Satvoldiev Faxriddin Akbarali o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Falsafa ta’limi asosida talabalar ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili yo‘nalishi talabalari misolida)” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (falsafa).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2024.4.PhD/Ped8773
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Talapov Baxriddin Alijanovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat pedagogika instituti, PhD.03/27.09.2024.Ped.184.01.
Rasmiy opponentlar: falsafa fanlari doktori (DSc), professor Qambarov Abdumutal Ahadjanovich; pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor Asranbaeva Munojatxon Xalimjonovna.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat pedgogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi falsafa ta’limi orqali talabalar ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
falsafa ta’limining ilmiy-nazariy asoslari, tafakkurning divergent funksiyalarini filologik yo‘nalishi o‘quv faoliyati ko‘magida metodik aprobatsiya qilish orqali talabalarning empirik dunyoqarashini rivojlantirishning prakseologik, epistemologik va evristik ta’limotlarning kombinatsiyaning effektivligini uslubiy identifikatsiyalash orqali aniqlashtirilgan;
talabalar ilmiy dunyoqarashini rivojlantirishning praktik komponentlari falsafa ta’limotiga oid metodologik konstruksiyasi asosida talabalarni rasional fikrlashga o‘rgatishga oid analitik topshiriqlarni optimal qo‘llashga yo‘naltirilgan “samaradorlik konsepsiyasi” mexanizmini teskari ma’ruza (flipped lecture) usuli asosida rivojlantirish orqali takomillashtirilgan;
talabalarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirishning pedagogik modeli va uning didaktik-metodik ta’minot tizimi falsafa ta’limining muammoli-evristik kontentini sinfni baholash usullari (Classroom Assessment Techniques)ni modernizatsiya qilish asosida refleksiv faoliyat shakllarini identiv maqsadlar bilan ichki integratsiya jarayonlarida qayta aloqasini ta’minlash shartlariga ko‘ra takomillashtirilgan;
talabalarda ilmiy dunyoqarashni rivojlantirishning internal va eksternal namoyon bo‘lish dinamikasi filologik yo‘nalishdagi o‘quv traektoriyasini metodik loyihalash orqali kriterial-diagnostik majmuasi va reproduktiv darajalarning kvalimetrik ko‘rsatkichlari pedagogik sintez asosida rivojlanish faktorlarning kommunikatsiya darajasining barqarorligini hisobga olish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Falsafa ta’limi orqali talabalar ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish metodlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot asosida:
falsafa ta’limining ilmiy-nazariy asoslari, tafakkurning divergent funksiyalarini filologik yo‘nalishi o‘quv faoliyati ko‘magida metodik aprobatsiya qilish orqali talabalarning empirik dunyoqarashini rivojlantirishning prakseologik, epistemologik va evristik ta’limotlarning kombinatsiyaning effektivligini uslubiy identifikatsiyalash orqali aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida amalga oshirilgan FZ-20200110829-sonli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mehanizmlari” nomli amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti 2025-yil 28-fevraldagi 04/11-3096-sonli ma’lumotnoma). Natijada, talabalarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari mustahkamlangan va amaliy-pedagogik ahamiyatini asoslashga erishilgan.
talabalar ilmiy dunyoqarashini rivojlantirishning praktik komponentlari falsafa ta’limotiga oid metodologik konstruksiyasi asosida talabalarni rasional fikrlashga o‘rgatishga oid analitik topshiriqlarni optimal qo‘llashga yo‘naltirilgan “samaradorlik konsepsiyasi” mexanizmini teskari ma’ruza (flipped lecture) usuli asosida rivojlantirish orqali takomillashtirishga oid taklif va mulohazalardan tadqiqotchi tomonidan yozilgan “Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29-maydagi 194-sonli buyrug‘i, 194-352-raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirishda mantiqiy, kreativ va tanqidiy fikrlashga o‘rgatishga yo‘naltirilgan samaradorlik konsepsiyasi ishlab chiqishga erishilgan.
talabalarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirishning pedagogik modeli va uning didaktik-metodik ta’minot tizimi falsafa ta’limining muammoli-evristik kontentini sinfni baholash usullari (Classroom Assessment Techniques)ni modernizatsiya qilish asosida refleksiv faoliyat shakllarini identiv maqsadlar bilan ichki integratsiya jarayonlarida qayta aloqasini ta’minlash shartlariga ko‘ra takomillashtirishga doir metodik tavsiya va takliflardan O‘zbekiston Milliy universitetida amalga oshirilgan FZ-2020010829-sonli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” nomli amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 22-martdagi 11-05-1755/04-sonli dalolatnomasi). Natijada, falsafa ta’limi orqali talabalarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirishning oid kompleks yondashuvlarga asoslangan modelini ishlab chiqishga erishilgan.
talabalarda ilmiy dunyoqarashni rivojlantirishning internal va eksternal namoyon bo‘lish dinamikasi filologik yo‘nalishdagi o‘quv traektoriyasini metodik loyihalash orqali kriterial-diagnostik majmuasi va reproduktiv darajalarning kvalimetrik ko‘rsatkichlari pedagogik sintez asosida rivojlanish faktorlarning kommunikatsiya darajasining barqarorligini hisobga olish asosida takomillashtirishga oid metodik tavsiyalar “Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari” o‘quv qo‘llanmasining mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29-maydagi 194-sonli buyrug‘i, 194-352-raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarning ilmiy dunyoqarashi rivojlantirish darajalari aniqlashtirilgan va metodik bazasi mustahkamlangan.