Mattiev Sodiqjon Qodirovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish (Xorazm viloyati misolida)”, 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5187.
Ilmiy rahbar: Sotvoldiev Nodirbek Jurabaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Sauxanov Jonibek Kazievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ollanazarov Bekmurod Davlatmuratovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda mintaqaviy o‘ziga xosliklar, mavjud infratuzilma salohiyati va ijtimoiy-iqtisodiy omillarni inobatga olgan holda moslashtirilgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizmining tashkiliy, moliyaviy-iqtisodiy, me’yoriy-huquqiy hamda innovatsion elementlarini o‘zaro bog‘liqligi va funktsional integratsiyasi asoslangan;
qayta ishlash korxonalarini hududiy joylashtirish, ichki logistika harajatlarini kamaytirish va strategik zahiralarni optimallashtirishga qaratilgan mintaqaning o‘zini o‘zi ta’minlash indikatori (Ks) asosida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish salohiyati, eksport va import muvozanatini aniqlash uslubiyoti taklif qilingan;
ishlab chiqarish hajmi, narxlar barqarorligi, ta’minot, iqtisodiy va jismoniy kirish imkoniyati kabi ko‘rsatkichlar asosida 0≤II≤0,24 tanqislik, 0,25≤ II≤0,44 xavf mavjud, 0,45≤II≤0,64 ehtiyot chorasi zarur, 0,65≤II≤0,84 nazorat ostida va 0,85≤II≤1 barqaror xavfsizlik kabi mintaqa oziq-ovqat xavfsizligining integral indeksi ishlab chiqilgan;
Xorazm viloyatida aholi soni, ishlab chiqarish hajmi va xavfsizlikning integral indeksi asosida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning 2030-yilgacha bo‘lgan davrda prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda mintaqaviy o‘ziga xosliklar, mavjud infratuzilma salohiyati va ijtimoiy-iqtisodiy omillarni inobatga olgan holda moslashtirilgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizmining tashkiliy, moliyaviy-iqtisodiy, me’yoriy-huquqiy hamda innovatsion elementlarini o‘zaro bog‘liqligi va funksional integratsiyasini asoslashga qaratilgan taklifi Xorazm viloyati hokimligi tomonidan hududiy taraqqiyot dasturlari va ijtimoiy himoya rejalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 01-iyuldagi 06-15-09/6633-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi oziq-ovqat xavfsizligida muvozanatli resurs taqsimoti, ishlab chiqarish zanjirlarining uzlyuksizligi va barqaror oziq-ovqat ta’minotini yaratish imkonini bergan;
qayta ishlash korxonalarini hududiy joylashtirish, ichki logistika harajatlarini kamaytirish va strategik zahiralarni optimallashtirishga qaratilgan mintaqaning o‘zini o‘zi ta’minlash indikatori (Ks) asosida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish salohiyati, eksport va import muvozanatini aniqlash uslubiyoti Xorazm viloyati hokimligi tomonidan qishloq xo‘jaligi, sanoat, eksport-import siyosati va strategik zahiralarni boshqarish sohalarida foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 01-iyuldagi 06-15-09/6633-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi natijasida mahsulot etishtirish va iste’mol o‘rtasidagi tafovutlar aniqlangan, import o‘rnini bosuvchi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish choralari belgilangan;
ishlab chiqarish hajmi, narxlar barqarorligi, ta’minot, iqtisodiy va jismoniy kirish imkoniyati kabi ko‘rsatkichlar asosida 0≤II≤0,24 tanqislik, 0,25≤ II≤0,44 xavf mavjud, 0,45≤II≤0,64 ehtiyot chorasi zarur, 0,65≤II≤0,84 nazorat ostida va 0,85≤II≤1 barqaror xavfsizlik kabi mintaqa oziq-ovqat xavfsizligining integral indeksini ishlab chiqishga qaratilgan taklifi Xorazm viloyati hokimligi tomonidan oziq-ovqat xavfsizligi darajalarini tasniflash mezonlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 01-iyuldagi 06-15-09/6633-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy qilinishi natijasida Xorazm viloyati oziq-ovqat xavfsizligi darajasi bo‘yicha hisoblangan integral indeks 0,6705 ni tashkil qilib va nazorat ostidagi barqarorlikni aniqlash imkonini bergan;
Xorazm viloyatida aholi soni, ishlab chiqarish hajmi va xavfsizlikning integral indeksi asosida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning 2030-yilgacha bo‘lgan davrda prognoz parametrlarini ishlab chiqishga qaratilgan taklifi Xorazm viloyati hokimligi tomonidan oziq-ovqat ta’minotini tumanlar kesimida rejalashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 01-iyuldagi 06-15-09/6633-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy qilinishi hududiy differensiallashgan va resurslarni samarali taqsimlashga yo‘naltirilgan oziq-ovqat xavfsizligi siyosatini amalga oshirish imkonini bergan.