Xudoynazarov Dilshodbek Otabek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sholi etishtiriladigan erlarda pol shakllantiradigan mashina pol olgichining turi va parametrlarini asoslash” 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash. (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4945
Ilmiy rahbar: Xudoyarov Anvar Nazirjonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.06.2021.T.126.02
Rasmiy opponentlar: To‘xtaqo‘ziev Abdusalim, texnika fanlari doktori, professor va Mansurov Muxtorjon Toxirjonovich, texnika fanlari doktori, professor tayinlangan.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga loyiq.
II. Tadqiqotning maqsadi: sholi ekiladigan maydonlarda pol shakllantiradigan mashina pol olgichining turini tanlash va parametrlarini asoslash yo‘li bilan ish sifatini oshirish va sarf-xarajatlarni kamaytirishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sholi ekiladigan maydonlarda pol hosil qiladigan, uni zichlaydigan ish organlaridan tashkil topgan mashinaning konstruksiyasi va texnologik ish jarayoni sholi ekiladigan maydonlarga polni talablar darajasida shakllantirishini hisobga olinib ishlab chiqilgan.
pol olgich tomonidan kesib olinayotgan tuproq palaxsasining o‘lchamlari, uning parametrlari va ramada joylashishini aniqlash imkonini beradigan analitik bog‘lanishlar hamda tuproq bo‘laklarining pol olgich ishchi sirtidagi va undan tushgandan keyingi harakatini ifodalovchi analitik ifodalar agregatning harakat tezligi xisobga olinib keltirib chiqarilgan;
pol shakllantiradigan mashina pol olgichining parametrlari hamda uni ramada joylashishi tuproqning uvalanish darajasi va shakllantirilayotgan pol balandligi belgilangan me’yordan kam bo‘lmasligi, tortishga qarshilik esa minimal bo‘lishi hisobga olingan holda asoslangan;
pushta olgich parametrlarining maqbul qiymatlari uning talablar darajasidagi agrotexnik ish ko‘rsatkichlari minimal energiya sarflab ta’minlashi shartidan aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pol shakllantiradigan mashina pol olgichining parametrlarini asoslash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarda olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan pol shakllantiradigan mashinaning texnologik jarayoni bajarilishining sifat ko‘rsatkichlarini baholashga dastlabki talablar va mashina konstruksiyasini loyihalashga texnik topshiriq ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 21 dekabrdagi 05/04-04-690-son ma’lumotnomasi). Natijada pol shakllantiradigan mashinaning konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
pol shakllantiradigan mashinaning tajriba nusxasi Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti qoshidagi axborot maslaxat markazi DUK tajriba xo‘jaligi, Andijon viloyatidagi Izboskan, Andijon, Paxtaobod tumanlari fermer xo‘jaliklariga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 21 dekabrdagi 05/04-04-690-son ma’lumotnomasi). Natijada mehnat sarfi hamda ekspluatatsion xarajatlarni 1,3-1,7 barobarga kamayishiga erishilgan;
pol shakllantiradigan mashinaning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun loyiha-konstruktorlik xujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) “Andijon mexanika zavodi” AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 21 dekabrdagi 05/04-04-690-son ma’lumotnomasi). Natijada asoslangan parametrlarga ega pol shakllantiradigan mashinani sanoat usulida ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.