Xakimov Otabek Sotivoldievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Keksa va qarilikdagi bemorlarda o‘tkir xolesistitning destruktiv shakllarida diagnostika va jarrohlik taktikasini optimallashtirish», 14.00.27 – «Xirurgiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: ¹B2024.3.PhD/Tib4995.
Ilmiy rahbar: Atajanov Shuhrat Kamilovich tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Ulug‘bek Marifdjanovich, tibbiyot fanlari doktori; Kadirov Shavkat Nomonovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: keksa va qari yoshdagi bemorlarda o‘tkir xolesistitning destruktiv shakllarida tashxislash va xirurgik davolash usullarini takomillashtirish orqali davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy sharoitlarda keksa va qari yoshdagi bemorlarda o‘tkir xolesistit destruktiv shakllarining demografik hamda antropometrik jihatlari, gender tarkibi va klinik kechishining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan;
gerontologik bemorlarda o‘tkir xolesistitning destruktiv shakllari tashxisotida ul`tratovush tekshiruvining “C” va “RDS” rejimlarida ushbu kasallikning patognomonik sonografik semiotikasining keng spektrini aniqlash va tizimlashtirish orqali o‘t pufagi devorining destruksiyasi va uning asoratlariga oid alohida exografik belgilar guruhlari aniqlashtirilgan;
keksa bemorlarda o‘tkir xolesistitning gangrenoz turi bo‘lgan xolatlarda o‘t pufagini tubidan boshlab ajratish, barcha anatomik tuzilmalar vizualizatsiyasidan so‘ng dastlab o‘t pufagi arteriyasini so‘ngra o‘t pufagi yo‘lini “zinasimon” tarzda klipsalash bilan tavsiflanuvchi laparoskopik xolesistektomiya usuli ishlab chiqilgan;
keksa va qari yoshdagi bemorlarda o‘tkir xolesistitning destruktiv shakllarida laparoskopik xolesistektomiya tashrixini amalga oshirishning maqbullashtirilgan besh bosqichdan iborat texnik jihatlaridan foydalanishning klinik samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘tkir xolesistitning destruktiv shakllari bo‘lgan keksa va qari bemorlarni jarrohlik davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: zamonaviy sharoitlarda keksa va qari yoshdagi bemorlarda o‘tkir xolesistit destruktiv shakllarining demografik hamda antropometrik jihatlari, gender tarkibi va klinik kechishining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 26 martda 6i-28/u-son bilan tasdiqlangan «Keksa yoshli bemorlarda gangrenoz xolesistitda laparoskopik xolesistektomiya usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialining 03.06.2024 yildagi 118/1-son, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining 07.07.2024 yildagi 79-son hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 20.06.2024 yildagi 136/3-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 martdagi 13/19-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ilmiy yangilikdan foydalanish xayot uchun xavfli asoratlar rivojlanishini oldini olishga, bemorlarni davolash sifatini oshirishga shuningdek bemorlar hayot sifatini yaxshilashga va ushbu patologiyada o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: o‘tkir xolesistitning destruktiv shakllari bo‘lgan keksa bemorlarni davolashda ushbu ilmiy yangilikdan foydalanish kasallik asoratlarini oldini olish va adekvat davolash usulini qo‘llash xisobiga bemorlarning statsionarda bo‘lish muddatini o‘rtacha 4 kunga qisqartirishga hamda 1 bemorning statsionarda bo‘lishi 4 kunlik jami xarajatlarini qisqarishi hisobiga 1612000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinishiga imkon bergan. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikdan foydalanish o‘rin-kunlarni qisqartirish hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=72) 116064000 so‘m byudjet mablag‘lari tejalishiga imkon beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: gerontologik bemorlarda o‘tkir xolesistitning destruktiv shakllari tashxisotida ul`tratovush tekshiruvining “C” va “RDS” rejimlarida ushbu kasallikning patognomonik sonografik semiotikasining keng spektrini aniqlash va tizimlashtirish orqali o‘t pufagi devorining destruksiyasi va uning asoratlariga oid alohida exografik belgilar guruhlari aniqlashtirilganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 26 martda 6i-28/u-son bilan tasdiqlangan «Keksa yoshli bemorlarda gangrenoz xolesistitda laparoskopik xolesistektomiya usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialining 03.06.2024 yildagi 118/1-son, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining 07.07.2024 yildagi 79-son hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 20.06.2024 yildagi 136/3-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 martdagi 13/19-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir xolesistit bilan kasallangan bemorlarning gerontologik guruhini tashxislashda aniqlashtirilgan alohida exografik belgilarni inobatga olish erta tashxislashga, rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olishga, kasallikning destruktiv shakllari rivojlanishini bartaraflashga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: ilmiy yangilikdan foydalanish gangrenoz xolesistit uchrash chastotasini 8,8% ga va peritonit holatlari chastotasini 13,4% ga, o‘rin kunlarni 4,7 ga kamaytirishga imkon berganligi sababli 1 nafar bemor uchun o‘rtacha 3012000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinishiga imkon bergan. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikdan foydalanish o‘rin-kunlarni hamda asoratlarni davolash xarajatlarini qisqartirish hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=72) 216864000 so‘m byudjet mablag‘lari tejalishiga imkon beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: keksa bemorlarda o‘tkir xolesistitning gangrenoz turi bo‘lgan xolatlarda o‘t pufagini tubidan boshlab ajratish, barcha anatomik tuzilmalar vizualizatsiyasidan so‘ng dastlab o‘t pufagi arteriyasini so‘ngra o‘t pufagi yo‘lini “zinasimon” tarzda klipsalash bilan tavsiflanuvchi ishlab chiqilgan laparoskopik xolesistektomiya usuli Andijon davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 26 martda 6i-28/u-son bilan tasdiqlangan «Keksa yoshli bemorlarda gangrenoz xolesistitda laparoskopik xolesistektomiya usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialining 03.06.2024 yildagi 118/1-son, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining 07.07.2024 yildagi 79-son hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 20.06.2024 yildagi 136/3-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 martdagi 13/19-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir xolesistitning destruktiv shakllari bo‘lgan keksa bemorlarni davolashda tavsiya etilgan laparoskopik xolesistektomiya usulidan foydalanish jarrohlikdan keyingi hayot sifatini yaxshilashga va ushbu patologiyada o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan usulni qo‘llash orqali bemorlarning statsionarda bo‘lish muddati 4,7 kunga qisqartirildi. Buning natijasida 1 bemorning statsionarda bo‘lishi 1 kunlik jami xarajatlarining o‘rtacha miqdori 403000 so‘mni tashkil etgani holda 1894100 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinishiga imkon bergan. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikdan foydalanish o‘rin-kunlarni qisqartirish hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=72) 136375200 so‘m byudjet mablag‘lari tejalishiga imkon beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: keksa va qari yoshdagi bemorlarda o‘tkir xolesistitning destruktiv shakllarida laparoskopik xolesistektomiya tashrixini amalga oshirishning maqbullashtirilgan besh bosqichdan iborat texnik jihatlaridan foydalanishning klinik samaradorligi isbotlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 26 martda 6i-28/u-son bilan tasdiqlangan «Keksa yoshli bemorlarda gangrenoz xolesistitda laparoskopik xolesistektomiya usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialining 03.06.2024 yildagi 118/1-son, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining 07.07.2024 yildagi 79-son hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 20.06.2024 yildagi 136/3-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 martdagi 13/19-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir xolesistitning destruktiv shakllari bo‘lgan keksa bemorlarni davolashda tavsiya etilgan yondashuvlardan foydalanish jarrohlikdan keyingi hayot sifatini yaxshilashga va ushbu patologiyada o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: keksa bemorlarda o‘tkir xolesistitning destruktiv shakllarini diagnostika va davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalarini joriy etish gangrenoz xolesistit va peritonit holatlarining mos ravishda 16,4% dan 7,6% gacha va 31,4% dan 18,0% gacha kamayishiga imkon berdi. Xulosa: keksa yoshli 100 nafar bemorda o‘rin-kunlar sonining qisqarishi hisobiga 10,4–5,7 kun = 4,7 kun × 403000 so‘m × 100 bemor = 189410000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinishiga imkon beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish