Maxmudov Alisher Abdusalimovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish”, “12.00.07 – Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/Yu217.
Ilmiy konsul`tant: Tulyaganov Abdumannop Abdujabbarovich – yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor – Pulatov Baxtiyor Xalilovich; yuridik fanlar doktori, professor – Radjabova Mavjuda Abdullaevna; yuridik fanlar doktori, dotsent – G‘afurov Asqar Boyisovich.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat yuridik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-nazariy xulosalar va qonunchilikni rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Bosh prokuror lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqish hamda ma’qullash O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining mutlaq vakolatiga kirishi zarurligi asoslantirilgan;
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Bosh prokurorni Senat ma’qullaganidan keyin lavozimga tayinlashi va uni lavozimidan ozod etishi lozimligi asoslab berilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar prokurorlari har yili tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari Kengashlariga o‘z faoliyati to‘g‘risida axborot taqdim etishi lozimligi asoslab berilgan;
prokuratura organlari va muassasalariga xizmatga qabul qilish, xodimlarning ma’naviy-intellektual salohiyatini, shaxsiy fazilatlarini va kasbiy mahoratini baholab borish, shu jumladan, xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish, ularga nisbatan intizomiy yoki rag‘batlantirish choralarini qo‘llash, shuningdek kadrlarga oid boshqa masalalarni kollegial hal etish orqali tizimda qonuniylikni mustahkamlash, adolatlilik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida prokuratura organlarida Malaka kengashlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish zarurligi asoslantirilgan;
Bosh prokuraturada xodimlar tomonidan prokuratura organlari xodimlarining Kasb odobnomasi hamda umume’tirof etilgan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini doimiy monitoring qilish, ularning mazkur qoidalarga zid xatti-harakatlarini hamda turli buzg‘unchi kuchlar ta’siriga tushib qolishining oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek xulq-atvorida odob-axloq qoidalariga mos kelmaydigan xatti-harakatlar va (yoki) salbiy illatlar kuzatilgan xodimlarni jamoatchilik ta’sirini o‘tkazish orqali tarbiyalash maqsadida Odob-axloq kengashlari faoliyatini tashkil etish lozimligi asoslab berilgan; 
prokuratura organlarining huquqiy maqomi va davlat hokimiyati tizimidagi o‘rni, prokuratura organlari tizimi, asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari, prokuratura organlari ish faoliyatining asosiy prinsiplari, prokuratura organlari xodimlarini lavozimga tayinlash, prokuratura ishini tashkil qilish, yangi O‘zbekiston sharoitida prokuratura organlari tizimida olib borilgan islohotlarga oid ilmiy tahlillar natijalaridan oliy ta’lim faoliyatida foydalanish lozimligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Prokuratura organlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga oid tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Bosh prokuror lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqish hamda ma’qullash Senatning mutlaq vakolatiga kirishi haqidagi taklifidan 2023 yil 30 aprel` kuni o‘tkazilgan referendumida umumxalq ovoz berishi orqali qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 95-moddasi birinchi qismining 2-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri birinchi o‘rinbosarining 2024 yil 23 sentyabrdagi 02-03/2401-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi Bosh prokuror nomzodini ko‘rib chiqish hamda ma’qullash tartibini yanada takomillashtirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Bosh prokurorni Senat ma’qullaganidan keyin lavozimga tayinlashi va uni lavozimidan ozod etishiga oid taklifdan 2023 yil 30 aprel` kuni o‘tkazilgan referendumida umumxalq ovoz berishi orqali qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 109-moddasi birinchi qismining 11-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri birinchi o‘rinbosarining 2024 yil 23 sentyabrdagi 02-03/2401-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Bosh prokurorni lavozimga tayinlash va uni lavozimidan ozod qilishdagi o‘rni va rolini kuchaytirishga hamda mazkur jarayonlarning umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlashga xizmat qilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar prokurorlari har yili tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari Kengashlariga o‘z faoliyati to‘g‘risida axborot taqdim etishi haqidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 17 oktyabrdagi O‘RQ-976-sonli Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuni 5-moddasi sakkizinchi qismi ikkinchi xatboshisiga kiritilgan o‘zgartirishni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2024 yil 22 oktyabrdagi 17-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi prokuratura organlari va mahalliy hokimiyat vakillik organlari o‘rtasidagi munosabatlarni samarali tashkil etishga xizmat qilgan;
prokuratura organlari va muassasalariga xizmatga qabul qilish, xodimlarning ma’naviy-intellektual salohiyatini, shaxsiy fazilatlarini va kasbiy mahoratini baholab borish, shu jumladan, xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish, ularga nisbatan intizomiy yoki rag‘batlantirish choralarini qo‘llash, shuningdek kadrlarga oid boshqa masalalarni kollegial hal etish orqali tizimda qonuniylikni mustahkamlash, adolatlilik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida prokuratura organlarida Malaka kengashlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 31 maydagi “Mamlakatimizda qonun ustuvorligi va prokuratura organlarining aholi bilan yanada yaqin hamkorligini ta’minlashda xodimlarning ma’naviy-intellektual salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-170-son Qarorida nazarda tutilgan Malaka kengashlari to‘g‘risidagi qoidalarni ishlab chiqishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari, Malaka kengashi raisining 2025 yil 31 martdagi 27/2-59/25-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifdan O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarida Malaka kengashlari faoliyati yo‘lga qo‘yilishiga imkon bergan;
Bosh prokuraturada xodimlar tomonidan prokuratura organlari xodimlarining Kasb odobnomasi hamda umume’tirof etilgan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini doimiy monitoring qilish, ularning mazkur qoidalarga zid xatti-harakatlarini hamda turli buzg‘unchi kuchlar ta’siriga tushib qolishining oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek xulq-atvorida odob-axloq qoidalariga mos kelmaydigan xatti-harakatlar va (yoki) salbiy illatlar kuzatilgan xodimlarni jamoatchilik ta’sirini o‘tkazish orqali tarbiyalash maqsadida Odob-axloq kengashlari faoliyatini tashkil etish haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2023 yil 27 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarida Odob-axloq kengashlarini tashkil etish haqida”gi 286-sonli buyrug‘ini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Tashkiliy-nazorat va tahlilot boshqarmasining 2023 yil 26 dekabrdagi 7-47-23-son dalolatnomasi). Mazkur takliflar O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarida Odob-axloq kengashlari faoliyatini tashkil etishga xizmat qilgan;
prokuratura organlarining huquqiy maqomi va davlat hokimiyati tizimidagi o‘rni, prokuratura organlari tizimi, asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari, prokuratura organlari ish faoliyatining asosiy prinsiplari, prokuratura organlari xodimlarini lavozimga tayinlash, prokuratura ishini tashkil qilish, yangi O‘zbekiston sharoitida prokuratura organlari tizimida olib borilgan islohotlarga oid ilmiy tahlillar natijalaridan Toshkent davlat yuridik universiteti o‘quv jarayonida, jumladan mualliflar jamoasi tomonidan 2024 yilda chop etilgan “Konstitusiyaviy huquq” darsligining XXVIII mavzusini shakllantirishda foydalanilgan (Toshkent davlat yuridik universitetining 2025 yil 22 apreldagi 18-03-676/8-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklif bo‘lajak huquqshunoslar hamda konstitusiyaviy huquq faniga qiziquvchilarning sohaga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirishga, yangi O‘zbekistonda prokuratura organlari faoliyatiga oid amalga oshirilgan islohotlarning (shu jumladan konstitusiyaviy islohotlarning) mazmun-mohiyatini keng jamoatchilik e’tiboriga etkazishga xizmat qilgan.  

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish