Xolliev Sherali Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligi ekinlarining yovvoyi ajdodlaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari (Qashqadaryo viloyati misolida)”, 08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1655.
Ilmiy rahbar: Xushmatov Norqul Sadullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Allayarov Piratdin Atabaevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent; Gabbarov Sabit Nietalievich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligi ekinlari yovvoyi ajdodlaridan foydalanish iqtisodiy samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘simliklarning noyob yovvoyi turlaridan oziq-ovqat ta’minoti va sohaning eksport salohiyatini kengaytirishda “in situ” (o‘simliklarni tabiiy muhitida saqlab qolish) usuliga ko‘ra hududiy bioxilma-xillik xaritasini tuzish orqali mavjud genofondni muhofaza qilish darajasini oshirish (15% ≤ MDgf ≤ 20%) chegaralari aniqlangan;
hududlarda madaniylashgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining yovvoyi ajdodlari hisoblangan anzur piyoz, yovvoyi bodom (achchiq bodom), yovvoyi olma kabi o‘simliklardan foydalanishning oila va dehqon xo‘jaliklari, yakka tartibdagi shaxslar tomonidan manfaatli shakllarini yo‘lga qo‘yuvchi kichik guruhlar kooperatsiyasini tashkil etish asoslangan;
o‘rmon xo‘jaligi hududida o‘suvchi madaniylashgan qishloq xo‘jaligi ekinlari yovvoyi ajdodlaridan foydalanish hisobidan yig‘ib olinadigan mahsulotlar marketingi, mahalliy aholi hamda boshqa manfaatdor tomonlarni shartnoma va ijara munosabatlari asosida jalb qilish asosida hududlarda tabiiy xilma-xillikni asrash tadbirlari natijadorligini 3–5 yil davomida 15 foizgacha oshirish imkoni asoslangan;
O‘zbekiston hududlari bo‘yicha yig‘ishtirib olingan hosilni taqsimlash va bir gektar maydon (bir dona hosilga kirgan daraxt) hisobidan olinadigan foyda miqdorini aniqlash uslublari asosida qishloq xo‘jaligi ekinlari yovvoyi ajdodlaridan foydalanish iqtisodiy samaradorligini oshirishning 2030 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jaligi ekinlari yovvoyi ajdodlaridan foydalanish iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida:
o‘simliklarning noyob yovvoyi turlaridan oziq-ovqat ta’minoti va sohaning eksport salohiyatini kengaytirishda “in situ” (o‘simliklarni tabiiy muhitida saqlab qolish) usuliga ko‘ra hududiy bioxilma-xillik xaritasini tuzish orqali mavjud genofondni muhofaza qilish darajasini oshirish (15% ≤ MDgf ≤ 20%) chegaralari aniqlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 20 dekabrdagi 07/05/6485-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mavjud genofondni muhofaza qilish darajasini 15-20 foizgacha ortishi imkoni yaratilgan;
hududlarda madaniylashgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining yovvoyi ajdodlari hisoblangan anzur piyoz, yovvoyi bodom (achchiq bodom), yovvoyi olma kabi o‘simliklardan foydalanishning oila va dehqon xo‘jaliklari, yakka tartibdagi shaxslar tomonidan manfaatli shakllarini yo‘lga qo‘yuvchi kichik guruhlar kooperatsiyasini tashkil etish taklifi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 20 dekabrdagi 07/05/6485-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida o‘rmon xo‘jaligi xodimlari tomonidan olib borilayotgan tadbirlarga aholining qiziqishini 25-30 foizgacha oshirishga sharoit yaratilgan;
o‘rmon xo‘jaligi hududida o‘suvchi madaniylashgan qishloq xo‘jaligi ekinlari yovvoyi ajdodlaridan foydalanish hisobidan yig‘ib olinadigan mahsulotlar marketingi, mahalliy aholi hamda boshqa manfaatdor tomonlarni shartnoma va ijara munosabatlari asosida jalb qilish asosida hududlarda tabiiy xilma-xillikni asrash tadbirlari natijadorligini 3–5 yil davomida 15 foizgacha oshirish taklifi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 20 dekabrdagi 07/05/6485-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida iqtisodiy manfaatga asoslanuvchi muhofaza tadbirlarini samarali hal etish, hududlarda tabiiy xilma-xillikni asrash tadbirlari natijadorligi 3-5 yil davomidagi muddatda 15 foizgacha oshirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekiston hududlari bo‘yicha yig‘ishtirib olingan hosilni taqsimlash va bir gektar maydon (bir dona hosilga kirgan daraxt) hisobidan olinadigan foyda miqdorini aniqlash uslublari asosida qishloq xo‘jaligi ekinlari yovvoyi ajdodlaridan foydalanish iqtisodiy samaradorligini oshirishning 2030 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 20 dekabrdagi 07/05/6485-son dalolatnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida istiqbolda qishloq xo‘jaligi ekinlari yovvoyi ajdodlaridan foydalanish iqtisodiy samaradorligini oshirish ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.