Yangibaev Aybek Kidirbaevichning

falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Siyosiy partiyalarning davlat hokimiyati vakillik organlarini shakllantirishda va ularning faoliyatida ishtirok etishi», 12.00.02–Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Yu39.

Ilmiy rahbar: Tul`teev Il`yas Tavasovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.27.06.2017.Yu.23.01.

Rasmiy opponentlar: Tulyaganov Abdumannop Abdujabbarovich yuridik fanlar doktori, dotsent; Bekov Ixtiyor Rustamovich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: davlat hokimiyati vakillik organlarini shakllantirishda va ularning faoliyatida siyosiy partiyalar ishtirokini huquqiy tartibga solish mexanizmini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar va takliflarni ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

deputatning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga, o‘z elektorati huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda tegishli hududlarning manfaatlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan so‘rov yuborish zarurati asoslangan;

siyosiy partiya tomonidan moliya yili mobaynida foydalanilmagan davlat mablag‘larining Davlat byudjetiga qaytarilmasligi va ushbu mablag‘lardan kelgusida siyosiy partiya ustavida ko‘rsatilgan faoliyatni moliyalashtirish uchun foydalanish ehtiyoji ochib berilgan;

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiya fraksiyalari tomonidan parlament nazoratini yanada samarali amalga oshirilishiga erishish maqsadida parlament tekshiruvi institutini joriy qilishning maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan;

deputatning uni deputatlikka nomzod qilib ko‘rsatgan organ – siyosiy partiya oldidagi majburiyatlarini bajarmagan taqdirda siyosiy partiyaga uni chaqirib olish taklifini kiritish huquqini berish va ushbu taklifning tegishli davlat hokimiyati vakillik organida chaqirib olish masalasini ko‘rish uchun asos sifatida belgilash zarurati asoslantirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Siyosiy partiyalarning davlat hokimiyati vakillik organlarini shakllantirishda va ularning faoliyatida ishtirok etishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

siyosiy partiyalarning davlat hokimiyati vakillik organlarini shakllantirishda va ular faoliyatida ishtiroki to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 29 dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»giO‘RQ-396-sonli Qonunining 27-moddasi bilan kiritilgan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida»gi Qonuni 321-moddasi «Deputat so‘rovi»ni va  30-moddasi bilan kiritilgan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida»gi Qonuni 10-moddasi «Deputat va senator so‘rovi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2017 yil 17 yanvardagi 06/1-05/1956 vx-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar fraksiya a’zolariga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga tegishli ravishda o‘z elektorati va hududlarning manfaatlarini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan so‘rov yuborish imkoniyatini bergan;

siyosiy partiya tomonidan moliya yili mobaynida foydalanilmagan davlat mablag‘larining Davlat byudjetiga qaytarilmasligi va ushbu mablag‘lardan kelgusida siyosiy partiya ustavida ko‘rsatilgan faoliyatni moliyalashtirish uchun foydalanish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 29 dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»giO‘RQ-396-sonli Qonunining 29-moddasi bilan kiritilgan «Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida»gi Qonuni 10-moddasi «Davlat tomonidan moliyalashtirish manbai va uni ajratish tartibi» 3-qismiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2017 yil 17 yanvardagi 06/1-05/1956 vx-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif siyosiy partiyalar faoliyatining moliyaviy asoslarini yanada mustahkamlanishiga xizmat qilgan;

parlament tekshiruvini joriy qilishga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 11 aprelda qabul qilingan «Parlament nazorati to‘g‘risida»giO‘RQ-403-sonli Qonunining 5-moddasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2017 yil 24 fevraldagi 06/1-05/200 vx-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan parlament tekshiruvini o‘tkazish imkonini bergan;

siyosiy partiyalarga o‘zlari nomzodini ko‘rsatgan deputatni chaqirib olish huquqini berish takliflari O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 18 aprelda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»giO‘RQ-476-sonli Qonunining 49-moddasi bilan «Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini va Senati a’zosini chaqirib olish to‘g‘risida»gi Qonunning 2-moddasiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2018 yil 20 noyabrdagi 06/1-05/1891-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif deputatlarning ularni deputatlikka nomzod qilib ko‘rsatgan siyosiy partiyalar oldidagi mas’uliyatini kuchaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish