Xolmatova Shirin Shuxrat qizining
falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qandli diabet va gestatsion diabeti bo‘lgan homilador ayollarda tabiiy tug‘ruq yo‘llari orqali tug‘ruq paytida yumshoq to‘qimalarning yirtilishini oldini olish va davolashning o‘ziga xos xususiyatlari”, 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya, 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2023.2.PhD/Tib3470.
Ilmiy rahbarlar: Zufarova Shaxnoza Alimdjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kamalov Tel`man Tolyaganovich, tibbiyot fanlari doktori. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent peditriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi,  IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar Kattaxodjaeva Maxmuda Xamdamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muratova Shaxlo Taxirjanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qandli va gestatsion diabet bilan kasallangan homilador ayollarda tabiiy tug‘ruq vaqtida tug‘ruq yo‘llarining yumshoq to‘qimalarida ro‘y beradigan yirtilishlarning klinik xususiyatlarini o‘rganish, shuningdek, ularni davolash va profilaktika qilish usullarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tug‘ruq yo‘llari shikastlanishiga oid anamnez ma’lumotlari, tug‘ruqning kechishi, ilgari kuzatilgan shikastlanishlar va ularning asoratlarini prognoz qiymati bo‘yicha ishlab chiqilgan so‘rovnoma asosida: 54% holatda - YuTY rivojlanishi xavfi past, 22% holatda - o‘rta, 24% holatda - yuqori darajada ekanligi kompleks va taqqoslash tahlillar asosida isbotlangan;
 uglevod almashinuvi buzilgan homilador ayollarda tug‘ruq vaqtida yumshoq to‘qimalar yirtilishi rivojlanishida to‘qima markerlari - laktatdegidrogenaza (LDG), kreatinfosfokinaza (KFK) va gomotsistein ko‘rsatkichlari oshishinining (LDG >360 E/L; KFK >180 E/L) patogenetik roli isbotlangan;
 QD va GQD bilan og‘rigan homilador ayollarda tug‘ruq yo‘llarining shikastlanishini erta aniqlash va prognoz qilish uchun ishlab chiqilgan yangi diagnostik mezonlarni qo‘llash asosida tug‘ruq yo‘llari yumshoq to‘qimalari yirtilishining uchrash chatotasini 6,1% ga kamaytirishi isbotlangan;
 uglevod almashinuvi buzilgan homilador ayollarda tug‘ruq yo‘llarning yumshoq to‘qimalari yirtilishini oldini olishda ishlab chiqilgan davolash va profilaktika usullarining qo‘llanilishi tug‘ruqda shikastlanishini 16,9% ga kamaytirishdagi va tug‘ruqdan keyingi davrning yaxshi o‘tishini ta’minlashdagi samaradorligi klinik jihatdan isbotlangan.        
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qandli diabet va gestatsion diabeti bo‘lgan homilador ayollarda tabiiy tug‘ruq yo‘llari orqali tug‘ruq paytida yumshoq to‘qimalarning yirtilishini oldini olish va davolash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: tug‘ruq yo‘llari shikastlanishiga oid anamnez ma’lumotlari, tug‘ruqning kechishi, ilgari kuzatilgan shikastlanishlar va ularning asoratlarini prognoz qiymati bo‘yicha ishlab chiqilgan so‘rovnoma asosida: 54% holatda - YuTY rivojlanishi xavfi past, 22% holatda - o‘rta, 24% holatda - yuqori darajada ekanligi kompleks va taqqoslash tahlillar asosida isbotlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 29-yanvarda №03/329-son bilan tasdiqlangan «Faktori riska vo vremya beremennosti i v techenie rodovoy deyatel`nosti, privodyashhie k travmatizatsii rodovix putey v rodax pri saxarnom diabete i gestatsionnom saxarnom diabete» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan va Respublika ixtisostlashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazining Andijon 2025-yil 7-fevraldagi №8-son buyruq asosida va Xorazm filiallari 2025-yil 10-fevraldagi №13-son buyruq asosida amaliyotiga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy texnik Kengashining 2025-yil 25-apreldagi №16/04 sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan so‘rovnoma orqali yumshoq to‘qimalar yirtilishi xavfini prognoz qilishning ijtimoiy samarasi, yumshoq to‘qimalar yirtilish holatlarini kamaytirish va bemorning somatik holatini yaxshilash orqali residivlar sonini kamaytirishga olib keladi. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan so‘rovnomani joriy etishda iqtisodiy samaradorlik umumiy 50 nafar bemor uchun bir marotabalik statsionar davolanishning umumiy xarajatlaridan 29966500 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.  Xulosa: ishlab chiqilgan so‘rovnomadan foydalanish orqali bir nafar bemor uchun bir marotaba statsionar davolanishning umumiy xarajatlarini 599330 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: uglevod almashinuvi buzilgan homilador ayollarda tug‘ruq vaqtida yumshoq to‘qimalar yirtilishi rivojlanishida to‘qima markerlari - laktatdegidrogenaza (LDG), kreatinfosfokinaza (KFK) va gomotsistein ko‘rsatkichlari oshishinining (LDG >360 E/L; KFK >180 E/L) patogenetik rolining isbotlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 29-yanvarda №03/329-son bilan tasdiqlangan «Faktori riska vo vremya beremennosti i v techenie rodovoy deyatel`nosti, privodyashhie k travmatizatsii rodovix putey v rodax pri saxarnom diabete i gestatsionnom saxarnom diabete» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan va Respublika ixtisostlashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazining Andijon 2025-yil 7-fevraldagi №8-son buyruq asosida va Xorazm filiallari 2025-yil 10-fevraldagi №13-son buyruq asosida amaliyotiga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy texnik Kengashining 2025-yil 25-apreldagi №16/04 sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: LDG, KFK va gomotsistein ko‘rsatkichlarini aniqlash tug‘ruq yo‘llari shikastlanish holatlari kuzatilganda tug‘ruqdan keyingi davrda asoratlarning uchrash chastotasini kamaytirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: 62 nafar bemor uchun bir marotabalik statsionar davolanishning umumiy xarajatlaridan 37158460 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.  Xulosa: LDG, KFK va gomotsistein kabi to‘qima markerlari darajalarining ishonchli oshishi tug‘ruq yo‘llari yumshoq to‘qimalari yirtilish xavfini aniqlashda qo‘llanilishi natijasida bir nafar bemorga 599330 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik:  QD va GQD bilan og‘rigan homilador ayollarda tug‘ruq yo‘llarining shikastlanishini erta aniqlash va prognoz qilish uchun ishlab chiqilgan yangi diagnostik mezonlarni qo‘llash asosida tug‘ruq yo‘llari yumshoq to‘qimalari yirtilishining uchrash chatotasini 6,1% ga kamaytirishining isbotlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 29-yanvarda №03/329-son bilan tasdiqlangan «Faktori riska vo vremya beremennosti i v techenie rodovoy deyatel`nosti, privodyashhie k travmatizatsii rodovix putey v rodax pri saxarnom diabete i gestatsionnom saxarnom diabete» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan va Respublika ixtisostlashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazining Andijon 2025-yil 7-fevraldagi №8-son buyruq asosida va Xorazm filiallari 2025-yil 10-fevraldagi №13-son buyruq asosida amaliyotiga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy texnik Kengashining 2025-yil 25-apreldagi №16/04 sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: QD va GQD bilan og‘rigan homilador ayollarda tug‘ruq yo‘llari shikastlanishini erta prognozlash orqali asoratlarni kamaytirish, tug‘ruq jarayonini engillashtirish va tug‘uvchi ayol salomatligini saqlash imkoniyatini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: 62 nafar bemor uchun bir marotabalik statsionar davolanishning umumiy xarajatlaridan 37158460 so‘mni iqtisod qilish imkoniyatini bergan va bir yillik umumiy iqtisodiy samaradorlik 74316920 so‘mga teng bo‘lgan. Xulosa: QD va GQD bilan og‘rigan homilador ayollarda tug‘ruq yo‘llarining shikastlanishini erta aniqlash va prognoz qilish uchun ishlab chiqilgan yangi diagnostik mezonlarni qo‘llash asosida bir nafar bemorga 599330 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan va 1 yillik umumiy iqtisodiy samaradorlik bir nafar bemor uchun 1198660 so‘mga teng bo‘lgan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: uglevod almashinuvi buzilgan homilador ayollarda tug‘ruq yo‘llarning yumshoq to‘qimalari yirtilishini oldini olishda ishlab chiqilgan davolash va profilaktika usullarining qo‘llanilishi tug‘ruqda shikastlanishini 16,9% ga kamaytirishdagi va tug‘ruqdan keyingi davrning yaxshi o‘tishini ta’minlashdagi samaradorligi klinik jihatdan isbotlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 29-yanvarda №03/329-son bilan tasdiqlangan «Faktori riska vo vremya beremennosti i v techenie rodovoy deyatel`nosti, privodyashhie k travmatizatsii rodovix putey v rodax pri saxarnom diabete i gestatsionnom saxarnom diabete» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan va Respublika ixtisostlashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazining Andijon 2025-yil 7-fevraldagi №8-son buyruq asosida va Xorazm filiallari 2025-yil 10-fevraldagi №13-son buyruq asosida amaliyotiga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy texnik Kengashining 2025-yil 25-apreldagi №16/04 sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tug‘ruqdan keyingi davrda YuTYlarini davolashni optimallashtirish maqsadida ishlab chiqilgan davolash usuli sub`ektiv simptomatikani (og‘riq, ajralmalar ajralishi, qichishish yoki achiqish hissi) kamaytirishga, shuningdek, vaginal mikrobiotsenozni tiklashga va qonda LDG, KFK va gomotsistein ko‘rsatkichlarini pasaytirishga, tug‘ruqdan keyingi davrning yaxshi o‘tilishini ta’minlashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: 62 nafar bemor uchun bir marotabalik statsionar davolanishning umumiy xarajatlaridan 37158460 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: uglevod almashinuvi buzilgan homilador ayollarda tug‘ruq yo‘llarning yumshoq to‘qimalari yirtilishini oldini olishda ishlab chiqilgan davolash va profilaktika usullarining qo‘llanilishi asosida bir nafar bemorga 599330 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish