Yusupova Dilnoza Yusupjon qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fertil yoshidagi ayollar epilepsiyasining klinik-neyrofiziologik va biokimyoviy xususiyatlari », 14.00.13-Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4582.
Ilmiy rahbar: Muratov Faxmitdin Xayritdinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/05.05.2023.Tib.30.04.
Rasmiy opponentlar: Alikulova Nigora Abdukadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xakimova Soxiba Ziyadulloevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II.Tadqiqotning maqsadi: epilepsiya bilan kasallangan fertil yoshdagi ayollarda antiepileptik dori vositasining minerallar almashinuvi va suyak metabolizmi holatiga ta’sirini o‘rganish, osteoporoz profilaktikasiga differensial yondashuv va prognostik mezonlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
epilepsiya bilan og‘rigan fertil yoshdagi ayollarda suyak to‘qimasi remodellanishidagi buzilishlar kasallik davomiyligi va qo‘llanilgan antiepileptik davo turi bilan patogenetik jihatdan uzviy bog‘liq ekani aniqlangan;
uzoq muddatli antiepileptik davo qabul qilganda osteoporoz rivojlanishida suyak to‘qimasi rezorbsiya jarayonining buzilishi yetakchi patogenetik mexanizm ekanligi isbotlangan;
fertil yoshidagi ayollarda uzoq muddatli antiepileptik davo fonida rivojlanadigan ikkilamchi osteoporozni erta aniqlash uchun CTX-1 va P1NP suyak remodellanish biomarkerlarini diagnostik mezon sifatida qo‘llash zarurati asoslangan;
epilepsiya bilan kasallangan fertil yoshdagi ayollarda osteoporoz rivojlanish xavfini baholash uchun ko‘p omilli prognostik model ixtiro patenti (IAP 20240672) asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Fertil yoshdagi ayollarda antiepileptik dori vositalarini uzoq muddat qabul qilish fonida rivojlanuvchi osteometabolik buzilishlarni erta aniqlash mezonlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: epilepsiya bilan og‘rigan fertil yoshdagi ayollarda suyak to‘qimasi remodellanishidagi buzilishlar kasallik davomiyligi va qo‘llanilgan antiepileptik davo turi bilan patogenetik jihatdan uzviy bog‘liq ekani aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi-ekspert kengashi tomonidan tasdiqlangan "Antiepileptik dori vositalarining fertil yoshdagi ayollarda suyak to‘qimasi metabolizmiga ta’sirini kompleks baholash" uslubiy tavsiyanomasida aks etgan (Toshkent tibbiyot akademiyasining 2025-yil 26-maydagi 05-25/598-t-son ma’lumotnomasi). Mazkur tadqiqot usuli Toshkent shahar 2-son psixonevrologiya dispanserida (16.06.2025-yildagi 77-son buyruq), Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati psixiatriya xizmati filialida (19.06.2025-yildagi 70-son buyruq) va Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati psixiatriya xizmati filialida (16.06.2025-yildagi 120-son buyruq) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: suyak almashinuvini baholashga ko‘p darajali yondashuvni joriy etish xavf guruhidagi ayollarda metabolik buzilishlarni o‘z vaqtida aniqlash va osteoporozning oldini olish choralarini ko‘rish, hayot sifatini yaxshilash va patologik sinishlar xavfini kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorlik: Joriy qilingan usul epilepsiya kasalligi bilan og‘rigan fertil yoshdagi ayollarda suyak metabolizmi buzilishlarni tashxislash va bashorat qilishning bosqichma-bosqich usulini joriy etish bilan kasallikning klinik ko‘rinishi va hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi va 843900 so‘mni iqtisod qilish imkonini berdi. Statsionar davolash vaqtini 3,8 kunga qisqartirishga olib keldi. Xulosa: Epilepsiyali fertil yoshdagi ayollarda suyak almashinuvini kompleks baholashga asoslangan yondashuv metabolik asoratlarning erta aniqlanishiga va osteoporozning oldini olishga imkon yaratadi. Bu esa klinik oqibatlarni yumshatish, davolash samaradorligini oshirish va yuqori xavfli guruhdagi bemorlar uchun maqsadli terapiya standartlarini shakllantirish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: uzoq muddatli antiepileptik davo qabul qilganda osteoporoz rivojlanishida suyak to‘qimasi rezorbsiya jarayonining buzilishi yetakchi patogenetik mexanizm ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi-ekspert kengashi tomonidan tasdiqlangan " Antiepileptik dori vositalarining fertil yoshdagi ayollarda suyak to‘qimasi metabolizmiga ta’sirini kompleks baholash" uslubiy tavsiyanomasi uchun asos bo‘lib xizmat qilgan (Toshkent tibbiyot akademiyasining 2025-yil 26-maydagi 05-25/598-t-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiyot Toshkent shahar 2-son psixonevrologiya dispanserida (16.06.2025-yildagi 77-son buyruq), Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati psixiatriya xizmati filialida (19.06.2025-yildagi 70-son buyruq) va Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati psixiatriya xizmati filialida (16.06.2025-yildagi 120-son buyruq) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: epilepsiya bilan og‘rigan bemorlarda suyak markerlariga asoslangan laboratoriya skriningini joriy etish osteopenik o‘zgarishlarni o‘z vaqtida tashxislash, osteoporoz profilaktikasiga yondashuvni shaxsiylashtirish va asoratlar xavfini kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorlik: Joriy qilingan usul epilepsiya kasalligi bilan og‘rigan fertil yoshdagi ayollarda suyak metabolizmi buzilishlarni tashxislash va bashorat qilishning bosqichma-bosqich usulini joriy etish bilan kasallikning klinik ko‘rinishi va hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi va  843900 so‘mni iqtisod qilish imkonini berdi. Statsionar davolash vaqtini 3,8 kunga qisqartirishga olib keldi. Xulosa: ushbu ilmiy yangilik epilepsiyali fertil yoshdagi ayollarda suyak metabolizmining holatini baholash orqali osteoporozni erta aniqlash, shaxsiylashtirilgan diagnostika va profilaktik yondashuvni joriy etishga imkon berdi. Bu esa tibbiy yordam xarajatlarini qisqartirish bilan birga, davolashning klinik, funksional va psixoemotsional samaradorligini oshirishga xizmat qildi.
 uchinchi ilmiy yangilik: fertil yoshidagi ayollarda uzoq muddatli antiepileptik davo fonida rivojlanadigan ikkilamchi osteoporozni erta aniqlash uchun CTX-1 va P1NP suyak remodellanish biomarkerlarini diagnostik mezon sifatida qo‘llash zarurati asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi-ekspert kengashi tomonidan tasdiqlangan " Antiepileptik dori vositalarining fertil yoshdagi ayollarda suyak to‘qimasi metabolizmiga ta’sirini kompleks baholash" uslubiy tavsiyanomasidan foydalanilgan (Toshkent tibbiyot akademiyasining 2025-yil 26-maydagi 05-25/598-t-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiyot Toshkent shahar 2-son psixonevrologiya dispanserida (16.06.2025-yildagi 77-son buyruq), Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati psixiatriya xizmati filialida (19.06.2025-yildagi 70-son buyruq) va Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati psixiatriya xizmati filialida (16.06.2025-yildagi 120-son buyruq) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: diagnostika algoritmiga β-CTX-1 va P1NP biomarkerlarini baholashni kiritish xavf guruhidagi ayollarda suyak buzilishlarini o‘z vaqtida aniqlash, osteoporoz profilaktikasi samaradorligini oshirish va tibbiy kuzatuv sifatini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorlik: Joriy qilingan usul epilepsiya kasalligi bilan og‘rigan fertil yoshdagi ayollarda suyak metabolizmi buzilishlarni tashxislash va bashorat qilishning bosqichma-bosqich usulini joriy etish bilan kasallikning klinik ko‘rinishi va hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi va  843900 so‘mni iqtisod qilish imkonini berdi. Statsionar davolash vaqtini 3,8 kunga qisqartirishga olib keldi. Xulosa: fertil yoshdagi epilepsiyali ayollarda suyak almashinuvi markerlariga asoslangan prognozlash usulini davolash taktikasining bir qismi sifatida joriy etish klinik va iqtisodiy samaradorligi bilan ajralib turadi. Bu yondashuv metabolik o‘zgarishlarni aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan individual strategiyani ta’minlab, hayot sifatini oshirish, patologik sinishlarning oldini olish va ushbu komorbid holatni samarali boshqarish uchun yangi amaliy standartni shakllantirishga imkon berdi.
 to‘rtinchi ilmiy yangilik: epilepsiya bilan kasallangan fertil yoshdagi ayollarda osteoporoz rivojlanish xavfini baholash uchun ko‘p omilli prognostik model ixtiro patenti (IAP 20240672) asosida ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent shahar 2-son psixonevrologiya dispanserida (16.06.2025-yildagi 77-son buyruq), Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati psixiatriya xizmati filialida (19.06.2025-yildagi 70-son buyruq) va Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati psixiatriya xizmati filialida (16.06.2025-yildagi 120-son buyruq) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: diagnostika algoritmiga β-CTX-1 va P1NP biomarkerlarini baholashni kiritish xavf guruhidagi ayollarda suyak buzilishlarini o‘z vaqtida aniqlash, osteoporoz profilaktikasi samaradorligini oshirish va tibbiy kuzatuv sifatini yaxshilash imkonini bergan. Ijtimoiy samaradorlik: algoritmni qo‘llash xavf guruhidagi bemorlarda osteoporoz skriningi va profilaktikasi samaradorligini oshirdi. Iqtisodiy samaradorlik: joriy qilingan usul epilepsiya kasalligi bilan og‘rigan fertil yoshdagi ayollarda suyak metabolizmi buzilishlarni tashxislash va bashorat qilishning bosqichma-bosqich usulini joriy etish bilan kasallikning klinik ko‘rinishi va hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi va 843900 so‘mni iqtisod qilish imkonini berdi. Statsionar davolash vaqtini 3,8 kunga qisqartirishga olib keldi. Xulosa: Epilepsiya bilan kasallangan fertil yoshdagi ayollarda osteoporoz xavfini baholaydigan prognostik modelni joriy etish suyak metabolizmining klinik va laborator ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda davolash samaradorligini sezilarli darajada oshirish, hayot sifatini yaxshilash hamda komorbid patologiyani boshqarishda shaxsiylashtirilgan yondashuvni standartlashtirish uchun mustahkam ilmiy va amaliy asos yaratdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish