Qosimov Akmaljon Nasirdinovichning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Sport faoliyati orqali o‘quvchilarda milliy identiklikni rivojlantirish metodikasi”13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasiva metodikasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9255
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti
Ilmiy rahbar: Shermuhammadov Bahodirjon Shermuhammadovich, pedagogika fanlari doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti,
PhD.03/27.09.2024. Ped.05.10
    Rasmiy opponentlar: Temirov Nabijon Solievich pedagogika fanlari doktori, professor, Komilov Nodirbek Boqijonovich pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘quvchilarda sport vositasida  milliy  identiklikni shakllantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“milliy identiklik” tushunchasining mazmun-mohiyati, konseptual asoslari va ergonopedagogik xususiyatlari aniqlashtirilib, uning tarbiyaviy imkoniyatlaridan o‘quvchilarda milliy g‘urur hissini tarbiyalashga yo‘naltirish, bunda sport vositasida iftixor va faxrlanish asosida tayanch ma’naviy kompetensiyalarni shakllantirishning motivatsion va kognitiv komponentlari bilan regulyativlik darajasini bevosita hisobga olish orqali aniqlashtirilgan;
sport faoliyati orqali o‘quvchilarda milliy identiklikni rivojlantirish metodikasining tashkiliy-pedagogik komponentining (tayanch, variantiv, mustaqil faoliyat) tarkibiy qismlariga fosilitatsion va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv nazariy-metodik bilimlarni oshirishning (maxsus, metapredmetli, sport-sog‘lomlashtiruvchi modulli) mashg‘ulotlar jarayonida modernizatsiyalashning didaktik-adaptiv algoritmini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
sport faoliyati orqali o‘quvchilarda milliy identiklikni rivojlantirishning funksional modeli milliy g‘urur tarbiyasi tamoyillari (madaniy muvofiqlik, subektivlik, faoliyat, insonparvarlashtirish, integratsiya, ijodkorlik va muvaffaqiyat) hamda o‘quvchi shaxsining milliy identiklik tarbiyasini rivojlantirish uchun aniqlangan tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlar to‘plami (faollik, maqbullik, kommunikativlik, ijodkorlik, muammolilik) asosida takomillashtirilgan;
sport faoliyati orqali o‘quvchilarda milliy identiklikni rivojlantirishda tayanch (milliy o‘zlikni anglash, milliy mansublik, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini shakllantirish, milliy va umummadaniy) kompetensiyalarni shakllantirishga ustuvorlik berish, sport o‘yinlarning didaktik ta’sirini pedagogic jarayonga yo‘naltirish, spor tarbiyasi va milliy identiklik tarbiyasini integratsiyalashda sport pedagogikasi imkoniyatlaridan samarali foydalanishning metodik tizimi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Sport faoliyati orqali o‘quvchilarda milliy identiklikni rivojlantirish metodikasi bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
milliy identiklik tarbiyasining ergonopedagogik xususiyatlari orqali o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishga yo‘naltirish, sport vositasida milliy o‘zlikni anglash, g‘urur va fahrlanish asosida milliy mansublikni his etish kabi tayanch ma’naviy kompetensiyalarni shakllantirishning motivatsion va kognitiv komponentlar bilan regulyativlik darajasini bevosita hisobga olish orqali aniqlashtirilganligiga oid takliflar “Sport pedagogikasi va mutaxassislikka kirish”  nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli buyrug‘i). Natijada milliy identiklik dinamikasining istiqboldagi holatini aniqlash imkoniyati kengaytirilgan.
sport faoliyati orqali o‘quvchilarda milliy identiklikni rivojlantirish metodikasining tashkiliy-pedagogik komponenti tayanch, variantiv, mustaqil faoliyat kabi tarkibiy qismlarga asoslangan nazariy-metodik bilimlarni maxsus, metapredmetli, sport-sog‘lomlashtiruvchi modulli mashg‘ulotlar jarayonida tarkib toptirishning didaktik-adaptiv algoritmini ishlab chiqish orqali takomillashtirilganligiga oid takliflar O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan 
I-OT-2021-302 sonli  “Jismoniy tarbiya va sport marketingi” o‘quv qo‘llanmasining elektron palatformasini yaratish” mavzusidagi loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 28-martdagi 04/11-4179-sonli ma’lumotnomasi). Natijada sotsiologik tadqiqot natijalari asosida jamiyat taraqqiyotining innovatsiyalashuvi sharoitida milliy identiklik jarayonlarining monitoringini amalga oshirish imkoni kengaytirilgan.
sport faoliyati orqali o‘quvchilarda milliy identiklikni rivojlantirishning funksional modeli madaniy muvofiqlik, subektivlik, faoliyat, insonparvarlashtirish, integratsiya, ijodkorlik va muvaffaqiyat tamoyillari hamda o‘quvchi shaxsining milliy identiklik tarbiyasini rivojlantirish uchun aniqlangan tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlar to‘plami (faollik, maqbullik, kommunikativlik, ijodkorlik, muammolilik) asosida takomillashtirilganligiga oid tavsiyalar “Sport pedagogikasi va mutaxassislikka kirish”  nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli buyrug‘i). Natijada milliy identiklik dinamikasining istiqboldagi holatini aniqlashga qaratilgan “O‘zbek xalqining milliy identikligi” nomli sotsiologik tadqiqot dasturi va so‘rovnomasi ishlab chiqish uchun xizmat qilgan. 
milliy o‘zlikni anglash, milliy mansublik, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini shakllantirish, o‘zini o‘zi rivojlantirish, milliy va umummadaniy tayanch kompetensiyalarni rivojlantirishga sport o‘yinlarning didaktik ta’sirini yo‘naltirish, pedagogik jarayonni integratsiyalashda sport pedagogikasi imkoniyatlaridan samarali foydalanishning metodik tizimi takomillashtirilganligiga oid takliflar O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan I-OT-2021-302 sonli “Jismoniy tarbiya va sport marketingi” o‘quv qo‘llanmasining elektron palatformasini yaratish” mavzusidagi loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 28-martdagi 04/11-4179-sonli ma’lumotnomasi). Natijada sport o‘yinlari asosida milliy identiklikni shakllantirishning metodik tizimi va texnologik asoslari takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish