Amaniyazova Rayxan Bayniyazovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qishloq joylarida mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘nalishlari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)», 08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” va 08.00.10 - “Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt3996
Ilmiy rahbar: Sauxanov Janibek Kazievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Nasimov Dilmurod Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Abdullaev Asliddin Junaydullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Abu Rayxon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq joylarida mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq hududlarida ishga joylashish imkoniyatlarini, jumladan qishloq joylarida bandlikning tarmoq va professional tarkibini muvofiqlashtirish, mehnat bozorining alohida segmentlariga ta’sir ko‘rsatishga ko‘ra ishsizlarda yangi kasblarga qiziqishni uyg‘otish, oliy ta’lim bitiruvchilarini kreditlash mexanizmini rivojlantirish, mehnat munosabatlarida ijtimoiy hamkorlikning uch tomonlama mexanizmini takomillashtirishga ko‘ra kengaytirish asoslangan;
ilg‘or xorijiy tajriba va mintaqaviy xususiyatlarga ko‘ra qishloq aholi punktlarining kooperativ tizimining tipik tuzilmasi hududlarini kompleks rivojlantirishdagi faol ishtirokining asosiy yo‘nalishlari, mazmuni, shakllari va usullarini belgilashga ko‘ra qishloq joylarida bandlikni ta’minlashning innovatsion yo‘nalishlari takomillashtirilgan;
mintaqada qishloq aholisi (For 95% confidence intervals, z(0.025)=1.96) va mehnat resurslari (For 95% confidence intervals, t(11, 0.025) =2.201) sonining 2025-2029 yillarga mo‘ljallangan ko‘p variantli prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq joylaridagi iqtisodiy faol (For 95% confidence intervals, z(0.025)=1.96) va iqtisodiy nofaol aholi sonining 2025-2029 yillarga bo‘lgan davrga mo‘ljallangan ko‘p variantli prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq joylarida mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
qishloq hududlarida ishga joylashish imkoniyatlarini, jumladan qishloq joylarida bandlikning tarmoq va professional tarkibini muvofiqlashtirish, mehnat bozorining alohida segmentlariga ta’sir ko‘rsatishga ko‘ra ishsizlarda yangi kasblarga qiziqishni uyg‘otish, oliy ta’lim bitiruvchilarini kreditlash mexanizmini rivojlantirish, mehnat munosabatlarida ijtimoiy hamkorlikning uch tomonlama mexanizmini takomillashtirishga ko‘ra kengaytirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining amaliyotida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025 yil 09 iyundagi 12/00-01/12-3144-son ma’lumotnomasi). Taklif qishloq aholisi bandligini ta’minlashda ta’sir qiluvchi omillarga va mavjud imkoniyatlardan maqsadli foydalanishga ko‘ra aholi bandligini ta’minlashning 12 foizga oshirilishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
ilg‘or xorijiy tajriba va mintaqaviy xususiyatlarga ko‘ra qishloq aholi punktlarining kooperativ tizimining tipik tuzilmasi hududlarini kompleks rivojlantirishdagi faol ishtirokining asosiy yo‘nalishlari, mazmuni, shakllari va usullarini belgilashga ko‘ra qishloq joylarida bandlikni ta’minlashning innovatsion yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi amaliyotida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025 yil 9 iyundagi 12/00-01/12-3144-son ma’lumotnomasi). Taklif qishloq aholi punktlarida ishchi kuchi bozorini tartibga solish, asosiy yo‘nalishlarni hisobga olgan holda inson kapitalini rivojlantirishda innovatsiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
mintaqada qishloq aholisi (For 95% confidence intervals, z(0.025) = 1.96) va mehnat resurslari (For 95% confidence intervals, t(11, 0.025) = 2.201) sonining 2025-2029 yillarga mo‘ljallangan ko‘p variantli prognoz qiymatlari bo‘yicha taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025 yil 9 iyundagi 12/00-01/12-3144-son ma’lumotnomasi). Taklif mintaqada qishloq joylaridagi mehnat resurslari sonini o‘zgarishi aholi sonidagi o‘zgarishga nisbatan beqaror ekanligi hamda mintaqada qishloq joylaridagi mehnat resurslari sonini ijobiy o‘sish sur’atlari ta’minlanishiga ko‘ra mehnat resurslarini samarali boshqarish imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq joylaridagi iqtisodiy faol (For 95% confidence intervals, z(0.025)=1.96) va iqtisodiy nofaol aholi sonining 2025-2029 yillarga mo‘ljallangan ko‘p variantli prognoz qiymatlari bo‘yicha taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025 yil 9 iyundagi 12/00-01/12-3144-son ma’lumotnomasi). Taklif mintaqada qishloq joylaridagi iqtisodiy faol aholi sonining yuqori o‘sish sur’atlariga egaligi tendensiyasiga ko‘ra ularni samarali boshqarish imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan.