Xaliqulov Komoliddin Nosirovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Xorijiy davlatlar sud qarorlarini tan olish va ijro etish bo‘yicha xalqaro-huquqiy hamkorlik” 12.00.10 – Xalqaro huquq (yuridik fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Yu1583.
Ilmiy rahbar: Sulaymanov Odiljon Rabbimovich, yuridik fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/03.06.2023.Yu.22.04. 
Rasmiy opponentlar: Gafurova Nozimaxon Eldarovna yuridik fanlar doktori, dotsent, Hakimov Ravshan Tulkunovich yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi
Dissertatsiya yoʻnalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xorijiy davlatlar sud qarorlarini tan olish va ijro etish bo‘yicha xalqaro-huquqiy hamkorlik masalalarini tatqiq etish, bu sohadagi mavjud muammo va huquqiy bo‘shliqlarni aniqlash, shuningdek xalqaro-huquqiy hamkorlikni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy va amaliy taklif, tavsiya va xulosalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
xorijiy davlatlar sud qarorlarini tan olish va ijro etishga oid xalqaro shartnomalarda belgilangan normalarni milliy sudlar tomonidan bir xilda qo‘llash bo‘yicha huquqiy mexanizmni takomillashtirishni taqozo etayotganligi sababli, xorijiy davlatda ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoga hukm qilingan va jazoni o‘tayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi jazoni O‘zbekiston Respublikasida o‘tashni davom ettirish uchun qabul qilib olinganda, xorijiy davlat sudining qarori O‘zbekiston Respublikasida tan olinishi va ijroga qaratilishi mumkinligi asoslantirilgan;
jazoni o‘tashni davom ettirish uchun O‘zbekiston Respublikasi sudi tomonidan ozodlikdan mahrum etilgan chet el fuqarosi o‘zi fuqaroligiga mansub bo‘lgan davlatga berilishi yoki xorijiy davlat sudi tomonidan ozodlikdan mahrum etilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi xorijiy davlatdan qabul qilib olinishi mumkinligi asoslantirilgan;
jazoni o‘tash uchun xalqaro shartnomalarga muvofiq xorijiy davlat tomonidan topshirilgan mahkumga nisbatan jazo muddati xorijiy davlat sudining hukmi bilan tayinlangan muddatga mutanosib ravishda hisoblanishi kerakligi asoslantirilgan;
xorijiy davlat sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga, suverenitetiga yoki xavfsizligiga zarar etkazishi mumkinligi haqida xulosaga kelsa, xorijiy davlat sudining qarorini tan olishni va ijroga qaratishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqarishi kerakligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorijiy davlatlar sud qarorlarini tan olish va ijro etish bo‘yicha xalqaro-huquqiy hamkorlik bo‘yicha olib borilgan ilmiy natijalar asosida:
xorijiy davlatda ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoga hukm qilingan va jazoni o‘tayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi – jazoni O‘zbekiston Respublikasida o‘tashni davom ettirish uchun qabul qilib olinganda xorijiy davlat sudining qarori O‘zbekiston Respublikasida tan olinishi va ijroga qaratilishi mumkinligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 4-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1009-son Qonunning 
1-moddasi 3-bandi (Jinoyat-protsessual kodeksining 610-modda birinchi qism 1-bandi)ni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 14-maydagi 9/dn-100-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi fuqaroning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida xorijiy davlat sudi hukmi bilan tayinlangan jazoning qolgan qismini O‘zbekiston Respublikasida davom ettirish uchun huquqiy asos yaratilishiga xizmat qilgan;
jazoni o‘tashni davom ettirish uchun – O‘zbekiston Respublikasi sudi tomonidan ozodlikdan mahrum etilgan chet el fuqarosi o‘zi fuqaroligiga mansub bo‘lgan davlatga berilishi yoki xorijiy davlat sudi tomonidan ozodlikdan mahrum etilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi xorijiy davlatdan qabul qilib olinishi mumkinligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi 2024-yil 4-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1009-son Qonunning 
1-moddasi 3-bandi (Jinoyat-protsessual kodeksining 611-modda birinchi qism 1-bandi)ni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 14-maydagi 9/dn-100-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi jismoniy shaxslarga nisbatan xorijiy davlat sudi hukmi bilan tayinlangan jazoning o‘z vatanida davom ettirishining qonuniy mexanizmini yaratishga xizmat qilgan;
jazoni o‘tash uchun xalqaro shartnomalarga muvofiq xorijiy davlat tomonidan topshirilgan mahkumga nisbatan jazo muddati xorijiy davlat sudining hukmi bilan tayinlangan muddatga mutanosib ravishda hisoblanishi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi 
2024-yil 4-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1009-son Qonunning 1-moddasi 
3-bandi (Jinoyat-protsessual kodeksining 614-modda birinchi qism)ni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 14-maydagi 9/dn-100-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi xalqaro shartnomalar asosida xorijiy davlatdan O‘zbekistonga topshirilgan mahkumga nisbatan xorijiy davlat sudi tomonidan chiqarilgan hukm (qaror)ni tan olish va ijro etish jarayonida jazoning adolatli va odil sudlov prinsiplariga muvofiq tarzda davom ettirilishini ta’minlashga qaratilgan zarur huquqiy asoslarni shakllantirishga xizmat qilgan;
xorijiy davlat sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga, suverenitetiga yoki xavfsizligiga zarar etkazishi mumkinligi haqida xulosaga kelsa, xorijiy davlat sudining qarorini tan olishni va ijroga qaratishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqarishi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi 2024-yil 4-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1009-son Qonunning 1-moddasi 3-bandi (Jinoyat-protsessual kodeksining 615-modda ikkinchi qism 3-bandi)ni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 14-maydagi 9/dn-100-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi jinoyat ishlari bo‘yicha xorijiy davlat sudi tomonidan chiqarilgan hukm(qaror)ni tan olish va ijro etishda O‘zbekiston Respublikasining o‘z milliy manfaatlarini himoya qilish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish