O‘taev Raximjon Xalimovichning 
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sarimsoqning serhosil va hosil sifati yuqori, tabiiy saqlashga yaroqli bo‘lgan navlarni yaratish”, 06.01.05 - Seleksiya  va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Qx1195.
Ilmiy rahbar: Nurmatov Norqobil Jo‘raevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, PhD.03/28.08.2024.Qx.181.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti Sarimsoqning “Termiz-2020” navi (NAP 534).
II. Tadqiqotning maqsadi sarimsoqning nav namunalari to‘plamini morfologik, qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha baholash, istiqbolli navlarni aniqlash, seleksiya ishlari uchun boshlang‘ich manbalarni ajratish hamda undan yangi nav yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
sarimsoq o‘simligining 21 ta nav namunalari to‘plami qimmatli va xo‘jalik muhim belgilari bo‘yicha o‘rganilgan va seleksiya ishlari uchun boshlang‘ich manba ajratilgan;
analitik seleksiya uslubi asosida istiqbolli K-81 namunasi ajratilgan va seleksion bog‘chada o‘rganilgan hamda yakka tanlash ishlarini amalga oshirish orqali yangi navlar yaratilgan;
istiqbolli nav namunalari Davlat nav sinash markaziga va Intellektual mulk agentligiga topshirilib, sarimsoqning “Termiz 2020” naviga patent olingan;
yaratilgan yangi sarimsoqning “Termiz 2020” navi davlat nav sinovi va ishlab chiqarish sinovlaridan o‘tkazilgan hamda fermer va dehqon xo‘jaliklariga joriy etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sarimsoqning serhosil va hosil sifati yuqori, tabiiy saqlashga yaroqli bo‘lgan navlarni yaratish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijalari asosida: 
Surxondaryo viloyati tuproq iqlim sharoitida import o‘rnini bosuvchi sarimsoqning yangi mahalliy «Termiz 2020» navi yaratilgan, 14.02.2025 yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual Mulk agentligi tomonidan № NAP 534 raqamli patent olingan hamda Surxondaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 2-iyundagi 05/06-02-564-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yangi yaratilgan “Termiz-2020” navi respublikamizda sabzavotchilikga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida serhosil va hosil sifati yuqori, tabiiy saqlashga yaroqli bo‘lgan sarimsoq genofondini boyitishga xizmat qilgan.
Surxondaryo viloyati tuproq iqlim sharoitida sarimsoqning yangi mahalliy «Termiz 2020»  navini etishtirish ilmiy asoslangan hamda Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanidagi «Mirob A.A.A» fermer xo‘jaligining 2,0 gektar va «G‘arb darvozasi» fermer xo‘jaligining 3,0 gektar, Termiz tumanidagi «Zafarboy Termiz Surxon» fermer xo‘jaligining 2,0 gektar, «Termiz tuman elita urug‘chilik xo‘jaligi» fermer xo‘jaligida 2,5 gektar hamda Jarqo‘rg‘on tumanidagi «Jarqo‘rg‘onlik Jamshidbek» fermer xo‘jaligining 2,0 gektar, jami 11,5 gektar maydonda amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 2-iyundagi 05/06-02-564-sonli ma’lumotnomasi). Natijada sarimsoqning yangi yaratilgan «Termiz 2020» navi joriy qilingan maydonlarda gektaridan 22,5 tonnadan 27,0 tonnagacha hosil olishga erishilgan va uni realizatsiya qilishdan gektariga o‘rtacha 13 mln 334 mingdan 15 mln 357 ming so‘mgacha sof daromad olingan hamda rentabellik darajasi joriy qilingan maydonlar kesimida 100,6 % dan 123,2 % gachani tashkil etgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish