Sharifi Abdul Fatahning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
“Qishloq xo‘jaligida sug‘oriladigan erlardan foydalanish samaradorligini statistik baholashni takomillashtirish (Surxondaryo viloyati misolida)” 
08.00.06 – “Ekonometrika va statistika”  (iqtisodiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3. PhD /Iqt1790
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Xatamov Ochildi Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi 
PhD.03/30.07.2024.I.78.06 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent Otajonov Umid Abdullaevich va iqtisodiyot fanlari doktori, professor Maxmudov Nosir Maxmudovich. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligida sug‘oriladigan erlardan foydalanish samaradorligini statistik baholash va ularni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qishloq xo‘jaligida sug‘oriladigan ekin er maydonlaridan foydalanish samaradorligini ifodalovchi tashkiliy-huquqiy va tabiiy-iqtisodiy jihatlarini ifodalovchi integral ko‘rsatkichlar tizimi takomillashtirilgan;
yirik va ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklari (klasterlar) faoliyatini tashkil etishga asoslangan qishloq xo‘jaligida sug‘oriladigan erlardan samarali foydalanish mexanizmi ishlab chiqilgan;
qishloq xo‘jaligida sug‘oriladigan erlardan foydalanish samaradorligini aniqlash va sug‘urtalash usullarini kombinatsiyalashtirish asosida integral baholash usuli hamda uning chegaraviy mezonlari ishlab chiqilgan;
Surxandaryo viloyati qishloq xo‘jaligida sug‘oriladigan erlardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘rta muddatli (2025-2028 yillarga mo‘ljallangan) prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloq xo‘jaligida sug‘oriladigan erlardan foydalanish samaradorligini statistik baholashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qishloq xo‘jaligida sug‘oriladigan ekin er maydonlaridan foydalanish samaradorligini ifodalovchi tashkiliy-huquqiy va tabiiy-iqtisodiy jihatlarini ifodalovchi takomillashtirilgan integral ko‘rsatkichlar tizimi bo‘yicha takliflar berilgan va Surxondaryo viloyati hokimining 2022-yil 11-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-106-sonli qarori ijrosini taʼminlash haqida”gi 104-8-0-Q/22-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar Milliy markazining 2024-yil 12-avgustdagi 05/06-02-653-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Surxondaryo viloyati qishloq xo‘jaligida sug‘oriladigan ekin er maydonlaridan foydalanish samaradorligini tahlil qilish va holatni baholash amaliyotining sifati 1,2 martaga yaxshilanishiga olib kelgan;
yirik va ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklari (klasterlar) faoliyatini tashkil etishga asoslangan qishloq xo‘jaligida sug‘oriladigan erlardan samarali foydalanish mexanizmi taklif etilgan va Surxondaryo viloyati hokimining 2022-yil 11-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligini yana-da rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-106-son qarori ijrosini taʼminlash haqida”gi 104-8-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar Milliy markazining 2024-yil 12-avgustdagi 05/06-02-653-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotda joriy etilishi natijasida qishloq xo‘jaligida sug‘oriladigan erlardan foydalanish samaradorligi 2,3% ga oshishiga erishilgan;
qishloq xo‘jaligida sug‘oriladigan erlardan foydalanish samaradorligini aniqlash va sug‘urtalash usullarini kombinatsiyalashtirish asosida integral baholash usuli hamda uning chegaraviy mezonlari taklif etilgan va Surxondaryo viloyati hokimining 2022-yil 11-fevraldagi, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligini yana-da rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-106-son qarori ijrosini taʼminlash haqida”gi 104-8-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar Milliy markazining 2024-yil 12-avgustdagi 05/06-02-653-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotda joriy etilishi natijasida qishloq xo‘jaligida sug‘oriladigan erlardan foydalanish samaradorligini statistik baholash natijalarining sifati 3,8% ga oshishiga olib kelgan;
Surxondaryo viloyati qishloq xo‘jaligida sug‘oriladigan erlardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘rta muddatli (2024-2028-yillarga mo‘ljallangan) prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan va Surxondaryo viloyati hokimining 2022-yil 11-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligini yana-da rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-106-sonli qarori ijrosini taʼminlash haqida”gi 104-8-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar Milliy markazining 2024-yil 12-avgustdagi 05/06-02-653-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotda joriy etilishi natijasida Surxondaryo viloyati qishloq xo‘jaligida sug‘oriladigan erlardan foydalanish samaradorligini oshirish va istiqbolda yana-da rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishda foydalanilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish