Karimova Yulduz Aminjon kizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turli xil kelib chikadigan surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda miokardning magnit-rezonans tomografiyasi», 14.00.19 – Tibbiy radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2023.3.PhD/Tib3680.
Ilmiy rahbar: Xodjibekova Yulduz Maratovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va klinik immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc 04/07.06.2024 Tib 177.01.
Rasmiy opponentlar: Rozixodjaeva Gulnora Axmedovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Djuraeva Nigora Muxsumovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Kardio-MRT, ul`tratovushli metodlar va kliniko-laboratoriya tadqiqotlari ma’lumotlarini taqqoslama baholash orqali surunkali yurak etishmovchiligini aniqlovchi asosiy prediktorlarni aniqlash va ular asosida bemorlarni davolash taktikasi hamda kasallik prognoziga baho berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chap va o‘ng qorinchalar parametrlarining exokardiografiya va kardio-MRT ma’lumotlari asosida taqqoslama baholash o‘tkazilganda kardio-MRT surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda yurak tuzilishlaridagi o‘zgarishlarni aniqlashda yuqori aniqlikka ega ekanligi isbotlangan;
ilk bor surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarni kardio-MRT ma’lumotlari asosida fenotiplash o‘tkazilib, miokard tuzilishidagi o‘zgarishlarga qarab dilatatsiya, gipertrofiya, miokard fibrozining mavjudligi yoki yo‘qligi qarab guruhlarga ajratish asoslangan;
ilk bor yurak bo‘lmalari hajmi, chiqarish fraksiyasi va miokard devorlari qalinligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha TTE va kardio-MRT natijalaridagi sistematik farqlar miqdoriy jihatdan baholandi va ularning tashxis qo‘yish va davolashni rejalashtirishga ta’siri isbotlangan;
kardio-MRT orqali aniqlangan morfofunksional xususiyatlar (yurak bo‘lmalari hajmi, miokard fibrozining mavjudligi, remodellashuv darajasi) asosida SYuE bo‘lgan bemorlarda noxush oqibatlar rivojlanish xavfini stratifikatsiya qilishda prognostik modelning roli isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turli xil kelib chikadigan surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda miokardning magnit-rezonans tomografiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: chap va o‘ng qorinchalar parametrlarining exokardiografiya va kardio-MRT ma’lumotlari asosida taqqoslama baholash o‘tkazilganda kardio-MRT surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda yurak tuzilishlaridagi o‘zgarishlarni aniqlashda yuqori aniqlikka ega ekanligi isbotlanganligi 2025 yil 23 yanvardagi 01-03/7-sonli buyrug‘iga muvofiq Milliy tibbiyot markazi faoliyatining hamda 2024 yil 21 noyabrdagi 122-sonli buyrug‘iga muvofiq Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi 10/65-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ilgari tashxislanmagan o‘zgarishlarni erta aniqlash patogenetik davolashni o‘z vaqtida boshlash va bemorlar prognozini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: dekompensatsiya va kutilmagan gospitalizatsiyalar sonini kamaytirish hisobiga har bir bemorni davolash uchun sarflanadigan o‘rtacha xarajatni 680000 so‘mgacha qisqartirish imkonini bergan. Xulosa: SYuEda kardio-MRT usulini keng miqyosda tashxis jarayoniga joriy etish ushbu metodning klinik ahamiyatga ega tashxislarni aniqlashdagi yuqori samaradorligi bilan to‘liq asoslangan;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarni kardio-MRT ma’lumotlari asosida fenotiplash o‘tkazilib, miokard tuzilishidagi o‘zgarishlarga qarab dilatatsiya, gipertrofiya, miokard fibrozining mavjudligi yoki yo‘qligi qarab guruhlarga ajratish asoslanganligi 2025 yil 23 yanvardagi 01-03/7-sonli buyrug‘iga muvofiq Milliy tibbiyot markazi faoliyatining hamda 2024 yil 21 noyabrdagi 122-sonli buyrug‘iga muvofiq Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi 10/65-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Aniqroq stratifikatsiya orqali davolash taktikasini o‘z vaqtida tuzatish imkoniyati yaratiladi, bemorlarning hayot sifati oshadi va asoratlar rivojlanish xavfi kamayadi. Iqtisodiy samaradorligi: Individuallashtirilgan davolash usullari universal sxemalardan samarasiz xarajatlarning oldini oladi va har bir bemor uchun taxminan 700000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini beradi. Xulosa: Kardio-MRT yordamida amalga oshirilgan fenotiplash — SYuE bo‘lgan bemorlarni yuritishda shaxsiylashtirilgan yondashuvning muhim bosqichidir hisoblanadi;
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor yurak bo‘lmalari hajmi, chiqarish fraksiyasi va miokard devorlari qalinligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha TTE va kardio-MRT natijalaridagi sistematik farqlar miqdoriy jihatdan baholandi va ularning tashxis qo‘yish va davolashni rejalashtirishga ta’siri isbotlanganligi 2025 yil 23 yanvardagi 01-03/7-sonli buyrug‘iga muvofiq Milliy tibbiyot markazi faoliyatining hamda 2024 yil 21 noyabrdagi 122-sonli buyrug‘iga muvofiq Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi 10/65-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Tashxis aniqligini oshirish klinik xatolar sonini kamaytiradi va bemorlar uchun uzoq muddatli prognozni yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: Noto‘g‘ri tashxislar soni kamayishi terapiyani tuzatish va gospitalizatsiya xarajatlarini qisqartiradi, bu esa har bir bemor uchun 650000 so‘mgacha tejash imkonini bergan. Xulosa: SYuE bo‘yicha qiyin tashxis qo‘yiladigan hollarda kardio-MRT majburiy usul sifatida qaralishi lozim;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: kardio-MRT orqali aniqlangan morfofunksional xususiyatlar (yurak bo‘lmalari hajmi, miokard fibrozining mavjudligi, remodellashuv darajasi) asosida SYuE bo‘lgan bemorlarda noxush oqibatlar rivojlanish xavfini stratifikatsiya qilishda prognostik modelning roli isbotlanganligi 2025 yil 23 yanvardagi 01-03/7-sonli buyrug‘iga muvofiq Milliy tibbiyot markazi faoliyatining hamda 2024 yil 21 noyabrdagi 122-sonli buyrug‘iga muvofiq Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi 10/65-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Xavfi yuqori guruhga mansub bemorlar ustidan maqsadli nazoratni kuchaytirish orqali noxush oqibatlar sonini kamaytirishga erishiladi. Iqtisodiy samaradorligi: Tibbiy resurslardan oqilona foydalanish orqali og‘ir dekompensatsiya holatlarini kamaytirish hisobiga har bir bemor uchun 780000 so‘mgacha tejash imkonini bergan. Xulosa: Kardio-MRT ma’lumotlari asosidagi prognostik modellardan foydalanish SYuE bo‘lgan bemorlarni yuritish samaradorligini oshiradi va ularning klinik prognozini yaxshilaydi.