Mamadova Feruzaxon Mirzaaxmad qizining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak mutaxassislarning pedagogik madaniyatini rivojlantirish metodikasi (pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxassisligi misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped 4783
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Asqarova Manzura Avazbekovna, pedagogika fanlari doktori DSc, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat pedagogika instituti, PhD.03/27.09.2024.Ped.184.01.
Rasmiy opponentlar: Qo‘ldasheva Maxmuda Nurmatjonovna pedagogika fanlari nomzodi, dotsent; Ma’murov Baxodir Baxshullaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak pedagogika magistrlarining pedagogik madaniyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak mutaxassislarning pedagogik madaniyatini rivojlantirishga oid diagnostik tizimning qo‘shimcha nazariy-metodologik imkoniyatlari akademik kompenesiyalarning strukturasini bosqichma-bosqich funksional loyihalash, pedagogik jarayonlarida fasilitatsion rakursda moslashuvchan va maxsus ko‘nikmalar (soft skills, hard skills)ni nostandart keyslar va intellektual suhbat(assessment)larning dominantligini ta’minlash orqali asoslab berilgan;
bo‘lajak mutaxassislarda pedagogik madaniyatni rivojlantirish metodikasi didaktik faoliyatga akkulturatsiya omillarning effektiv ta’sirini progressiv baholash hisobiga kasbiy-pedagogik savodxonlik va emotsional intellektni mustahkamlashdagi yakka va jamoaviy dillemmalar, mantiqiy tafakkur mashqlar va dialektik idrok kabi pedagogik algoritmlarni shakllantirish asosida modifikatsiya qilingan;
bo‘lajak mutaxassislarning pedagogik madaniyatini rivojlantirish modeli intellektual ko‘nikmalarni madaniy qadriyatlarga oid bilimlar bilan integratsiyalash orqali kasbiy pozisiya va pedagogik taktikaning shakllanishi, aksiologik yondashuv asosida kasbiy-pedagogik faollikni namoyon qilish, etuk pedagog shaxsini shakllantirishga qaratilgan divergent (barqaror va moslashuvchan) rivojlanish dinamikasini ta’minlash yo‘nalishida metodologik asoslab takomillashtirilgan;
pedagogik madaniyatni rivojlantirishga xizmat qiluvchi amaliy metodologik resurslar bazasi kasbiy-madaniy fazilatlarni yuksaltirishdagi samaradorligi qayta ko‘rib chiqilgan va pedagogik bilimlar, ijtimoiy ko‘nikmalar, madaniyatlilik xususiyatlari hamda etnomadaniy qadriyatlarning uyg‘unligi va kognitiv algoritmlash mexanizmlari asosida transformativ mexanizmlarga ko‘ra takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak mutaxassislarning pedagogik madaniyatini rivojlantirish metodikasi” asosida:
bo‘lajak mutaxassislarning pedagogik madaniyatini rivojlantirishga oid diagnostik tizimning qo‘shimcha nazariy-metodologik imkoniyatlari akademik kompenesiyalarning strukturasini bosqichma-bosqich funksional loyihalash, pedagogik jarayonlarida fasilitatsion rakursda moslashuvchan va maxsus ko‘nikmalar (soft skills, hard skills)ni nostandart keyslar va intellektual suhbat(assessment)larning dominantligini ta’minlash orqali asoslab berilishiga doir metodik tavsiya va ilmiy takliflardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan FZ-2020010829-raqamli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025-yil 14-iyundagi 11-05-3878/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogik madaniyat tushunchasining ilmiy asosi, mazmuni aniqlashtirilgan, bo‘lajak mutaxassislarning pedagogik madaniyatni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari takomillashtirilgan;
bo‘lajak mutaxassislarda pedagogik madaniyatni rivojlantirish metodikasi didaktik faoliyatga akkulturatsiya omillarning effektiv ta’sirini progressiv baholash hisobiga kasbiy-pedagogik savodxonlik va emotsional intellektni mustahkamlashdagi yakka va jamoaviy dillemmalar, mantiqiy tafakkur mashqlar va dialektik idrok kabi pedagogik algoritmlarni shakllantirish asosida modifikatsiya qilinganligiga doir ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan FZ-2020010829-raqamli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025-yil 14-iyundagi 11-05-3878/04-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak mutaxassislarning pedagogik madaniyatini rivojlanganlik darajasini aniqlashtirish va baholash imkoniyatlarini boyitishga erishilgan;
bo‘lajak mutaxassislarning pedagogik madaniyatini rivojlantirish modeli intellektual ko‘nikmalarni madaniy qadriyatlarga oid bilimlar bilan integratsiyalash orqali kasbiy pozisiya va pedagogik taktikaning shakllanishi, aksiologik yondashuv asosida kasbiy-pedagogik faollikni namoyon qilish, etuk pedagog shaxsini shakllantirishga qaratilgan divergent (barqaror va moslashuvchan) rivojlanish dinamikasini ta’minlash yo‘nalishida metodologik asoslab takomillashtirish bo‘yicha metodik tavsiyalardan “O‘zbekiston” teleradiokanalida 2024-2025-yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Bolalar va biz” dasturlari ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 4-martdagi 05-09-262-son ma’lumotnomasi). Natijada innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak mutaxassislarning pedagogik madaniyatini rivojlantirish modeli va uning metodik tizimini takomillashtirishga erishilgan;
pedagogik madaniyatni rivojlantirishga xizmat qiluvchi amaliy metodologik resurslar bazasi kasbiy-madaniy fazilatlarni yuksaltirishdagi samaradorligi qayta ko‘rib chiqilgan va pedagogik bilimlar, ijtimoiy ko‘nikmalar, madaniyatlilik xususiyatlari hamda etnomadaniy qadriyatlarning uyg‘unligi va kognitiv algoritmlash mexanizmlari asosida transformativ mexanizmlarga ko‘ra takomillashtirishga oid ilmiy-nazariy, metodik tavsiyalar “Pedagogik mahorat” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-son nashr ruxsatnomasi). Natijada innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak mutaxassislarning pedagogik madaniyati va mahoratini rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.