Sobirova Oygul Alimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining metodik kompitentligini rivojlantirish texnologiyalari”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (musiqa ta’limi) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8776
Ilmiy rahbar: Erkaboeva Nigoraxon Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, PhD.08/28.08.2020.San.121.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Malikova Sevar Samatovna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining metodik kompetentligini rivojlantirishning ilmiy-pedagogik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining metodik kompetentligini rivojlantirishning didaktik algoritmi musiqiy asarlar interpretatsiyasi jarayonida kreativ fikrlashning yorqin namoyon bo‘lishiga qaratilgan musiqiy-ritmik faoliyatning xor mizanssenasi bilan akkompanementligi transdisilinar kontekstga empirik asoslash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining metodik kompetentligini rivojlantirish tuzilmasi musiqiy-ijrochilik faoliyatiga aksiologik munosabatning ko‘pdarajali va integrativ namoyon bo‘lish dinamikasini kvazikasbiy faoliyat bilan integrallik darajasi optimalligini bosqichma-bosqich ta’minlashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining metodik kompetentligini rivojlantirish modeli musiqiy-pedagogik texnologiyalarni modifikatsion loyihalash va produktogenlik darajasi intensifikatsiyasi ekstensivligi va intensivligi pedagogik kontekstda tashkiliy-pedagogik muhitni barqaror rivojlantirib borish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining metodik kompetentligini rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlari talabalarning kognitivlik darajasining o‘quv faoliyati natijalari bilan qayta aloqasi identivligining summativ va formativ maqbulligi produktivligini musiqiy-ijrochilik, musiqiy-ritmik, musiqiy savodxonlik parametrlariga muvofiq tarzda loyihalash kontekstida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining metodik kompetentligini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishga doir natijalar asosida:
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining metodik kompetentligini rivojlantirishning didaktik algoritmi musiqiy asarlar interpretatsiyasi jarayonida kreativ fikrlashning yorqin namoyon bo‘lishiga qaratilgan musiqiy-ritmik faoliyatning xor mizanssenasi bilan akkompanementligi transdisilinar kontekstga empirik asoslash orqali takomillashtirilgan taklif va tavsiyalardan Qo‘qon davlat pedagogika institutida bajarilgan AL-322103020 raqamli “Qo‘qon adabiy muhiti ijodkorlari hayoti ijodi bo‘yicha web sayt va platforma yaratish” amaliy loyihasining dasturiy ta’minotini ishlab chiqish qismini bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 22-avgustdagi 11-05-4337/04-son dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining metodik kompetentligini rivojlantirishda dasturiy ta’minotdan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining metodik kompetentligini rivojlantirish tuzilmasi musiqiy-ijrochilik faoliyatiga aksiologik munosabatning ko‘pdarajali va integrativ namoyon bo‘lish dinamikasini kvazikasbiy faoliyat bilan integrallik darajasi optimalligini bosqichma-bosqich ta’minlashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan AL-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” amaliy loyihasi doirasida musiqa vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarining badiiy-estetik madaniyatini shakllantirish texnologiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 22-avgustdagi 11-05-4337/04-sonli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarida badiiy-estetik kompetentlikni rivojlantirishga xizmat qilgan.
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining metodik kompetentligini rivojlantirish modeli musiqiy-pedagogik texnologiyalarni modifikatsion loyihalash va produktogenlik darajasi intensifikatsiyasi ekstensivligi va intensivligi pedagogik kontekstda tashkiliy-pedagogik muhitni barqaror rivojlantirib borish asosida takomillashtirilgan amaliy-metodik tavsiyalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” Davlat muassasasida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” eshittirishlarining ssenariysini tayyorlashda (2022-2024-yillar) foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 15-apreldagi 04-36-495-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarida metodik kompetenttlikni rivojlantirish texnologiyalarini ommalashtirishga xizmat qilgan.
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining metodik kompetentligini rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlari talabalarning kognitivlik darajasining o‘quv faoliyati natijalari bilan qayta aloqasi identivligining summativ va formativ maqbulligi produktivligini musiqiy-ijrochilik, musiqiy-ritmik, musiqiy savodxonlik parametrlariga muvofiq tarzda loyihalash kontekstida takomillashtirishga oid takliflar “Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining metodik kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari” monografiyasi mazmuniga singdirilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 22-avgustdagi 11-05-4337/04-son dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining metodik kompetentligini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan.