Juraeva Dildora Muxitdin kizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bachadon-platsenta-homila qon oqimi buzilishlarida endoteliy disfunksiyasi rivojlanining klinik-immunologik mezonlari va uning echimiga shaxsiy yondashuv» 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya, 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tib4751.
Ilmiy rahbarlar: Musaxodjaeva Diloram Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, professor; Eshimbetova Gulsara Zakirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Immunologiya va inson genomikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.Tib.50.01.
Rasmiy opponentlar: Djabbarova Yulduz Kasimovna, tibbiyot fanlari doktori; Polevshhikov Aleksandr Vital`evich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi homilador ayollarda bachadon–platsenta–homila qon oqimi buzilishlarida endoteliy disfunksiyasi rivojlanishining klinik-immunologik mezonlarini asosida aniqlash hamda mazkur asoratni tashxislash, prognoz qilish va oldini olish bo‘yicha shaxsiylashtirilgan yondashuvni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Surxondaryo viloyatida yashovchi, yo‘ldosh disfunksiyasi bo‘lgan homilador ayollar kompleks tekshirilib, ular orasida eng ko‘p 1a darajasi (39,78%), keyin 1b darajasi (34,4%) va II daraja (25,8%) uchrashi aniqlangan;
ilk bor yo‘ldosh etishmovchiligining turli bosqichlariga ega bo‘lgan ayollarning klinik-anamnestik va akusherlik xususiyatlari har tomonlama tahlil qilingan va kasallik rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy xavf omillari (yosh xususiyatlari, etarli ovqatlanmaslik, somatik kasalliklar) isbotlangan;
ilk bor yo‘ldosh etishmovchilikning og‘irlik darajasiga ko‘ra o‘sish omillari (VEGF-A, PLGF, sFlt-1, TGFβ), yallig‘lanishga hos (IL-6, IL-18, IP-10) hamda yallig‘lanishga qarshi (IL-4) sitokinlarning qon zardobidagi sezilarli  o‘zgarishlari aniqlangan;
ilk bor yo‘ldosh etishmovchiligi og‘irligini kompleks baholash uchun immunologik ko‘rsatkichlarga asoslangan integral indekslar (platsentar disfunksiya indeksi – PDI va tomir disfunksiyasi indeksi – TDI) ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi. 
Homilador ayollarda yo‘ldosh etishmovchiligi aniqlanganida olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: Surxondaryo viloyatida yashovchi, yo‘ldosh disfunksiyasi bo‘lgan homilador ayollar kompleks tekshirilib, ular orasida eng ko‘p 1a darajasi (39,78%), keyin 1b darajasi (34,4%) va II daraja (25,8%) uchrashi aniqlanganligi bo‘yicha Immunologiya va inson genomikasi instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 6 martdagi №PhD3u-t/009-son bilan tasdiqlangan «Platsentar disfnksiyada o‘sish millar mezonlarining ta’rifi» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan. Mazkur taklif RIOvaBSIATM Surxondaryo viloyat filialida  2025 yil 14 yanvardagi №20-sonli va Toshkent shahar 3-son tug‘ruqda 2025 yil 4 apreldagi №81-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 maydagi 17/22-son ma’lumotnomasi); ijtimoiy samaradorligi: anamnezida homiladorlikgacha o‘tkazgan ekstragenital kasalliklarni aniqlash va doplerografiyada platsentar disfunksiyani tasdiqlovchi markyorlarni aniqlash homila yo‘qotilishi va perinatal o‘lim xavfi kamayishiga olib keladi; iqtisodiy samaradorligi: ushbu kontingentdagi ayollarni aniqlash, davolash-profilaktika tadbirlarini o‘z vaqtida amalaga oshirishi natijasida 1 nafar bemor uchun 604000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini beradi; xulosa: Surxondaryo viloyatidagi homilador ayollarda yo‘ldosh disfunksiyani erta aniqlash va o‘z vaqtida korreksiya qilish maqsadida muntazam monitoring va profilaktik tadbirlarning zarurligi isbotlangan;
ikkinchi ilmiy yangilik: yo‘ldosh etishmovchiligining turli bosqichlariga ega bo‘lgan ayollarning klinik-anamnestik va akusherlik xususiyatlari har tomonlama tahlil qilingan va kasallik rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy xavf omillari (yosh xususiyatlari, etarli ovqatlanmaslik, somatik kasalliklar) isbotlanganligi bo‘yicha Immunologiya va inson genomikasi instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 6 martdagi №PhD3u-t/009-son bilan tasdiqlangan «Platsentar disfnksiyada o‘sish millar mezonlarining ta’rifi» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan. Mazkur taklif RIOvaBSIATM Surxondaryo viloyat filialida  2025 yil 14 yanvardagi №20-sonli va Toshkent shahar 3-son tug‘ruqda 2025 yil 4 apreldagi №81-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 maydagi 17/22-son ma’lumotnomasi); ijtimoiy samaradorligi: anamnezida homiladorlikgacha o‘tkazgan ekstragenital kasalliklarni aniqlash va doplerografiyada platsentar disfunksiyani tasdiqlovchi markyorlarni aniqlash homila yo‘qotilishi va perinatal o‘lim xavfi kamayishiga olib keladi; iqtisodiy samaradorligi: ushbu kontingentdagi ayollarni aniqlash, davolash-profilaktika tadbirlarini o‘z vaqtida amalaga oshirishi natijasida 1 nafar bemor uchun 604000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini beradi; xulosa: aniqlangan xavf omillari asosida yo‘ldosh etishmovchilikning oldini olish va davolash chora-tadbirlarini ishlab chiqish mumkinligi ko‘rsatilgan;
uchinchi ilmiy yangilik: yo‘ldosh etishmovchilikning og‘irlik darajasiga ko‘ra o‘sish omillari (VEGF-A, PLGF, sFlt-1, TGFβ), yallig‘lanishga hos (IL-6, IL-18, IP-10) hamda yallig‘lanishga qarshi (IL-4) sitokinlarning qon zardobidagi sezilarli  o‘zgarishlari aniqlanganligi bo‘yicha Immunologiya va inson genomikasi instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 6 martdagi №PhD3u-t/009-son bilan tasdiqlangan «Platsentar disfnksiyada o‘sish millar mezonlarining ta’rifi» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan. Mazkur taklif RIOvaBSIATM Surxondaryo viloyat filialida  2025 yil 14 yanvardagi №20-sonli va Toshkent shahar 3-son tug‘ruqda 2025 yil 4 apreldagi №81-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 maydagi 17/22-son ma’lumotnomasi); ijtimoiy samaradorligi: anamnezida homiladorlikgacha o‘tkazgan ekstragenital kasalliklarni aniqlash va doplerografiyada platsentar disfunksiyani tasdiqlovchi markyorlarni aniqlash homila yo‘qotilishi va perinatal o‘lim xavfi kamayishiga olib keladi; iqtisodiy samaradorligi: ushbu kontingentdagi ayollarni aniqlash, davolash-profilaktika tadbirlarini o‘z vaqtida amalaga oshirishi natijasida 1 nafar bemor uchun 604000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini beradi; xulosa: aniqlangan sitokinlar va o‘sish omillarini yo‘ldosh etishmovchilik darajasini baholashda marker sifatida qo‘llash imkoniyati tasdiqlanib, bu akusherlik taktikasi optimallashuviga xizmat qilishi ko‘rsatilgan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: yo‘ldosh etishmovchiligi og‘irligini kompleks baholash uchun immunologik ko‘rsatkichlarga asoslangan integral indekslar (platsentar disfunksiya indeksi – PDI va tomir disfunksiyasi indeksi – TDI) ishlab chiqilganligi bo‘yicha bo‘yicha Immunologiya va inson genomikasi instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 6 martdagi №PhD3u-t/009-son bilan tasdiqlangan «Platsentar disfnksiyada o‘sish millar mezonlarining ta’rifi» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan. Mazkur taklif RIOvaBSIATM Surxondaryo viloyat filialida  2025 yil 14 yanvardagi №20-sonli va Toshkent shahar 3-son tug‘ruqda 2025 yil 4 apreldagi №81-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 maydagi 17/22-son ma’lumotnomasi); ijtimoiy samaradorligi: anamnezida homiladorlikgacha o‘tkazgan ekstragenital kasalliklarni aniqlash va doplerografiyada platsentar disfunksiyani tasdiqlovchi markyorlarni aniqlash homila yo‘qotilishi va perinatal o‘lim xavfi kamayishiga olib keladi; iqtisodiy samaradorligi: ushbu kontingentdagi ayollarni aniqlash, davolash-profilaktika tadbirlarini o‘z vaqtida amalaga oshirishi natijasida 1 nafar bemor uchun 604000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini beradi; xulosa: taklif etilgan integral indekslar (PDI va TDI) hamda diagnostika va monitoring algoritmining qo‘llanishi akusherlik asoratlarini prognozlash va ularning xavfini kamaytirishda yuqori samaraliligi asoslangan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish