Olimova Nilufar Qosimjon qizining
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilimiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak ona tili o‘qituvchilarini xalq og‘zaki ijodi vositasida o‘quvchilarning nutqiy kompetentligini rivojlantirishga tayyorlash metodikasi”,  13.00.02. – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped4838
Ilmiy rahbar: Siddiqov Baxtiyor Saidkulovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IKraqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD.03/05.05.2023.Ped.166.01
Rasmiy opponentlar: Hasanov Sharobiddin A’zamovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori; professor; Usmonov Farhodbek, Axmedova Maloxat Ergashevna, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak ona tili o‘qituvchilarini xalq og‘zaki ijodi vositasida o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga tayyorlash metodikasiga doir taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalq og‘zaki ijodi vositasida o‘quvchilarning nutqiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik jihatlari so‘z boyligini kengaytirish va ifodali nutqni shakllantirish tuzilmasiga saxnalashtirilgan muloqotli o‘yinlar, motivatsion ijodiy bayonlar to‘plamini sintaktik tuzilishdan ongli foydalanish ko‘rsatkichlariga qarab bog‘lash asosida aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarning nutqiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi takrorlash va mustahkamlash darslarida notiqlikka o‘rgatish, rasmiy gaplarni ajrata bilishga odatlantirish imkoniyatlariga xalq og‘zaki ijodining ijtimoiy tabiati, vazifasi, ichki tuzilishi, tasnifi, tarixiy taraqqiyoti haqidagi manbaalarni bosqichma-bosqich kiritish asosida aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarning nutqiy funksional savodxonligini baholash samaradorligi bilimlarni eksperimental ravishda muntazam tekshirish, diagnostik metodikalar va trening texnologiyalarni tadqiq etish hamda xalq og‘zaki ijodi asosida shakllantirilgan pedagogik jarayonning tashkiliy-pedagogik muhitini barqaror rivojlantirib borish asosida takomillashtirishgan.
o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga tayyorlash modeli umumiy o‘rta ta’limda nutqiy ko‘nikmalarni xalq og‘zaki ijodi vositasida rivojlantirishning maqsadli, mazmunli, jarayonli, baholash va natijaviy komponentlarining o‘zaro uzviyligini ta’minlash asosida takomillashgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak ona tili o‘qituvchilarini xalq og‘zaki ijodi vositasida o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga tayyorlash metodikasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
xalq og‘zaki ijodi vositasida o‘quvchilarning nutqiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik jihatlari so‘z boyligini kengaytirish va ifodali nutqni shakllantirish tuzilmasiga saxnalashtirilgan muloqotli o‘yinlar, motivatsion ijodiy bayonlar to‘plamini sintaktik tuzilishdan ongli foydalanish ko‘rsatkichlariga qarab bog‘lash asosida aniqlashtirilganligiga oid ilmiy takliflaridan oliy ta’lim talabalari uchun “Pedagogika” nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-son nashr ruxsatnoma). Natijada, bo‘lajak ona tili o‘qituvchilarini o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik ta’minotini rivojlantirishga erishilgan;
o‘quvchilarning nutqiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi takrorlash va mustahkamlash darslarida notiqlikka o‘rgatish, rasmiy gaplarni ajrata bilishga odatlantirish imkoniyatlariga xalq og‘zaki ijodining ijtimoiy tabiati, vazifasi, ichki tuzilishi, tasnifi, tarixiy taraqqiyoti haqidagi manbaalarni bosqichma-bosqich kiritish asosida aniqlashtirilganligiga doir ilmiy yangiliklaridan oliy ta’lim talabalari uchun ishlab chiqilgan “Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli darslikning mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-son nashr ruxsatnoma). Natijada, bo‘lajak ona tili o‘qituvchilarini xalq og‘zaki ijodi vositasida o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga tayyorlashga tizimli yondashuvga erishilgan;
o‘quvchilarning nutqiy funksional savodxonligini baholash samaradorligi bilimlarni eksperimental ravishda muntazam tekshirish, diagnostik metodikalar va trening texnologiyalarni tadqiq etish hamda xalq og‘zaki ijodi asosida shakllantirilgan pedagogik jarayonning tashkiliy-pedagogik muhitini barqaror rivojlantirib borish asosida takomillashtirishganligiga doir ilmiy yangiliklaridan oliy ta’lim talabalari uchun “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 7-maydagi 149-son nashr ruxsatnoma). Natijada, bo‘lajak ona tili o‘qituvchilarini o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga tayyorlash modelini takomillashtirishga erishilgan;
o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga tayyorlash modeli umumiy o‘rta ta’limda nutqiy ko‘nikmalarni xalq og‘zaki ijodi vositasida rivojlantirishning maqsadli, mazmunli, jarayonli, baholash va natijaviy komponentlarining o‘zaro uzviyligini ta’minlash asosida takomillashganligiga doir ilmiy tavsiyalaridan oliy ta’lim talabalari uchun ishlab chiqilgan “Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli darslikning mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-son nashr ruxsatnoma). Natijada, bo‘lajak ona tili o‘qituvchilarini o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga tayyorlash metodikasini takomillashtirishga erishilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish