Umnova Maxsumaxon Qobuljon qizining
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
“Pedagogik oliy ta’limda talabalarni o‘quvchilarning bilishga qiziqishini rivojlantirish faoliyatiga tayyorlash texnologiyasi (“Umumiy pedagogika” fani misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9477
Ilmiy rahbar: Artikova Muhayyo Botiralievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rstayotgan muassasa nomi, IKraqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD.03/05.05.2023.Ped.166.01
Rasmiy opponentlar: Qodirov Valijon Abduraxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Asqarova O‘g‘iloy Mamashokirovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogik oliy ta’lim talabalarini o‘quvchilarning bilishga qiziqishini rivojlantirish faoliyatiga tayyorlash texnologiyasiga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarni bilishga qiziqishini rivojlantirish faoliyatiga tayyorlashning pedagogik imkoniyatlari bilimni oshirishdagi tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishga qaratish va tizimli, integratsion, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar yaxlit integrativligini izchil ravishda ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
o‘quvchilar qiziqishini rivojlantirish faoliyatini tashkil etishning pedagogik-psixologik shart-sharoitlari ta’lim oluvchilarning kognitiv qiziqishini oshiruvchi omillarni (motivatsion, shaxsiy, emotsional qo‘llab-quvvatlovchi) raqamli resurslar bilan implemintatsiya qilish asosida takomillashtirilgan;
o‘quv jarayonida bilishga qiziqishni rivojlantirishni tashkil etishning metodik ta’minoti darslarni tashkil etishning kognitiv-reproduktiv strukturasiga o‘quvchilarning shaxsiy extiyoj va maqsadiga yo‘naltirilgan variativ metodlarini ( “Flashcards”, “javoblarga savol tuzing”, “anagramma”, “integrallashgan kun”) ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich pedagogik transformasiyalash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning bilishga qiziqishini rivojlantirish faoliyatiga tayyorlash modeli interaktiv ta’lim berish strategiyalarini (“faol o‘quv maydoni”, “kengaytirilgan ta’lim”, “ta’lim narvoni”) motivatsion, metodik, psixologik va axborot-kommunikasion bloklari mazmuniga motivasion, mazmunli, baxolash-natijaviy kabi komponentlarini kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogik oliy ta’lim talabalarini o‘quvchilarning bilishga qiziqishini rivojlantirish faoliyatiga tayyorlash texnologiyasi oid ilmiy natijalar asosida:
o‘quvchilarni bilishga qiziqishini rivojlantirish faoliyatiga tayyorlashning pedagogik imkoniyatlari bilimni oshirishdagi tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishga qaratish va tizimli, integratsion, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar yaxlit integrativligini izchil ravishda ta’minlash asosida aniqlashtirilganligiga oid ilmiy yangiliklaridan “Yangi O‘zbekiston yoshlarining ma’naviy portreti”ni yaratish loyihasi bo‘yicha targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 28-noyabrdagi 10/180-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagogik oliy ta’limda talabalarni o‘quvchilarning bilishga qiziqishini rivojlantirish faoliyatiga tayyorlash bilan bog‘liq amaliy takliflar ommalashtirilgan;
o‘quvchilar qiziqishini rivojlantirish faoliyatini tashkil etishning pedagogik-psixologik shart-sharoitlari ta’lim oluvchilarning kognitiv qiziqishini oshiruvchi omillarni (motivatsion, shaxsiy, emotsional qo‘llab-quvvatlovchi) raqamli resurslar bilan implemintatsiya qilish asosida takomillashtirilganligiga oid ilmiy xulosalaridan oliy ta’lim talabalari uchun “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi № 218-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarni o‘quvchilarning bilishga qiziqishini rivojlantirish faoliyatiga tayyorlashning pedagogik shart-sharoitlarini tashkil etishga hamda samaradorligini oshirishga erishilgan;
o‘quv jarayonida bilishga qiziqishni rivojlantirishni tashkil etishning metodik ta’minoti darslarni tashkil etishning kognitiv-reproduktiv strukturasiga o‘quvchilarning shaxsiy extiyoj va maqsadiga yo‘naltirilgan variativ metodlarini (“Flashcards”, “javoblarga savol tuzing”, “anagramma”, “integrallashgan kun”) ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich pedagogik transformasiyalash asosida takomillashtirilganligiga oid ilmiy xulosalaridan oliy ta’lim talabalari uchun “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi № 218-son nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarni o‘quvchilarning bilishga qiziqishini rivojlantirish faoliyatiga tayyorlash tizimini takomillashtirishga erishilgan.
o‘quvchilarning bilishga qiziqishini rivojlantirish faoliyatiga tayyorlash modeli interaktiv ta’lim berish strategiyalarini (“faol o‘quv maydoni”, “kengaytirilgan ta’lim”, “ta’lim narvoni”) motivatsion, metodik, psixologik va axborot-kommunikasion bloklari mazmuniga motivasion, mazmunli, baxolash-natijaviy kabi komponentlarini kiritish asosida takomillashtirilganligiga oid ilmiy tavsiyalaridan 2020-2022 yillarda bajarilgan FZ-202001064 raqamli “Oliy ta’lim muassasalari negizida maktabgacha ta’lim tashkiloti (MTT) ning zamonaviy didaktik metodik ta’minotini yaratish” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2024-yil 22-noyabrdagi №39–01–1588-son ma’lumotnoma). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkiloti zamonaviy didaktik metodika ta’minotini yaratishda tarbiyalanuvchilarning bilishga qiziqishini rivojlantirishga ustuvorlik berish asosida o’qitishning intensivligi ta’minlangan.