Abduraxmonov Adxamjon Sultonboevichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqaning oziq-ovqat bozori kon’yunkturasini baholash samaradorligini oshirish (Namangan viloyati misolida)”, 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5174.
Ilmiy rahbar: Mullabaev Baxtiyarjon Bulturbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Muxitdinov Xudayor Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Babajanov Javoxir Fayzulla o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori. 
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqaning oziq-ovqat bozori kon’yunkturasini baholash samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa oziq-ovqat bozori kon’yunkturasini baholash usullari mahalliy rivojlanish tendentsiyalari va nisbatlari, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning intensivligi va turli xil kon’yunktura hosil qiluvchi oziq-ovqat bozori nafaqat mintaqaning o‘z mahsulotlarini, balki boshqa mintaqalardan olib kiriladigan mahsulotlarni ham o‘z ichiga oluvchi omillar asosida takomillashtirilgan;
mintaqaning tabiiy, moliyaviy va moddiy resurslardan foydalanishning samarali iqtisodiy va ekologik tizimlarini demografik, tabiiy-iqlim, tarnsport, ijtimoiy, aholi punktlari, shaharni tashkil etuvchi va boshqa parametrlarni hisobga oluvchi oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralarini yaratish taklifi ishlab chiqilgan;
mintaqada oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirishda ichki bozordagi mahsulot oqimini hamda raqobat muhtitini shakllantirish, bozorda  ishtirok etuvchi jismoniy shaxslarni iqtisodiy faoliyatga jalb etish samaradorligini oshirish modeli taklif etilgan; 
Namangan viloyatida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan tarmoqlarga yo‘naltirilayotgan investisiyalar, ishlab chiqarish hajmi va demografik omillar o‘rtasidagi korrelyatsion-regression bog‘liqlikdan kelib chiqqan holda oziq-ovqat bozorini 2030-yilgacha rivojlantirishning muqobil stsenariyalar bo‘yicha prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqaning oziq-ovqat bozori kon’yunkturasini baholash samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
mintaqa oziq-ovqat bozori kon’yunkturasini baholash usullari mahalliy rivojlanish tendentsiyalari va nisbatlari, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning intensivligi va turli xil kon’yunktura hosil qiluvchi oziq-ovqat bozori nafaqat mintaqaning o‘z mahsulotlarini, balki boshqa mintaqalardan olib kiriladigan mahsulotlarni ham o‘z ichiga oluvchi omillar asosida takomillashtirishga qaratilgan taklifi Namangan viloyati hokimining 2024-yil 12-avgustdagi 372-6-0-Q/24-son qarorining 2 qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 28-maydagi 03/12-1971-son ma’lumotnomasi). Natijada oziq-ovqat mahsulotlari eksport qiluvchi mahalliy korxonalar tomonidan muhandis-texnolog, marketolog, dizayner va xalqaro standartlar bo‘yicha xorijiy mutaxassislar jalb qilish chora-tadbirlari belgilangan;
mintaqaning tabiiy, moliyaviy va moddiy resurslardan foydalanishning samarali iqtisodiy va ekologik tizimlarini demografik, tabiiy-iqlim, tarnsport, ijtimoiy, aholi punktlari, shaharni tashkil etuvchi va boshqa parametrlarni hisobga oluvchi oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralarini yaratish taklifi Namangan viloyati hokimining 2024-yil 19-fevraldagi 86-6-0-Q/24-son qarorining 2 qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 28-maydagi 03/12-1971-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Namangan viloyatida oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini sifatli, xavfsiz va arzon mahsulotlar bilan to‘ldirish, eksport va import tarkibini takomillashtirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash kabi tadbirlar uchun huquqiy asos yaratgan;
mintaqada oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirishda ichki bozordagi mahsulot oqimini hamda raqobat muhtitini shakllantirish, bozorda  ishtirok etuvchi jismoniy shaxslarni iqtisodiy faoliyatga jalb etish samaradorligini oshirish modeli Namangan viloyati hokimining 2024-yil 9-apreldagi 169-6-0-Q/24-son qarorini 2 qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 28-maydagi 03/12-1971-son ma’lumotnomasi). Natijada dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalarida etishtirilgan mahsulotlarni yig‘ib-sotuvchi jismoniy shaxslarni o‘zaro shartnoma asosida eksport klasterilariga biriktirish amaliyoti joriy etilgan;
Namangan viloyatida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan tarmoqlarga yo‘naltirilayotgan investisiyalar, ishlab chiqarish hajmi va demografik omillar o‘rtasidagi korrelyatsion-regression bog‘liqlikdan kelib chiqqan holda oziq-ovqat bozorini 2030-yilgacha rivojlantirishning muqobil stsenariyalar bo‘yicha prognoz parametrlaridan Namangan viloyati hokimining 2022-yil 16-iyundagi 393-6-0-Q/22-son qarorining 1-ilovasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 28-maydagi 03/12-1971-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga ajratilayotgan 26 turdagi subsidiyalar bo‘yicha xarajatlar monitoringi yo‘lga qo‘yilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish