Berdiev Abror Shokirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mitral qopqoq etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda homiladorlik va tug‘ruqni olib borishni optimallashtirish”, 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3. PhD/Tib3682.
Ilmiy rahbar: Axmedov Farhod Qaxramonovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Karimova Nilufar Nabijanovna tibbiyot fanlar doktori, professor; Yusupbaev Rustam Bazarbaevich tibbiyot fanlar doktori, pofessor.
Yetakchi tashkilot: N.I. Pirogov nomidagi milliy tadqiqot tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: revmatik genezli mitral klapan etishmovchiligi bo‘lgan homiladorlarda immun status buzilishlari, gemodinamik siljishlarni bashoratlash va erta tashxislash asosida homiladorlik va tug‘ruqni olib borish taktikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
revmatik genezli mitral qopqoq etishmovchiligi mavjud homilador ayollarda miya natriuretik peptidining B (NT-proBNP) biomarkyorining statistik ishonchli oshishi va markaziy gemodinamika (daqiqa hajmining kamayishi, umumiy periferik tomir qarshiligining oshishi) va regionar qon aylanishi ko‘rsatkichlarining oshishi orqali namoyon bo‘ladigan klinik belgilar, gemostaz tizimi buzilishlari asosiy xavf omili ekanligi isbotlangan;
mitral qopqoq etishmovchiligi mavjud homilador ayollarda IL-1β, TNF-α, IL-6 ning statistik ishonchli oshishi va IL-4 ning pasayishi aniqlanib, biokimyoviy markyorlar va gemodinamik ko‘rsatkichlar orasida musbat to‘g‘ri korrelyasiya borligi va bu ko‘rsatkichlar ishonchli markyor ekanligi isbotlangan;
periferik qon tomirlarda umumiy periferik tomir qarshiligining oshishi, kardiogemodinamikada o‘zgarishlar (oxirgi diastolik hajm va fraksion hajmning kamayishi, oxirgi sistolik hajmning oshishi), bachadon arteriyalarida sistolik-diastolik nisbat va rezistentlik indeksi, NT-proBNP miqdorining keskin ortishi fonida yurak zarb indeksining pasayishi birgalikda homiladorlik va tug‘ruq vaqtida qon aylanishining buzilishi kabi asoratlar rivojlanishining prediktorlari ekanligi aniqlangan; 
mitral qopqoq etishmovchiligi mavjud homilador ayollarda biokimyoviy va immunologik tekshiruv natijalari, ona va homila gemodinamikasidagi o‘zgarishlar asosida adekvat akusherlik taktikasini qo‘llash orqali homiladorlikning qoniqarli kechishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Revmatik genezli mitral qopqoq etishmovchiligi kuzatilgan homilador ayollarda bashoratlash va erta tashxislashning zamonaviy klinik-laborator markyorlarini baholash natijasida olingan ilmiy xulosalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: revmatik genezli mitral qopqoq etishmovchiligi mavjud homilador ayollarda miya natriuretik peptidining B (NT-proBNP) biomarkyorining statistik ishonchli oshishi va markaziy gemodinamika (daqiqa hajmining kamayishi, umumiy periferik tomir qarshiligining oshishi) va regionar qon aylanishi ko‘rsatkichlarining oshishi orqali namoyon bo‘ladigan klinik belgilar, gemostaz tizimi buzilishlari asosiy xavf omili ekanligi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: mitral qopqoq etishmovchiligi kuzatilgan ayollarda taklif etilgan tekshirish usullari yurak faoliyatini baholovchi ishonchli va tezkor ma’lumot beruvchi klinik-laborator markyorlar bo‘lib, ularni qo‘llash amaliy tibbiyot uchun juda qulay va asoratlarni erta aniqlash imkonini yaratgan. Iqtisodiy samaradorligi: mitral qopqoq etishmovchiligi kuzatilgan homilador ayollarda homiladorlik kechishini biokimyoviy va immunologik markyorlar yordamida aniqlash yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni bartaraf etib, bemorlarning statsionar davoga ehtiyoji pasayadi. Xulosa.Statsionar davo kunlari qisqarishi natijasida har bir bemor hisobidan byudjetdan tashqari mablag‘lardan 645100 so‘m, byudjet mablag‘laridan 225050 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi.  
ikkinchi ilmiy yangilik: mitral qopqoq etishmovchiligi mavjud homilador ayollarda IL-1β, TNF-α, IL-6 ning statistik ishonchli oshishi va IL-4 ning pasayishi aniqlanib, biokimyoviy markyorlar va gemodinamik ko‘rsatkichlar orasida musbat to‘g‘ri korrelyasiya borligi va bu ko‘rsatkichlar ishonchli markyor ekanligi isbotlangan.  Ijtimoiy samaradorligi: mitral qopqoq etishmovchiligi kuzatilgan bemorlarda yurak faoliyatini baholovchi ishonchlilik va informativligi yuqori bo‘lgan immunologik markyorlarni qo‘llash amaliy tibbiyot uchun juda qulay bo‘lib, asoratlarni erta aniqlash imkonini yaratadi; Iqtisodiy samaradorligi: mitral qopqoq etishmovchiligida rivojlanishini sezgir immunologik testlar yordamida aniqlash va yurak faoliyatini tiklash ushbu bemorlarda yurak etishmovchilinini davolashga qaratilgan sarf xarajatlarni qisqartirish natijasida har bir bemor uchun bir yil davomida byudjet hisobidan 62595 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: mitral qopqoq etishmovchiligi aniqlangan bemorlarda yurak funksiyasini baholashda immunologik markyorlarni amaliyotga qo‘llash orqali yurak etishmovchiligi xavfini to‘g‘ri baholash, homiladorlik va tug‘ruqni olib borishni to‘g‘ri tanlash imkoniyatini beradi;  
uchinchi ilmiy yangilik periferik qon tomirlarda umumiy periferik tomir qarshiligining oshishi, kardiogemodinamikada o‘zgarishlar (oxirgi diastolik hajm va fraksion hajmning kamayishi, oxirgi sistolik hajmning oshishi), bachadon arteriyalarida sistolik-diastolik nisbat va rezistentlik indeksi, NT-proBNP miqdorining keskin ortishi fonida yurak zarb indeksining pasayishi birgalikda homiladorlik va tug‘ruq vaqtida qon aylanishining buzilishi kabi asoratlar rivojlanishining prediktorlari ekanligi aniqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: revmatik etiologiyali mitral qopqoq etishmovchiligi mavjud bemorlarda asoratlar rivojlanishini erta tashxislash va bashoratlashda prognostik xususiyatga ega laborator va instrumental  markyorlarni qo‘llash orqali homilador ayollarda asoratlar rivojlanib borishini oldini olishga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: mitral qopqoq etishmovchiligi mavjud bemorlarda yurak faoliyatini erta baholovchi laborator va instrumental ko‘rsatkichlarni erta aniqlash uchun 314410 ming so‘m sarflanadi, bu asoratlar rivojlangandan keyin qo‘llaniladigan tashxisot va davo xarajatlaridan 4,2 baravar arzon bo‘lib, har bir nafar bemorga bir yilda byudjet hisobidan 396600 so‘m, byudjetdan tashqari 795148 so‘m miqdordagi xarajat iqtisod qilishga erishilgan.  Xulosa: mitral qopqoq etishmovchiligi mavjud bemorlarda asoratlarni erta aniqlash asosida statsionar davomiyligi va asoratlar oldini olish hisobidan iqtisodiy samaradorlikka erishish mumkin 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: mitral qopqoq etishmovchiligi mavjud homilador ayollarda biokimyoviy va immunologik tekshiruv natijalari, ona va homila gemodinamikasidagi o‘zgarishlar asosida adekvat akusherlik taktikasini qo‘llash orqali homiladorlikning qoniqarli kechishi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: revmatik genezli mitral qopqoq etishmovchiligi mavjud homilador ayollarda asoratlarni rivojlanishini erta aniqlash, adekvat akusherlik taktikasini qo‘llash orqali tug‘ruqni qoniqarli kechishiga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: mitral qopqoq etishmovchiligi rivojlanishini tashxislashning kechikishi, asoratlar bilan kechganda tashxis qo‘yish, davolashga qaratilgan chora tadbirlar uchun bir yilda o‘rtacha 1314000 so‘m sarflangan bo‘lsa, tavsiyanoma tadbiq etilgach, bu xarajatlar 468500 so‘mgacha kamaydi. Tadqiqotlar bo‘yicha ushbu chora tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan usullar bir bemor uchun bir yilda o‘rtacha  845500 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: revmatik etiologiyali mitral qopqoq etishmovchiligi mavjud bemorlarda asoratlarni erta aniqlash va bashoratlash, xavf omillarini bartaraf etish muhim ahamiyatga ega hamda ushbu chora tadbirlar asosida iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
Tadqiqot davomida olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, «Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyati filiali va Buxoro shahar tug‘ruq kompleksi amaliyotiga  tatbiq etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish