlikni ta’minlash choralari qo‘llanilganligi haqida xabardor qilish shartligini belgilash hamda ularning huquqlari kafolatlari samaradorligini oshirishga xizmat qilgan. 
alohida hollarda xavfsizlikni ta’minlash choralari qonunchilik hujjatlariga muvofiq tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi mumkinligiga doir takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2021-yil 28-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi 15-sonli buyrug‘ining 395-bandiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 
23- fevraldagi qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan “Sud binolari, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ning 2-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2025-yil 11-iyundagi 01-30-89-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi jinoyat protsessi ishtirokchilarini xavfsizlikni ta’minlashda boshqa organlar bilan samarali ta’minlashga xizmat qilgan. 
Sud majlisini fototasvirga tushirish, audio va videoyozuvini amalga oshirish, shuningdek ommaviy axborot vositalarida translyasiya qilish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkinligiga doir takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2021-yil 28-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi 15-sonli buyrug‘ining 395-bandiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 
23-fevraldagi qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan “Sud binolari, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ning 
27-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2025-yil 11-iyundagi 01-30-89-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi jinoyat protsessi ishtirokchilarini xavfsizlikni ta’minlashda ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishning ta’minlanishiga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish