Madraximov Alisher Usubjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga ta’siri (ijtimoiy-falsafiy tahlil)”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fal1491
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Pardaeva Marhabo Davlatovna, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent
Rasmiy opponentlar: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor; Turdiev Bexruz Sobirovich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar ma’naviy axloqiy tarbiyasiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga ta’sirini oldini olishda an’anaviy (ichki va tashqi targ‘ibot, milliy kontentlarni boyitish, qarshi hujum) usullarni zamonaviy texnologiyalar (manipulyativ texnikalarni aniqlash va neytrallashtirish, barqaror ma’naviy ideal yaratish) bilan uyg‘unlashtirish jozibadorlik va raqobatbardoshlikni oshirishi, shaxsiy faoliyatda barqaror muhitni shakllantirishi asoslab berilgan;
yoshlarning ijtimoiy mas’uliyat, demokratik qadriyatlar va fuqarolik faolligi kabi qarashlari dinamikasida ijtimoiy mas’uliyatli ommaviy axborot vositalari haqiqatni yolg‘ondan ajratish, siyosiy jarayonlarga xolisona baho berish va ongni manipulyasiyadan himoya qilishda asosiy ma’naviy tayanch ekanligi, ochiq va pragmatik faol islohotlar esa siyosiy tizimga ishonchni kuchaytirishi hamda amaliy samaradorlik, natija va mas’uliyat mezonlari asosida baholashi, shaxsiy rivojlanish omillari erkin fikrlash, tanqidiy tafakkur va mas’uliyatli qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishi aniqlashtirilgan;
ijtimoiy tarmoqlar vositasida axborot-psixologik xurujlarning ijtimoiy barqarorlik va ma’naviy taraqqiyotga salbiy ta’sirini kamaytirishga xizmat qiladigan metod va texnologiyalar (“Tasvirlar zarbasi”, “xavfsiz aloqa tizimi”, ijtimoiy tarmoqlarda “fakt-cheking”)ning neytrallashtirish, nazorat qilish, himoyalash kabi amaliy, raqamli xavfsizlik, axborot monitoringi, filtrlash mexanizmlari kabi innovatsion hamda ijodiy, mustaqil va tanqidiy tafakkur madaniyatini rivojlantirish, manipulyativ san’at usullarini anglash, faol ijodkorlik kabi kreativ ahamiyati ochib berilgan;
ijtimoiy tarmoqlar ommalashuvi natijasida yuzaga kelgan shaxsiy-psixologik (hikikomori, befarqlik, “o‘zimga bo‘lsin”), kognitiv-intellektual (klipli tafakkur, iste’molchilik, refleksiv zaiflashuv), qadriyatlar inqirozi (qadriyatlar deformatsiyasi, gedonizm, eskapizm) va ijtimoiy-normativ (individualizm, kiberludomaniya) kabi axloqiy o‘zgarishlarning oldini olishda konseptual ma’naviy-tarbiyaviy mezonlarining diniy-axloqiy normalar, ijtimoiy mas’uliyat tamoyillarini milliy-ma’naviy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish va tartibga solish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga ta’sirini aniqlashga oid olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga ta’sirini oldini olishda an’anaviy (ichki va tashqi targ‘ibot, milliy kontentlarni boyitish, qarshi hujum) usullarni zamonaviy texnologiyalar (manipulyativ texnikalarni aniqlash va neytrallashtirish, barqaror ma’naviy ideal yaratish) bilan uyg‘unlashtirish jozibadorlik va raqobatbardoshlikni oshirishi, shaxsiy faoliyatda barqaror muhitni shakllantirishiga doir ilmiy yangilik va xulosalardan Barqaror rivojlanish markazining 2024-2025-yillarda “Ma’naviy-axloqiy va madaniy tarbiya: an’anaviy g‘oyalarning yangi bosqichi” mavzusidagi ijtimoiy buyurtma loyihasi doirasida yaratilgan “Virtual madaniyat markazi” platformasini amaliyotga tatbiq etishda foydalanilgan (Barqaror rivojlanish markazining 2025-yil 14-martdagi 539-son ma’lumotnomasi). Natijada, media makonni O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning natijalari bo‘yicha axborot-tahliliy materiallar bilan boyitish uchun uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
yoshlarning ijtimoiy mas’uliyat, demokratik qadriyatlar va fuqarolik faolligi kabi qarashlari dinamikasida ijtimoiy mas’uliyatli ommaviy axborot vositalari haqiqatni yolg‘ondan ajratish, siyosiy jarayonlarga xolisona baho berish va ongni manipulyasiyadan himoya qilishda asosiy ma’naviy tayanch ekanligi, ochiq va pragmatik faol islohotlar esa siyosiy tizimga ishonchni kuchaytirishi hamda amaliy samaradorlik, natija va mas’uliyat mezonlari asosida baholashi, shaxsiy rivojlanish omillari erkin fikrlash, tanqidiy tafakkur va mas’uliyatli qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishiga oid yangilik va tavsiyalardan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi 2024-yildagi ish rejasidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar va sog‘lom turmush tarzini tashkil etish, yoshlarni “Besh tashabbus olimpiadasi”ga jalb etish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish, yangilanish jarayonlari va tub islohotlarga daxldorlik hissini uyg‘otish, tarixiy va muhim sanalarda ularni birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar, yoshlarda yuksak vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini rivojlantirish, harbiylar, vatan himoyachilariga hurmat uyg‘otish, Vatanni himoya qilishni eng sharafli burch ekanligini keng targ‘ib qilish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni yo‘lga qo‘yish kabi targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston mahallalari uyushmasining 2025-yil 2-apreldagi 02-09/376-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar o‘rtasida ijtimoiy tarmoqlarning ular hayotiga ta’siri yuzasidan o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari, uchrashuvlar hamda qo‘llanmalar tayyorlashga xizmat qilgan;
ijtimoiy tarmoqlar vositasida axborot-psixologik xurujlarning ijtimoiy barqarorlik va ma’naviy taraqqiyotga salbiy ta’sirini kamaytirishga xizmat qiladigan metod va texnologiyalar (“Tasvirlar zarbasi”, “xavfsiz aloqa tizimi”, ijtimoiy tarmoqlarda “fakt-cheking”)ning neytrallashtirish, nazorat qilish, himoyalash kabi amaliy, raqamli xavfsizlik, axborot monitoringi, filtrlash mexanizmlari kabi innovatsion hamda ijodiy, mustaqil va tanqidiy tafakkur madaniyatini rivojlantirish, manipulyativ san’at usullarini anglash, faol ijodkorlik kabi kreativ ahamiyatiga doir xulosa va umumlashmalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining IV. yo‘nalishida belgilangan “Aholi o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish, yangilanish jarayonlari va tub islohotlarga daxldorlik hissini uyg‘otish, tarixiy va muhim sanalarda ularni birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar” 23-bandi “Yoshlarda yuksak vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini rivojlantirish, harbiylar, vatan himoyachilariga hurmat uyg‘otish, Vatanni himoya qilishni eng sharafli burch ekanligini keng targ‘ib qilish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni yo‘lga qo‘yish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 28-martdagi 03-366-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar o‘rtasida ijtimoiy tarmoqlarning ular hayotiga ta’siri yuzasidan o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari, uchrashuvlar hamda qo‘llanmalar tayyorlashga xizmat qilgan;
ijtimoiy tarmoqlar ommalashuvi natijasida yuzaga kelgan shaxsiy-psixologik (hikikomori, befarqlik, “o‘zimga bo‘lsin”), kognitiv-intellektual (klipli tafakkur, iste’molchilik, refleksiv zaiflashuv), qadriyatlar inqirozi (qadriyatlar deformatsiyasi, gedonizm, eskapizm) va ijtimoiy-normativ (individualizm, kiberludomaniya) kabi axloqiy o‘zgarishlarning oldini olishda konseptual ma’naviy-tarbiyaviy mezonlarining diniy-axloqiy normalar, ijtimoiy mas’uliyat tamoyillarini milliy-ma’naviy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish va tartibga solish zaruratiga oid nazariy umumlashma va amaliy takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil ish rejasi II. Mahalladagi yoshlar yetakchilari faoliyatini muvofiqlashtirish va metodologik ta’minlash, besh tashabbus loyihalarini muvofiqlashtirish yo‘nalishi 2.3. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish bo‘limida keltirilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 7-apreldagi 2-13-21-1849-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar o‘rtasida ijtimoiy tarmoqlarning ular hayotiga salbiy ta’siri mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarining mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan.