Eshonjonov Bobir Zafarjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Migrant oila farzandlarida pedagogik qadriyatlarni shakllantirish texnologiyalari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi, Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2025.2.PhD/Ped10395
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.  
Ilmiy rahbar: Qurbonova Maftuna Faxritdinovna, pedagogika fanlari doktori, (DSc) dotsent.
Rasmiy opponentlar: Voxidova Norposhshaxon Habibullaevna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Abdug‘aniev Ozod Tursunboevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi migrant oilalar farzandlarida pedagogik qadriyatlarni shakllantirishning nazariy asoslarini aniqlash, ijtimoiy fanlar misolida amaliyotga yo‘naltirilgan metodikasini  ishlab chiqish va takomillashtirishga tavsiyalar berishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
migrant oila farzandlarida o‘quv-tarbiyaviy qadriyatlarni shakllantirishning didaktik imkoniyatlari turli madaniy muhitlardan kelgan bolalarda o‘zlikni asrab qolishda milliy va umuminsoniy merosni yangicha qadriyatlar bilan insonparvarlashtirish muhitini hissiy uyg‘unlik ko‘rsatkichlari emotsional rezonansni kuzatish asosida aniqlashtirilgan;
migrant oila farzandlarida pedagogik qadriyatlarni rivojlantirish modeli turli madaniy muhitlarga moslashuvchan muloqotda  shaxsga yo‘naltirilgan individual va umumbashariy  qadriyatlarni anglashga yo‘naltirilgan ma’naviy qadriyatlarni targ‘ib qilishning pedagogik ta’sir vositalarini bifurkasion rag‘batlantirish asosida takomillashtirilgan;
migrant oila farzandlarida pedagogik qadriyatlarni shakllantirish jarayoni bolaning ijtimoiy va turmush sharoitlarini pedagogik baholash, uning yangi ijtimoiy muhitga ko‘nikish inkubatsiyasini va nostandart sharoitlarda o‘z huquqlarini himoya qilishga yo‘naltirilgan fuqarolik pozisiyasini voqelik faktorlari va shaxsiy qiziqishlariga muvofiq moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
ta’lim jarayonida migrant oila farzandlarida pedagogik qadriyatlarni  rivojlantirish samaradorligi ko‘pmadaniy muhitda shaxsga yo‘naltirilgan ta’limdagi interaktiv, kognitiv funksiyalarni transmadaniy muloqot texnologiyalaridan foydalanishda migratsion jarayonlarning o‘ziga xos ijtimoiy jihatlarini etnomadaniy xususiyatlariga muloqot orqali moslashuvchanligi asosida  aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Migrant oila farzandlarida pedagogik qadriyatlarni shakllantirish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yisha  olingan ilmiy natijalar asosida:
migrant oila farzandlarida o‘quv-tarbiyaviy qadriyatlarni shakllantirishning didaktik imkoniyatlari turli madaniy muhitlardan kelgan bolalarda o‘zlikni asrab qolishda milliy va umuminsoniy merosni yangicha qadriyatlar bilan insonparvarlashtirish muhitini hissiy uyg‘unlik ko‘rsatkichlari emotsional rezonansni kuzatish asosida aniqlashga oid takliflar OT-F1-049 raqamli “Talabalarga assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” nomli amaliy loyiha bajarilishida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil  14-avgustdagi 22-01-487/22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogik qadriyatlarning nazariy-metodologik asoslarini aniqlash imkoniyatlari kengaytirilgan;
migrant oila farzandlarida pedagogik qadriyatlarni rivojlantirish modeli turli madaniy muhitlarga moslashuvchan muloqotda  shaxsga yo‘naltirilgan individual va umumbashariy  qadriyatlarni anglashga yo‘naltirilgan ma’naviy qadriyatlarni targ‘ib qilishning pedagogik ta’sir vositalarini bifurkasion rag‘batlantirish asosida takomillashtirishga oid takliflar OT-F1-049 raqamli “Talabalarga assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” nomli amaliy loyiha bajarilishida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil  14-avgustdagi 22-01-487/22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, ijtimoiy fanlar mazmuni hamda pedagogik qadriyatlarni shakllantirishdagi imkoniyatlarini tahlil qilish imkoniyatlari kengaytirilgan.
migrant oila farzandlarida pedagogik qadriyatlarni shakllantirish jarayoni bolaning ijtimoiy va turmush sharoitlarini pedagogik baholash, uning yangi ijtimoiy muhitga ko‘nikish inkubatsiyasini va nostandart sharoitlarda o‘z huquqlarini himoya qilishga yo‘naltirilgan fuqarolik pozisiyasini voqelik faktorlari va shaxsiy qiziqishlariga muvofiq moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflardan OT-F1-049 raqamli “Talabalarga assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” nomli amaliy loyiha bajarilishida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil  14-avgustdagi 22-01-487/22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, migrant oilalar farzandlarida pedagogik qadriyatlarni shakllantirish modelini ishlab chiqishga sharoit yaratilgan;
Ta’lim jarayonida migrant oila farzandlarida pedagogik qadriyatlarni  rivojlantirish samaradorligi ko‘pmadaniy muhitda shaxsga yo‘naltirilgan ta’limdagi interaktiv, kognitiv funksiyalarni transmadaniy muloqot texnologiyalaridan foydalanishda migratsion jarayonlarning o‘ziga xos ijtimoiy jihatlarini etnomadaniy xususiyatlariga muloqot orqali moslashuvchanligi asosida  aniqlashga oid takliflardan OT-F1-049 raqamli “Talabalarga assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” nomli amaliy loyiha bajarilishida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil  14-avgustdagi 22-01-487/22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim jarayonida migrant oila farzandlarida pedagogik qadriyatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish