Xusanov Navruzbek Shoxijaxon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  Raphanus sativus L. ning morfoxo‘jalik belgilari va ayrim biokimyoviy koʻrsatkichlariga atrof-muhit va iqlim sharoitlarini ta’siri», 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, 03.00.09 – Umumiy genetika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/1431.
Ilmiy rahbarlar: Turabaev Akmal Normuminovich, biologiya fanlari doktori, professor; Boboev Sayfulla G‘afurovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/27.02.2020.B.01.15.
Rasmiy opponentlar: Kulmatov Rashid Anarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Chorshanbiev Nurali Esonpulotovich biologiya fanlari doktori.  
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Raphanus sativus L. nav va duragaylarining  morfoxo‘jalik belgilari va biokimyoviy ko‘rsatkichlariga atrof-muhit va iqlim sharoitlarini ta’siri hamda etishitirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor daykon Raphanus sativus L.    o‘simligining Sodiq navi va xorijiy Cheong du hamda Big time  duragaylarini turli ekologik sharoitlarda urug‘ unuvchanligi dala sharoitiga bog‘liq holda o‘zgarishi ochib berilgan;
Raphanus sativus L. o‘simligining  Sodiq navi va xorijiy Cheong du hamda Big time duragaylarini morfoxo‘jalik, biokimyoviy koʻrsatkichlarini tahlil qilish asosida turli tuproq-ekologik sharoitlari uchun mos bo‘lgan nav va duragaylari aniqlangan;
turli tuproq-ekologik sharoitlarda etishtirilgan daykon Raphanus sativus L. o‘simligining Sodiq navi va xorijiy Cheong du hamda Big time duragaylarini morfoxo‘jalik belgilari isbotlangan;
ilk bor daykon Raphanus sativus L. o‘simligining Sodiq navi va xorijiy Cheong du hamda Big time  duragaylari RsSA033, RshH023, RsSh016 va RsSA027 praymerlari bilan molekulyar genetik usullar hamda bioinformatik dasturlar yordamida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Daykon Raphanus sativus L. o‘simligining  Sodiq navi va xorijiy Cheong du hamda Big time  duragaylarini  morfoxo‘jalik belgilari va biokimyoviy koʻrsatkichlariga atrof-muhit va iqlim sharoitlari ta’siri bo‘yicha olingan natijlar asosida:
qishloq xo‘jaligida degradatsiyaga uchragan foydalanilmay bo‘sh yotgan erlarda istiqbolli daykon Raphanus sativus L. o‘simligining  Sodiq navi va xorijiy Cheong du hamda Big time  duragaylarini morfoxo‘jalik belgilari bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyati amaliyotiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazriligining 2025 yil 24 martdagi  02/017-849-sonli ma’lumotnomasi).  Natijada, 1 gektar maydonda 31 tonna (310 s/ga) hosil olingan hamda  sho‘rlangan tuproqlardan ham hosil olish imkonini bergan;   
Daykon Raphanus sativus L. o‘simligining  Sodiq navi va xorijiy Cheong du hamda Big time  duragaylarini tuproq-ekologik sharoitlarda xususan, ekologik ekstremal zonada etishtirish bo‘yicha  ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyati amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 25 martdagi  03-03/1-03/3-2883-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 1 gektar maydonda 71.2 t.  (712 s/ga) hosil olish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish