Sobirov Navruzbek Xakimjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalari talabalarida sozandalik mahoratini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (musiqa ta’limi) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7144.
Ilmiy rahbar: Shermanov Eldor Uralovich, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, PhD.08/28.08.2020.San.121.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Baxriev Axmad Raxmatovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Mustafaev Shomurod Normo‘minovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy musiqa ta’limida talabalarning qashqar rubobida sozandalik mahoratini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish va mazkur yo‘nalishda ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalarda sozandalik mahoratini rivojlantirish metodikasining didaktik imkoniyatlari rivojlantiruvchi mashqlarni ta’limiy kontekstda konseptual-funksional moslashtirish orqali aksiologik-musiqiy ehtiyojlar va afzal ko‘rishlarni kognitiv ustanovkalar vositasida oddiydan murakkabga qarab maqsadli singdirish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarda sozandalik mahoratini rivojlantirish jarayoni cholg‘u asarini o‘zlashtirish, musiqaning vaqtli rivojlanishi va mazmunining sozandalikdagi o‘ziga xos xususiyatlarini musiqiy didni rivojlantiruvchi harakatlar orqali aks ettirish va cholg‘u ijrochiligi malakalari rivojlanishining intonatsion imkoniyatlarini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda sozandalik mahoratini metodik rivojlantirish modeli subekt-subekt munosabatlaridagi ijtimoiy moslashuv hamda pedagogik ta’sirni kognitivligiga ko‘ra kompetensiyaviy va tizimli-faoliyatli ta’limning integrativ xususiyatlarini didaktik maqsadlar mazmuniga idientiv moslashtirish orqali badiiy idrokni kengaytirish mazmuni bilan yaxlit sinxronlashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda sozandalik mahoratini rivojlantirish mazmuni ma’lum musiqiy uslubni ijrochilik tajribasiga tayangan holda samarali o‘zlashtirish imkoniyatlari va ijro texnikasini individual ta’lim traektoriyasiga ko‘ra imitatsiya metodi vositasida musiqiy madaniyatning ko‘pqirrali funksiyalariga intensiv faollashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari talabalarida sozandalik mahoratini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
talabalarda sozandalik mahoratini rivojlantirish metodikasining didaktik imkoniyatlari rivojlantiruvchi mashqlarni ta’limiy kontekstda konseptual-funksional moslashtirish orqali aksiologik-musiqiy ehtiyojlar va afzal ko‘rishlarni kognitiv ustanovkalar vositasida oddiydan murakkabga qarab maqsadli singdirish asosida aniqlashtirilgan xulosa va takliflar “Cholg‘u ijrochiligi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 25-martdagi 4/17-4/1-3973-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning sozandalik mahoratini rivojlantirish metodikasining didaktik imkoniyatlari takomillashtirilgan;
talabalarda sozandalik mahoratini rivojlantirish jarayoni cholg‘u asarini o‘zlashtirish, musiqaning vaqtli rivojlanishi va mazmunining sozandalikdagi o‘ziga xos xususiyatlarini musiqiy didni rivojlantiruvchi harakatlar orqali aks ettirish va cholg‘u ijrochiligi malakalari rivojlanishining intonatsion imkoniyatlarini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan xulosa va takliflardan oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun qashg‘ar rubobi bo‘yicha repertuar shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 25-martdagi 4/17-4/1-3973-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning qashqar rubobi bo‘yicha sozandalik mahoratini rivojlantirishga oid metodika takomillashtirilgan;
talabalarda sozandalik mahoratini metodik rivojlantirish modeli subekt-subekt munosabatlaridagi ijtimoiy moslashuv hamda pedagogik ta’sirni kognitivligiga ko‘ra kompetensiyaviy va tizimli-faoliyatli ta’limning integrativ xususiyatlarini didaktik maqsadlar mazmuniga idientiv moslashtirish orqali badiiy idrokni kengaytirish mazmuni bilan yaxlit sinxronlashtirish asosida takomillashtirilgan xulosa va takliflar “Cholg‘u ijrochiligi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 3-avgustdagi 11-05-3973/04-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarda sozandalik mahoratini metodik rivojlantirish modeli takomillashtirilgan;
talabalarda sozandalik mahoratini rivojlantirish mazmuni ma’lum musiqiy uslubni ijrochilik tajribasiga tayangan holda samarali o‘zlashtirish imkoniyatlari va ijro texnikasini individual ta’lim traektoriyasiga ko‘ra imitatsiya metodi vositasida musiqiy madaniyatning ko‘pqirrali funksiyalariga intensiv faollashtirish asosida takomillashtirilgan xulosa va takliflar “Cholg‘u ijrochiligi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 3-avgustdagi 11-05-3973/04-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarning sozandalik mahoratini rivojlantirish metodikasining ilmiy-nazariy va metologik asoslarini tahlil qilishga erishilgan.